Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə45/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

BMT Xavfsizlik kengashi
muayyan bir davlatga nisba-
tan jinoyat sodir qilinganligi, tinchlik va xavfsizlikka qarshi qi-
lingan tajovuz (masalan, agressiya) munosabati bilan o sha dav-
latning arizasiga binoan bunday muammoni hal qilishi mumkin.
Shuningdek, eng xavfli terrorchilik harakatlari sodir etilganligi
masalalarini muhokama etadi.
BMTning Kotibiyati qoshida jinoyatchilikning oldini olish,
BMT Bosh Kotibi va Kotibiyatga o z tavsiyalarini beruvchi
maxsus bo linma mavjud bo lib, u BMTning jinoyatchilikning
oldini olish va jinoyat odil sudlovi sektori deyiladi. Xalqaro
huquq Komissiyasi Insoniyat xavfsizligi va tinchligiga qarshi
jinoyatlar to risidagi Kodeksi loyihasi va Xalqaro jinoyat sudi
Statutini tayyorladi. Ular eng xavfli xalqaro jinoyatlarga qarshi
kurashda muhim rol o ynaydi.
BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi. 
Davlatlar-
ning jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha hamkorligini muvo-
fiqlashtirish BMTning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashiga yuklatil-
gan. EKOSOS doirasida bir qancha yordamchi organlar masalan,
Giyohvandlik vositalari bo yicha Komissiya, Xalqaro terrorizm
bo yicha Komissiya, Jinoyatchilikning oldini olish va unga qar-
shi kurash bo yicha qo mitalar faoliyat ko rsatmoqda.

1 Q.R. Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik. T.: TDYuI nashriyoti, 2008. 118


119-betlar.




123
1950-yilda Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash tarkibida Jinoyat-


chilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosabat
bildirish bo yicha ekspertlar Qo mitasi ta sis etildi. 1971-yilda
u jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashish Qo mi-
tasi, 1993-yilda esa, Jinoyatchilikning oldini olish va jinoyat ad-
liyasi bo yicha Komissiya deb qayta nomlandi. Mazkur nufuzli
tashkilot jinoyatchilikka qarshi yanada samarali kurash olib bo-
rish va huquqbuzarlarga nisbatan insonparvarlik munosabatida
bo lishga qaratilgan tavsiya va takliflarni taqdim etadi. Ushbu
Komissiya tarkibiga BMTga a zo bo lgan 54 ta davlat vakillari
kiritilgan va ular 3 yil muddatga saylanadi. BMT Assambleyasi
tomonidan makur organ zimmasiga har 5 yilda bir marta Jino-
yatchilikning oldini olish va huquqbuzarlarga nisbatan munosa-
bat bo yicha BMT kongresslarini tayyyorlash vaifasi yuklatilgan.
Komissiya o z faoliyatida:
- BMTning Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar
bilan muomalada bo lish kongresslarini tayyorlash;
- BMTning Jinoyatchilikka qarshi kurash bo yicha olib
boradigan tadbirlarini rejalashtirishni belgilash;
- davlatlarning suveren tengligi va ichki ishlariga aralash-
maslik prinsiplari asosida, BMTning vakolatli organlariga Jino-
yatchilikning oldini olish sohasidagi xalqaro hamkorlik bo yicha
dasturlarni tayyorlash va tasdiqlash uchun taqdim etish;
- jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo yicha shug ul-
lanayotgan BMT organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun
EKOSOSga yordam ko rsatish, shuningdek, BMTning Bosh koti-
biga va boshqa organlariga ma ruzalar, tavsiyalar va qarorlar
tayyorlash va taqdim etish;
- BMTga a zo davlatlarning Jinoyatchilikning oldini olish
va huquqbuzarlar bilan muomalada bo lish sohasida yig ilgan
tajribalarini almashishga ko maklashish;
- jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkor-
lik asosini tashkil etuvchi, jumladan, jinoyatchilikning oldini olish
va jinoyatchilikni qisqartirish bo yicha murakkab va muhim ma-
salalarni muhokama qilish;




124
- jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy ishlarni ko rib chi-


qishda odil sudlovlarni amalga oshirishning asosiy prinsiplarini
ishlab chiqish.
Ushbu komissiya BMT Bosh Assambleyasining 1996-yil
51-sessiyasida Jinoyatchilik va jamoat xavfsizligi to risida gi
Deklaratsiyani qabul qildi.
Jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurash bo yicha
Qo mitaning muhim xizmati shundaki, u tomonidan BMTning
jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga nisbatan
munosabati bo yicha o n ikkita Kongressi (1955 2010-yillar) o t-
kazilgan.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə