Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə35/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni 
noqonuniy ishlab chiqarish va tarqatishning oldini 
olishda xalqaro hamkorlik 
Bu borada birinchi xalqaro shartnoma Opium bo yicha
birinchi xalqaro ko p tomonlama Konvensiya 1912-yil 28-yan-
varda Gaagada imzolandi. Bugungi kunga kelib giyohvandlik
vositalarini tarqatishga qarshi kurash bo yicha 10 dan ortiq
Konvensiyalar, bitimlar va protokollar qabul qilingan.
Xususan, 1961-yil 30-martda Giyohvandlik vositalari to -
risida gi Yagona Konvensiya
2
(bu esa, giyohvandlikka qarshi

1 Mazkur hujjatga O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy Majli-


sining 1997-yil 26-dekabrdagi 553 I-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.// O zbe-
kiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 1-son, 20-modda.
2
Ushbu konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining 1995-yil 24-fevraldagi 30 I-son Qaroriga muvofiq ratifikasiya qilgan.
zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 23-sentabrdan kuchga kirgan.




98
kurashning turli masalalari bo yicha ilgari tuzilgan 9 ta shart-


nomaning o rniga o tdi), 1971-yil fevralda Psixotrop moddalar
to risida Vena Konvensiyasi, 1972-yil 25-martda 1961-yilgi
Giyohvand moddalar to risida gi Yagona Konvensiyaga o z-
gartirish kiritish to risida Protokol qabul qilindi.
Giyohvandlik vositalari to risida gi Yagona Konvensiya
davlatlar o z hududida giyohvandlik vositalarini tayyorlash va
tarqatish ustidan nazoratni amalga oshirishini nazarda tutadi.
Giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va tarqatish (sotish,
sotib olish, tashish) bilan bog liq jinoyatlar tartibini kvalifika-
tsiya qilib beradi.
1983-yili Bosh Assambleya giyohvand moddalar ustidan
nazorat qilish bo yicha maxsus tadbirlarni belgiladi, BMT tar-
kibidagi dastur, boshqa tashkilotlar va ixtisoslashgan tashki-
lotlar zimmasiga o zining tegishli ish faoliyati sohasida bunday
tadbirlarga katta e tibor berishga chaqirdi.
1984-yili Bosh Assambleya o zining 39-sessiyasida giyoh-
vand moddalar ustidan xalqaro nazoratni kuchaytirishga tegishli
uchtà rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qildi. Bu hujjatning bi-
rida mintaqaviy va universal harakatlar kompleks kelishuvining
muhimligi alohida ta kidlab o tilgan.
1985-yil Bosh Assambleya 40-sessiyasida narkotik modda-
lar bo yicha jinoyatchilik va uni noqonuniy tarqatishga qarshi
kurash borasida navbatdagi xalqaro hujjatni qabul qildi.
1988-yilda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar
bilan noqonuniy muomala qilishga qarshi kurash to
risida gi
BMT Konvensiyasi kuchga kirdi. Unda xalqaro amaliyotda ilgari
qo llanilmagan ayrim yangi choralar ko zda tutilgan. Jumladan:
a) xorijiy mol-mulkni xatga olish;
b) narkotiklarni tashishga qarshi kurashda yuklarni nazorat-
dan o tkazish usulidan foydalanish.
Konvensiyasining ahamiyati shundan iboratki, unda narko-
tiklarning noqonuniy muomalasiga oid bir nechta jinoiy tarkib-
lar mustahkamlandi, jumladan:




99
1. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tayyorlash


uchun mo ljallangan jihozlar, uskunalar, ashyolar va vositalarni
tayyorlash, ko chirib o tkazish yoki tarqatish, narkojinoyatchi-
likni tashkil etish, rahbarlik qilish yoki moliyaviy ko mak berish;
2. Mazkur Konvensiyada nazarda tutilgan qonunchilikni bu-
zish asosida qo lga kiritgan xususiy mulkni birovga o tkazishga
urinish yoki shunday tarzda qonunbuzarlik sodir etgan shaxsga
javobgarlikdan qochishi uchun sharoit yaratib berish;
3. Narkojinoyatchilikda ishtirok etgani oqibatida qo lga kiri-
tilgan mulkning asl manbaini yashirish;
4. Xususiy mulkni olish, unga egalik qilish, agar uni tasarru-
figa olgan chog ida bu mulk narkojinoyatchilik oqibatida yoki shun-
day ishga aralashish oqibatida qo lga kiritilganligi ma lum bo lsa;
5. Narkojinoyatga yoki giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarni noqonuniy qo lga kiritishga oshkora undash yoinki
shunday ishga rag bat o yg otish;
6. Narkojinoyat sodir etish uchun til biriktirish, bu ishda be-
vosita yoki bilvosita ishtirok etish, shunday qonunbuzarlikni amal-
ga oshirishga maslahat berish, narkojinoyatni sodir etishga urinish.
Giyoxvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan na-
zorat qiluvchi xalqaro organlar giyoxvandlik vositalari bo yicha
EKOSOS Komissiyasi va giyoxvandlikni nazorat qilish bo yicha
Xalqaro qo mita xisoblanadi.
1946-yil BMT doirasida EKOSOS
1
shafe ligida narkotik vo-
sitalar bo yicha komissiya tuzildi. Komissiya 30 davlat vakil-
laridan iborat komissiya IIK tomonidan 4 yilga saylanadi.
1968-yil giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo yicha
Xalqaro kengash tuzildi. Kengash tarkibi 13 davlatdan iborat
bo lib, IIK tomonidan 5 yil muddatga saylanadi.
Kengashning asosiy vazifasi 1961-yil 30-martda qabul
qilingan Giyohvandlik vositalari to risida gi Yagona Konven-
siyaga hukumatlar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshirishdan iborat.

1 BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi.






100
1981-yili BMT Bosh Assambleyasi giyohvandlik jinoyatiga


qarshi kurash bo yicha xalqaro strategiyani qabul qildi (36-168-
rezolyutsiya) va ushbu masalani bajarishni giyohvand moddalar
bo yicha Komissiya zimmasiga yukladi.
Komissiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
1) giyohvandlik moddalariga tegishli xalqaro huquqiy huj-
jatlarning amalga oshirilishini kuzatadi, jahonda giyohvandlik
vositalari ustidan nazorat ahvolini tahlil qilishda iqtisodiy va
ijtimoiy kengashga ko maklashadi, xalqaro nazoratni kuchayti-
rish yuzasidan tavsiyalar beradi;
2) giyohvandlikka oid ilmiy izlanishlarni rag batlantiradi va
davlatlar o rtasida tegishli ma lumotlarni ayirboshlashni tashkil
etadi;
3) Millatlar Ligasi maslahat komitetining vorisi sifatida oliy
va boshqa xavfli narkotiklarni tranzit olib o tish xavfsizligini
kuzatadi;
4) giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqo-
nuniy aylanishiga qarshi kurash borasida xalqaro-huquqiy huj-
jatlar loyihasini tuzadi;
5) BMT doirasidagi narkotiklarni nazorat qilish dasturi stra-
tegiyasini belgilab berib, uning faoliyatini nazorat qiladi;
6) EKOSOSning qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham
bajarishi mumkin.
Shuningdek, Komissiya faoliyatida giyohvandlik vositalari
va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash-
ga oid xalqaro-huquqiy hujjatlarni joriy etish, shuningdek ilmiy
tadqiqot dasturlarini hamda ma lumotlarni ayirboshlash borasida
tavsiyalar muhim rol o ynaydi.
Hozirda jahon miqyosida giyohvandlik vositalari va psixotrop
moddalarning noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish keng
yo lga qo yilgan bo lib, BMT tomonidan 1987-yil 26-iyun Giyoh-
vand moddalar suiiste molligi va noqonuniy muomalasiga qarshi
kurash kuni sifatida etirof etilgan.
zbekiston Respublikasi qonunchiligida Giyohvandlik vosi-
talari yoki psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muo-




101
mala qilishga qarshi ko plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul


qilingan. Jumladan, O zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-av-
gustda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to risi-
da gi Qonuni
1
qabul qilindi.
Ushbu Qonun giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar
va prekursorlarning muomalada bo lishiga oid ijtimoiy muno-
sabatlarni tartibga soladi hamda ularning qonunga xilof ravish-
da muomalada bo lishiga monelik qilish, fuqarolar sog lig ini
saqlash hamda davlat xavfsizligini ta minlashni maqsad qilib
qo yadi (1-modda).
Ushbu qonunning 3-moddasida giyohvandlik (narkotik)
vositalari , psixotrop moddalar , shuningdek, prekursorlar ,
giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning analoglari ,
preparat kabi bir qancha asosiy atamalarning huquqiy tu-
shunchalari berilgan bo lib, unga ko ra:

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə