Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Biz  Shanxay hamkorlik tashkilotini tinchlik va barqaror-



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə55/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Biz 
Shanxay hamkorlik tashkilotini tinchlik va barqaror-
likni mustahkamlashga, birinchi galda, xalqaro terror, 
diniy ekstremizm, bosqinchi ayirmachilik va narkobiz-
nes kabi mintaqaviy va dunyoviy xavfsizlikka tahdid 
soladigan xavf-xatarga qarshi turishda ochiq, o zaro 
foydali sheriklik va ko p tomonlama hamkorlikka qara-
tilgan ko p tomonlama hamkorlik mexanizmi, deb bila-
miz
2
.
Darhaqiqat, hozirda jahonda xalqaro terrorizmning keskin
tus olib borayotgani haqiqatdir. Ushbu xalqaro muammoga qar-
shi kurashish, uning nazariy-huquqiy jihatlarini tadqiq qilish ham
nazariy, ham amaliy jihatdan jamiyat, davlat oldida turgan eng
dolzarb va kechiktirib bo lmaydigan masala bo lib hisoblanadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida terrorizmga qarshi
kurashda o zaro hamkorlikni yo lga qo yish zarurati paydo bo ldi.

1 Åâäîêèìîâ Å. Øàíõàéñêàÿ îðãàíèçàöèÿ ñîòðóäíè÷åñòâà ñòàíîâèòñÿ ãëàâíûì


ìåõàíèçìîì îáåñïå÷åíèÿ ñòàáèëüíîñòè â Öåíòðàëüíîé Àçèè. // www.mfa.kz/
russian/art_15.0502.htm.
2 Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas ulmiz. T.9. T.: O zbekiston,
2001. 375 376-betlar.




139
Shu bois, ShHTning 10 yildan ortiq faoliyatida 6 ta a zo-davlat-


larning (Rossiya, Xitoy, O zbekiston, Qozog iston, Qirg iziston
va Tojikiston) tinchlik va xavfsizligiga tahdid soluvchi vaziyat-
larni tartibga solishda birgalikda olib boradigan harakatlarini ish-
lab chiqishga va ularga javob bera oladigan birdamlikni mus-
tahkamlashga erishdi. Bundan tashqari, ShHT faoliyati davo-
mida, ko p tomonlama o zaro yordam mexanizmini, prinsiplarni
shakllantirish va salmoqli xalqaro-huquqiy baza yaratilishiga asos
bo ldi.
Buning isboti sifatida, 2001-yildagi Terrorizm, separatism
va ekstremizmga qarshi kurash to risidagi Shanxay Konven-
siyasi
1
ni misol qilib keltirish mumkin. Ushbu Konvensiya aso-
sida 2002-yil 7-iyunda ShHTning ishtirokchi-davlatlari Mintaqa-
viy Aksilterror Tuzilmasi (MATT)ni tashkil etish to risida
Shartnoma imzoladilar. ShHT a zo-davlatlarining fikriga ko ra,
hamma aksilterror operatsiyalari BMTning Nizomidagi maqsad
va prinsiplariga hamda boshqa umume tirof etilgan xalqaro huquq
normalariga javob bera oladigan bo lishi lozim.
ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi faoliyatining sama-
radorligini ta minlash va tashkilotga a zo-davlatlar o rtasidagi
hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida ShHT Moskva sammi-
tida tashkilotning ushbu tuzilmasi Ijroiya qo mitasini Toshkent-
da joylashtirishga kelishib olindi.
2004-yilning 16 17-iyunidagi ShHTga a zo-davlatlar rahbar-
larining Toshkent sammiti tashkilot rivojlanishining yangi bos-
qichini boshlab berdi. Bu sammitda ShHTning tizimli shakl-
lanishi yakunlanib, ShHT mintaqaviy aksilterror tuzilmasining
shtab-kvartirasi rasman ochildi
2
.

1
Terrorizm, separatism va ekstremizmga qarshi kurash to risidagi Shanxay


Konvensiyasi. Mazkur Konvensiyani O zbekiston Respublikasi O zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining 2001 yil 30-avgustdagi 274 II-sonli Qaroriga asosan
ratifikatsiya qilgan.// O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,
2001-yil, 9 10-son, 185-modda.
2 Sharipov Murod Mirza Sharifjon o
li. Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqa-
rorlikni mustahkamlashda Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning ahamiyati.
Avtoref. dis.. s.f.n. T.: 2007. 14-bet.




140
Shunga binoan, 2004-yilning 1-yanvaridan boshlab poytax-


timizda ushbu qo mita faoliyat yuritib kelmoqda. Ushbu tuzilma
doimiy faoliyat yurituvchi yuridik shaxs maqomiga ega organ
hisoblanadi. MATT nomidan Ijroiya qo mitasi shartnomalarni
imzolash, ko char va ko chmas mulklarga ega bo lish va undan
foydalanish, bank hisob raqami ochish va yuritish, sudga da vo
bilan murojaat qilish va sudda ishtirok etish huquqlariga egadir
1
.
Bundan tashqari, ShHT doirasida jinoyatchilikka qarshi ku-
rash borasida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanma-
siga qarshi kurash asosiy o rinni egallaydi. ShHT ham o z fao-
liyatining eng muhim yo nalishlaridan biri bo lgan giyohvand-
likning oldini olish va giyohvandlik moddalarining noqonuniy
aylanmasiga qarshi kurash sohasida xalqaro hamjamiyat kuch-
larini birlashtirishga erishdi. Shunday ekan, ShHT hozirda BMT,
YeXHT, MDH va boshqa mintaqaviy tashkilotlar bilan ham-
korlikni yo lga qo ygan.
Bugungi kunda dunyo hamjamiyati tomonidan asr vabosi
deb e tirof etilayotgan giyohvandlik moddalarining noqonuniy
muomalasiga qarshi kurash eng dolzarb muammolardan biriga
aylanib ulgurdi. Zotan, ijtimoiy salbiy illatlardan biri bo lgan
giyohvandlik eng dolzarb muammolardan biri bo lib, nafaqat
respublikamiz, balki butun dunyoda keng jamoatchilikni jiddiy
tashvishga solmoqda. Ushbu muammoning qay tartibda o z
yechimini topishi butun insoniyat ertasini belgilab berishi uning
ko lami haqida tushuncha beradi. Shu sababli giyohvandlikning
oldini olish va unga qarshi samarali kurashni tashkil etish bu-
tun jahon hamjamiyatidan barcha kuch va vositalarni birlash-
tirishni taqazo etmoqda. Insoniyat ertasi uchun giyohvandlik
muammosining nechog li dolzarb ahamiyat kasb etishini ta kid-
lar ekan, Prezidentimiz I.A. Karimov BMT Bosh Assambleyasi-
ning 48-sessiyasida:

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə