Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə43/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

ikkinchidan, jamiyat, ayniqsa,
yosh avlodning ma naviy-axloqiy qarashlariga tajovuz qiluvchi
ijtimoiy xavfli qilmishlarga qarshi kurashishni yanada kuchay-
tiradi.
Yuqoridagilarga ko ra, xalqaro xarakterdagi jinoyatlarga ega
bo lgan jinoyat bu bir necha yoki barcha davlatlarning man-
faatlariga tajovuz qiladigan, umumiy xalqaro xavf-xatar keltirib
chiqaradigan qilmishdir. Xalqaro ahamiyatga ega jinoyatlarning
jinoyat subyekti sifatida jismoniy shaxslar tushuniladi. Jinoyat-
ning obyekti ikki yoki bir necha davlatlar manfaatlaridir. Xalq-
aro ahamiyatga ega jinoyatlarda faqat jismoniy shaxslar javob-
garlikka tortiladi.




119
III bob. 


XALQARO JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHDA 
XALQARO TASHKILOTLARNING O RNI 

3.1. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT 
va boshqa tashkilotlarning o rni 

Jinoyatchilikning o sib ketishi, uning bir davlat hududidan


chiqib, xalqaro tus olishi o z faoliyatini jinoyatchilikka qarshi
kurashga yo naltirilgan bir qancha xalqaro tashkilotlarning vu-
judga kelishiga sabab bo ldi.
Jinoyatchilikka, ayniqsa, xalqaro jinoyatchilikka qarshi ku-
rashda BMT asosiy rol o ynaydi.
Birlashgan Millatlar atamasi Amerika Qo shma Shtatlari Pre-
zidenti Franklin D. Ruzvelt tomonidan taklif etilib, 1942-yili 1-yan-
varda Birlashgan Millatlar Deklaratsiyasi da ilk bor ishlatildi
1
.
BMT Ustavi San-Fransisko shahrida 1945-yilning 25-apre-
lidan 25 iyunigacha davom etgan, 50 mamlakat vakillari ishtiro-
kidagi xalqaro tashkilot tuzish yuzasidan o tkazilgan konferen-
siyada ishlab chiqildi. Ustav 1945-yil 26-iyun kuni 50 mamlakat
vakillari tomonidan imzolandi. Polsha davlati keyinchalik 51-mam-
lakat sifatida ustavni imzoladi. BMT rasmiy ravishda 1945-yil
24-oktabrdan faoliyat ko rsatmoqda.
Ma lumki, BMTning Jahon miqyosida jinoyatchilikka qarshi
kurashni tashkil etishda tutgan o rni ushbu xalqaro tashkilot-
ning Nizomida o z ifodasini topgan. Jumladan, BMT Ustavining
1-moddasida qayd etilgandek, BMT Xalqaro tinchlik va xavf-
sizlikni ta minlaydi, davlatlar o rtasidagi do stona aloqalarni ta -
minlaydi, xalqaro miqyosda mavjud iqtisodiy, ijtimoiy va inson-
parvarlik bilan bog liq muammolarni yechishda zarur shart-sha-
roit yaratadi
2
.

1
O zbekiston yuridik ensiklopediyasi. Nashr uchun mas ul R.A. Muxitdinov va


boshq. Mas ul muharrir N. Toychiyev. T.: Adolat. 2010. 55 56-betlar.
2 Inson huquqlari bo yicha xalqaro shartnomalar. / Mas ul muharrir: A.X. Saidov
T.: 2004.




120
BMT Ustavining 3-moddasiga binoan, BMT ijtimoiy va gu-


manitar xarakterdagi xalqaro hamkorlikni tashkil qilish bilan birga,
xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatini o zining tegishli
organlari: BMT Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik kengashi, Xalqaro
huquq Komissiyasi, Xalqaro Sud, Kotibiyat, Ijtimoiy va Iqtisodiy
kengash, BMTning jinoyatchilikka qarshi kurash kongresslari
orqali amalga oshiradi. BMT tashkil topgunga qadar jinoyatchi-
likka qarshi kurash ishida xalqaro hamkorlikni 1959-yilgacha fao-
liyat olib borgan xalqaro jinoyat va penitensiar Komissiya tartibga
solib kelgan. 1950-yildan boshlab bu Komissiya o z vakolatini BMT-
ga bergan. O shandan buyon BMT jinoyatchilikka qarshi xalqaro
hamkorlik masalalari bilan ham faol shug ullanib kelmoqda
1
.
Jinoyatchilikning oldini olish bo yicha BMT Kongresslari
bilan bir qatorda, Jinoyatchilikning oldini olish bo yicha Qo mita
BMTning milliy tadqiqot institutlari va markazlari yordamchi
organlari sifatida muhimdir. Jinoyatchilikka qarshi kurashda
BMTning ixtisoslashgan muassasalari: Fuqaro aviatsiyasi tash-
kiloti (ICAO), Xalqaro mehnat tashkiloti (ILO), Xalqaro Dengiz
tashkiloti (IMO), Birlashgan millatlar tashkilotining ta lim, fan
va madaniyat masalalari bo yicha tashkiloti (UNESCO) va bosh-
qalar ishtirok etadilar.
Shuningdek, BMT jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan
va ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarni himoya qilishning
xalqaro normalari, tavsiyalari, prinsiplari va standartlarini tar-
tibga solib boradi. Ushbu normalar Inson huquqlari Umumjahon
Deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to risidagi xalq-
aro Paktda bayon etilgan talablar asosida ishlab chiqiladi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə