Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


BMTda maslahatchi maqomiga ega bo lgan xalqaro



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə53/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

BMTda maslahatchi maqomiga ega bo lgan xalqaro 
nohukumat tashkilotlar 
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlik
subyektlari orasida nohukumat tashkilotlaridan: Jinoyat huquqi
xalqaro uyushmasi; Xalqaro kriminologik jamiyat, Ijtimoiy
himoya xalqaro jamiyati hamda Xalqaro va penetensiar fondi
faoliyatini qayd etib o tish zarur.
Jinoyat huquqi Xalqaro Assotsiatsiyasi
1924-yili tashkil
topgan. U jinoyatchilik, uning sabablarini va unga qarshi kurash
vositalarini o rganadi, jinoyat-huquqiy qiyosiy tadqiqotlar bilan
shug ullanadi, jinoyat huquqi muammolari bo yicha xalqaro kon-
gresslar o tkazilishini tashkil qiladi (besh yilda bir marta), BMT,
YUNESCO va boshqa xalqaro tashkilotlarga maslahatlar beradi
1
.
Xalqaro ijtimoiy himoya qilish xalqaro jamiyati

jinoyatchilikni ijtimoiy hodisa sifatida o rganadi. Bunda jami-


yatni jinoyatchilardan himoya qilish maqsadida jinoyatchilar-
ning g ayriijtimoiylashish omillarini o rganadi. Ularning asosiy
vazifasi insonparvarlik g oyalarini targ ib qilishidir. Bu jamiyat
1942-yili Lej (Belgiya)da tashkil qilinib, BMTda maslahat sta-
tuti bilan qatnashadi. Uning tarkibiga 50 dan ortiq davlatlardan
yuristlar, sotsiologlar, jinoyat huquqi, xalqaro jinoyatchilik, kri-
minologiya, penitensiar huquq, psixiatriya, ruhshunoslik, tib-
biyot va boshqa mutaxassisliklarning vakillari kirgan. Xalqaro
ijtimoiy himoya qilish jamiyati besh yilda bir marta kongress
tkazadi.
Xalqaro kriminologik jamiyat 
1934-yilda tashkil etil-
gan bo lib, jinoyatchilikka qarshi kurash sohasidagi hamkorlikni
ta minlash bilan bevosita shug ullanadi. U kriminologiya soha-
sidagi milliy institutlar va mutaxassislarni birlashtiradi. Xalqaro
kriminologik jamiyat EKOSOS, BMT va YUNESCO maslahat-
chisi maqomiga ega.

1 Q.R. Abdurasulova. Kriminologiya. Darslik. T.: TDYuI nashriyoti, 2008. 120


121-betlar.




136
Mazkur jamiyat xalqaro miqyosda jinoyatchilikning sabab-


larini o rganadi, kriminologik kongresslar, seminarlar, kollok-
viumlar tashkil qiladi, ularning materiallarini e lon qiladi, milliy
kriminologik institutlarga yordam ko rsatadi, kriminologiya fani-
ni rag batlantirish uchun stipendiya va mukofotlar ta sis etadi
va tayinlaydi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə