Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallash-



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə39/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallash-
tirishga qarshi kurashda xalqaro hamkorlik
Xalqaro jinoyat huquqida jinoiy faoliyatdan olingan daromad-
larni legllashtirish pullarni yuvish, tozalash
1
sifatida e tirof
etiladi hamda narkotraffik, poraxo rlik, o rilik va boshqa noqo-
nuniy harakatlar natijasida olingan pul mablag larining haqiqiy
ko rinishini yashirish maqsadida qonuniy moliya tizimidan foy-
dalanish sifatida baholanadi
2
.
Xalqaro huquqda Jinoiy yo l bilan topilgan daromadlarni
legallashtirish degan atama ilk marta 1988-yil 19-dekabrdagi

1 Izoh: Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish ingliz adabiyotlarida


Money laundering , rus adabiyotlarida - îòìûâàíèå äåíåã sifatida etirof etiladi.
2 Ëèñèí À.Í. Èñòîðèÿ ðàçâèòèÿ è ìåæäóíàðîäíî-ïðàâîâûå àñïåêòû ëåãàëèçàöèè
(îòìûâàíèÿ) äîõîäîâ, ïîëó÷åííûõ ïðåñòóïíûì ïóòåì, ñ èñïîëüçîâàíèåì îôôøîð-
íûõ ôèíàíñîâûõ öåíòðîâ // ×åðíûå äûðû â Ðîññèéñêîì Çàêîíîäàòåëüñòâå.
Þðèäè÷åñêèé æóðíàë. Ì.: 1Ê-Ïðåññ, 2007, ¹ 1.




107
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy


savdosiga qarshi kurash to risida gi Vena Konvensiyasida beril-
gan edi. Mazkur Konvensiyaning 3-moddasiga muvofiq, jinoiy
faoliyatdan tushgan daromadlarni legallashtirish deganda, Kon-
vensiyaning 3-moddasi
bandiga muvofiq:
- huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklar sifatida tan olingan
qilmishlarni sodir etish natijasida yoki bu kabi huquqbuzarlik-
larda ishtirok etish natijasida orttirilganligi ma lum bo lgan mol-
mulkning bu mol-mulkning noqonuniy manbasini yashirish, sir
saqlash yoki bu kabi huquq-buzarlik va huquqbuzarliklarda ishti-
rok etuvchi har qanday shaxsga u o zining qilmishlari uchun
javobgarlikdan qutulishi uchun konversiya qilish va topshirish;
- huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklar natijasida yoki bu
kabi huquqbuzarliklarda ishtirok etish natijasida orttirilganligi
ma lum bo lgan mol-mulk yoki unga taalluqli bo lgan buyum-
ning asl xarakterini, manbasini, joylashgan joyini, tasarruf qilish
usulini, ko chirilishini yoki unga nisbatan haqiqiy huquqlarini
yashirish yoki sir saqlash;
- olish vaqtida huquqbuzarlik yoki huquqbuzarliklar natija-
sida yoki bu kabi huquqbuzarliklarda ishtirok etish natijasida
orttirilganligi ma lum bo lgan mol-mulkni orttirish, egalik qilish
yoki undàn foydalanish;
- yuqorida keltirilgan har qanday huquqbuzarlik yoki huquq-
buzarliklarni sodir etish maqsadida bu kabi huquqbuzarlik yoki
huquqbuzarliklarda ishtirok etish yoki jinoiy til biriktirish,
shuningdek ularni sodir etishda qo llab-quvvatlash, yo naltirish,
hamkorlik qilish yoki maslahat berish tushuniladi.
Shuningdek, mazkur Konvensiya eng katta ahamiyatga ega
bo lgan xalqaro shartnomalar doirasiga kiritiladi. Bu Konvensiya
zo-davlatlardan giyohvand va psixotrop moddalarga qarshi
kurashda giyohvand moddalar savdosidan tushgan daromadlarni
legallashtirishni jinoiy qilmish sifatida tan olishni va bu sohani
tartibga soluvchi qonunchilikni ishlab chiqishni talab etadi.
Ushbu jinoyatga qarshi xalqaro miqyosda bir qancha nor-
mativ-huquqiy hujjatlar, jumladan, 1996-yilda BMTning Xalqaro




108
tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo rlikka qarshi ku-


rash to risida gi Deklaratsiyasi, 2001-yil 15-iyundagi Terro-
rizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to risida gi xalqaro
Konvensiya, Pulni yuvishga qarshi kurash choralari, jinoyat-
chilik va odil sudlov XXI asr chorloviga javoblar to risida gi
Vena Deklaratsiyasi, BMTning 2000-yil 5-noyabrdagi Trans-
milliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi, BMTning
2003-yil 31-oktabrdagi Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi, 1998-yil
8-dekabrdagi
ayriqonuniy yo ldan olingan daromadlarni legal-
lashtirishga qarshilik qilish to risida gi MDH Namunaviy
qonuni qabul qilingan.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni yuvish ga qarshi
kurash mintaqaviy doirada ham olib borilmoqda. 1990-yilda
Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni
aniqlash, olib qo yish va konfiskatsiya qilish to risida gi Stras-
burg Konvensiyasi, Yevropa Ittifoqi Kengashining 1991-yil 10- iyun-
dagi Pullarni tozalash maqsadida moliyaviy tizimlardan foyda-
lanishning oldini olish to risida gi Derektivasi (2005-yilning
26-oktabrida ushbu hujjat uchinchi marta yangi tahrirda qabul
qilindi) qabul qilingan. 1990-yilda ushbu Konvensiya ishtirok-
chilari bo lgan davlatlar bunday mablag larni yuvish ni o z
hududlarida jinoyat deb e lon qilish, noqoqnuniy mablag larni
qidirib topish, olib qo yish va musodara qilish tartibi to risida
jinoyatga doir boshqa qonunlarni qabul qilish, bank xodimlari
tomonidan o z mijozlarining omonatlari haqidagi ma lumotlarni
oshkor etish yoki ulardan noinsoflarcha foydalanishga qo yila-
digan barcha cheklovlarni olib tashlash, huquqni muhofaza qiluv-
chi organlarning ushbu jinoyatlarni o z vaqtida ochishga imkon
beruvchi bank operatsiyalarini tekshirishlari uchun ruxsat berish
majburiyatlarini oldilar. Bank xodimlariga vakolatli organlarga
shubhali pul omonatlari va ularning ko chishi to risida xabar
berish majburiyati yuklatilgan.
Ishtirokchi-davlatlar bir-biridan (tegishli sudlov qarori mav-
jud bo lishi sharti bilan) muayyan shaxs daromadlarining kelib
chiqishi haqida so rab-surishtirishi mumkin. Bunda, yuqorida




109
aytilganidek, bank omonatlarini sir saqlash to risidagi qoida


amal qilmaydi.
1990-yil 8-noyabrda Strasburg shahrida qabul qilingan
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni lågallashtirishni aniq-
lash, olib qo yish va musodara qilish to risida gi xalqaro Kon-
vånsiyaning 1-moddasida noqonuniy daromad har qanday huquq-
buzarlik natijasida olingan turli ko rinishdagi moddiy foyda
ekanligi qayd etiladi. Bu foyda har qanday mulk, ya ni mulkiy
va nomulkiy, ko char yoki ko chmas mulklar, shuningdåk,
bunday mulklar yoki ularning muayyan qismiga egalik huqu-
qidan dalolat båruvchi yuridik hujjatlar yoki qog ozlarni o z
ichiga olishi mumkin. Ushbu holatning tahlili shuni ko rsatdiki,
daromadlar atamasi moddiy manfaatlar va unga bo lgan
huquqlar atamasiga yaqin turadi. Boshqacha aytganda, bu yårda
moddiy manfaatlar va unga bo lgan huquqlarni noqonuniy
egallash xususida so z yuritiladi.
80-yillarning oxirlarida narkobiznås sohasidan olingan kir
pullarni legallashtirish alohida dolzarb tus oldi. Shunga ko ra,
narkobiznåsdan olinadigan noqonuniy daromadlarni legallashti-
rishga qarshi kurash bo yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish
Bazål shahrida tashkil etilgan Bank opåratsiyalarini nazorat qilish
qoidalari va usullari qo mitasi Xalqaro hisob-kitoblar banki,
ya ni Bazål qo mitasi da boshlanib, ushbu qo mitaga o nta
davlat Bålgiya, Buyuk Britaniya, Gårmaniya, Italiya, Kanada,
AQSh, Fransiya, Shvåtsiya, Shvåysariya, Yaponiya markaziy
banklarining vakillari kirdi. 1988-yilning 12-dåkabrida bu qo mita
bank tizimi orqali narkotik vositalarni sotishdan olingan pullarni
legallashtirishning oldini olishga qaratilgan dåklaratsiya
Bazål
dåklaratsiyasi ni qabul qildi. Qo mitaning faoliyati turli mamla-
katlarda xalqaro va milliy darajalarda noqonuniy daromadlarni
legallashtirishga qarshi kurashning samarali tåxnologiyasini yara-
tishga doir ishlarning faollashuviga jiddiy ta sir ko rsatdi. Mazkur
muammolar kåskin va kång miqyosli ekanligi bois Birlashgan
Millatlar Tashkiloti ham unga jiddiy ko maklashmoqda.




110
1989-yilda Katta ettilik davlatlarining Parijdagi sammiti


chog ida bu sohadagi xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish maq-
sadida Moliyaviy Harakatlar Vazifasi Guruhi FATF (Financial
Action Task Force on Money Laundering) tuzildi. FATFning
birinchi vazifalaridan biri milliy hukumatlarga jinoiy yo llar bilan
topilgan daromadlarni legallashtirishga qarshi samarali choralarni
rnatgan 40 ta tavsiyanomani ishlab chiqish bo ldi. Birlashgan
Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning noqonuniy savdosiga qarshi kurash to risida gi
Vena Konvensiyasi FATF ishining asosiy tizimini tuzib berdi,
shu bilan birga mazkur Konvensiyani imzolash va ratifikatsiya
qilish FATF tomonidan tuzilgan 40 Tavsiyanomada keltirilgan
birinchi tavsiya bo ldi.
1993-yilga kålib BMTning noqonuniy daromadlarni legal-
lashtirishga qarshi qonuniy chora-tadbirlar ishlab chiqayotgan
davlatlarga huquqiy yordam ko rsatish xalqaro dasturi doirasida
Narkotiklardan olingan pullarni legallashtirishga qarshi kurash
to risida gi Qonun loyihasi qabul qilindi
1
.
BMTning 2000-yil 5-noyabrda qabul qilingan Transmilliy
uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasining 6-moddasida
har bir ishtirokchi-davlat o z ichki qonunchiligining asosiy tamo-
yillariga binoan jinoyatlardan olingan daromadlarni qayta yuvili-
shini jinoiy jazoga sazovor sifatida hisoblashi uchun zarur qonun-
chilik va boshqa choralarini ko radi, deb belgilangan
2
.
zbekiston Respublikasida jinoiy faoliyatdan olingan daro-
madlarni legallashtirishga qarshi kurashish maqsadida 2004-yil
26-avgustdagi Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallash-

1 Mirzaraimov I.M. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkoralashtirishga qarshi


kurashning huquqiy choralari. O quv qo llanma. T.: O zbekiston Respublikasi
IIV Akademiyasi, 2008. 8-bet.
2 2000-yil 15-noyabrda BMT Bosh Assambleyasining 5525-sonli rezolyutsiyasi bilan
ma qullangan. O zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyani O zbekiston Respub-
likasi Oliy Majlisining 2003-yil 30-avgustdagi 536 II-sonli Qaroriga asosan rati-
fikatsiya qilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2003-yil, 9 10-son, 150-modda.




111
tirishga va terorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish to -


risida gi O zbekiston Respublikasi Qonuni
1
qabul qilindi.
Ushbu Qonunning asosiy maqsadi jinoiy faoliyatdan olin-
gan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashti-
rishga qarshi kurashish munosabatlarini tartibga solishdan iborat.
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish jinoyati
uchun O zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 243-mod-
dasida
2
javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, mazkur jinoyat uchun javobgarlik ko pchilik
xorijiy davlatlar jinoyat qonunchiligida ham o z aksini topgan.
Masalan, 1978-yilgi Italiya JKning 1990-yilgi Umumiy
xavf tug diruvchi mafiya tipidagi va boshqa qilmishlarning
oldini olish to risida yangi Qoidalari Qonunida, AQShning
1986-yilda qabul qilingan Pulni yuvib tozalash yo li bilan
kurash to risida gi Qonunida AQShning Florida shtati Jinoyat
to risidagi kodeksi (196-moddasida) va Banklar hamda bank
ishi to risida gi Qonunida, Buyuk Britaniyaning Narkotiklar
savdosiga qarshi kurash to risida gi 1986-yilgi hamda Moliya-
viy xizmat to risida gi 1983-yilgi Qonunlarida, Fransiyaning
1987-yilgi Sog liqni saqlash kodeksi, 1989- va 1990-yillardagi
Bojxona kodeksi va Moliya organlarning narkobiznesdan olingan
pullarni yuvish bilan kurashishda ishtiroki to risida gi Qonu-
nida, Belgiyaning 1990-yilgi Pulni yuvishga qarshi kurash to -
risida gi, Zaharli, psixotrop, narkotik, dizenfeksiya va sintetik
moddalar savdosi to risida gi 1992-yil Qonunlarida va boshqa
davlatlar jinoiy qonunchiligida javobgarlik belgilangan
3
.
Mazkur jinoyat jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni aniq-
lash, olib qo yish va konfiskatsiya qilish to risida Strasburg
Konvensiyasi tomonidan og ir xalqaro jinoyatlarga kiritilgan.

1 O zbekiston Respublikasi qunun hujjatlari to plami, 2004-yil, 43-son, 451-modda.


2 Qarang. O zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2012-yil 1-iyungacha bo lgan
zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr O zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 149-bet.
3 Saidov A.X. Xalqaro huquq. Chizmalar va ta riflarda. O quv qo llanma. T.2.
Mas ul muharrir: yu.f.d. professor U. Tojixonov. T.: Adolat. 2001. 352-bet.




112


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə