Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Interpolning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə58/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Interpolning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi talablari va
amaldagi qonunlar asosida jinoyat politsiyasining barcha organ-
lari (muassasalar)ning hamkorligini ta minlash;
- jinoyatlarning oldini olishda samarali hamkorlik qila ola-
digan institutlarni tuzish va ularning faoliyatlarini takomillash-
tirib borish.
Shuningdek, Interpolning Nizomida bu hamjamiyatga a zo-
davlatlarning siyosiy, harbiy, diniy va irqiy masalalarga aralash-
masligi talab etiladi
2
.
Interpolning tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
1) Bosh Assambleya;
2) Bosh kotibiyat;
3) Milliy Markaziy byurolar;
4) Maslahatlar.
Bosh Assambleya
Interpolning oliy tashkiliy-huquqiy
instansiyasidir. Uning tarkibiga barcha milliy politsiya organ-
larining delegatlari kiradi. Bosh Assambleya sessiyasi yiliga bir
marta chaqiriladi. Lekin Nizomda favqulodda sessiya chaqirish
imkoniyati ham ko zda tutilgan. Bosh Assambleya tashkiliy va
moliyaviy masalalardan tashqari, Interpolning faoliyat yo nalish-
larini belgilaydi.
Nizomning 8-moddasiga muvofiq, Bosh Assambleya quyida-
gilarni amalga oshiradi:

1 M. Usmonaliyev, Y. Karaketov. Kriminologiya. Darslik. T.: Yangi asr avlodi,


2001. 510 511-betlar.
2 Interpol Nizomi (3-modda) / Qarang: Îâ÷èíñêèé Â.Ñ. Èíòåðïîë (â âîïðîñàõ è
îòâåòàõ). Ì.: ÈÍÔÐÀ-Ì, 2001. C. 143 152.




146
1) tashkilotning faoliyat prinsiplarini belgilaydi va uning


Nizomidagi vazifani bajarishga ko maklashuvchi tadbirlarni ish-
lab chiqadi;
2) kotibiyat taqdim etgan yillik ish rejasini ko rib chiqadi,
qarorlar qabul qiladi, Interpolning mansabdor shaxslarini saylaydi;
3) o z vakolatlari doirasida tashkilotning alohida a zolariga
tavsiyalar beradi;
4) moliyaviy masalalarni ko rib chiqadi;
5) boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik masalalarini muho-
kama etadi, qaror qabul qiladi
1
va boshqa vazifalarni amalga
oshiradi.
Bosh Assambleya turli masalalar bo yicha doimiy va vaq-
tinchalik qo mitalar tuzadi. Bunday qo mitalar qisman tashki-
lotning Nizomini o zgartirish haqidagi masalani ko rib chiqish
uchun tuziladi. Har bir sessiyaning oxirida Bosh Assambleya
bir qancha takliflar ichidan ovoz berish yo li bilan tanlab olib,
keyingi sessiya o tkaziladigan shaharni aniqlaydi.
Shuningdek, Bosh Assambleya qoshida voyaga yetmaganlar
jinoyatchiligiga, giyohvandlik vositalarining tarqalishiga qarshi
kurashning alohida masalalarini o rganish bo yicha doimiy va
vaqtinchalik komissiya tuzilgan.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə