Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


 Xalqaro Tribunallar va Xalqaro Jinoyat Sudi



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə61/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

3.4. Xalqaro Tribunallar va Xalqaro Jinoyat Sudi 

Xalqaro tribunallar xalqaro jinoyatlarni sodir etishda ayb-


dor bo lgan jinoyatchilar va davlatlarni sud qilish uchun tuzila-
digan organlardir. Xalqaro tribunallarning bugungi kunga qadar
4 tasi mavjud bo lgan.
I.
1945-yilgi Xalqaro harbiy tribunal Ustavi asosida ishla-
gan Nyurnbergdagi Xalqaro Harbiy Tribunal. Tribunal Nizomi-
da uning yurisdiksiyasi ta riflanib, umumiy prinsiplari belgilab
berilgan edi. Tribunal quyidagi ko rsatilgan jinoyatlarni sodir
etgan nemis harbiy jinoyatchilarini sud qilish va jazolash huqu-
qiga ega edi:
1) tinchlikka qarshi jinoyatlar (agressiya);
2) harbiy jinoyatlar, ya ni urush qoidalari va qonunlarini
buzish;

1 O zbekiston yuridik ensiklopediyasi / Nashr uchun mas ul R.A. Muhitdinov va


boshq. Mas ul muharrir N. Toychiyev. T.: Adolat, 2010. 179 180-betlar.




153
3) insoniyatga qarshi jinoyatlar, ya ni urushgacha va urush


davrida tinch aholini o ldirish va qirg in qilish.
Sudda ish ko rish 1945-yil 20-noyabrda boshlangan. Sudda
24 nafar bosh nemis harbiy jinoyatchilarining ishi ko rib chiqilgan.
Nyurnberg harbiy tribunali hukmida quyidagilar jinoiy tash-
kilot deb tan olindi:
1) Imperiya ministrlar kabineti;
2) Germaniya natsistlar partiyasining rahbarlari tarkibi;
3) Fashistlar partiyasining himoya otryadlari (SS) va uning
tarkibiy qismi sifatida xavfsizlik xizmati (SD);
4) Davlat yashirin politsiyasi (Gestapo);
5) Fashistlar partiyasining hujumchi otryadlari;
6) Germaniya qurolli kuchlarining bosh shtabi va oliy bosh
qo mondonligi (OKB)
1
.
Tribunalda hammasi bo lib 403 ta ochiq sud majlisi bo lib
tdi. Tribunal 3 mingdan ortiq hujjatlar bilan ta minlanib, 200 ga
yaqin guvohlarni so roq qildi. 1946-yilning oktabrida hukm e lon
qilindi. Jinoyatchilar qonunga muvofiq jazolandilar
2
.
Nyurnberg tribunali Nizomi va hukmida tavsiflangan xalq-
aro jinoyat huquqiga xos alohida tamoyillar imperativ xusu-
siyatga ega. 1946-yilning dekabrida BMT Bosh Assambleyasi
z rezolyutsiyasida Nyurnberg tribunali Statuti tan olgan va
tribunal hukmiga umum tan olinganlar sifatida ifodasini topgan
xalqaro huquq tamoyillarini tasdiqladi
3
.
II.
1946-yilda Yaponiyada ittifoqchi bosh qo mondonlar tas-
diqlagan Ustav asosida amal qilgan Uzoq Sharq uchun Harbiy
Tribunal Nizomiga asosan, Tribunal Uzoq Sharqdagi bosh har-
biy jinoyatchilarni adolatli ravishda tezkorlik bilan sud qilish
maqsadida tuzilgan edi.

1 Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî. Ó÷åáíîå ïîñîáèå. Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì,


1997. C. 32.
2 Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy
huquq). T.: 2002. 352 356-betlar.
3 Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî. Ó÷åáíîå ïîñîáèå. M.: ÈÍÔÐÀ M,
1997. C. 22.




154
Nyurnberg Tribunali kabi Tokio Tribunali ham xalqaro jino-


yatlar uchun javobgarlik to risidagi xalqaro huquq prinsiplari
va normalarining rivojiga o z ta sirini o tkazdi.
III.
Sobiq Yugoslaviya hududida 1991-yildan boshlab sodir
etilgan xalqaro gumanitar huquqning jiddiy buzilishi uchun
shaxslarni sud ta qibiga olish uchun tuzilgan Gaagadagi xalqaro
tribunal 1993-yilda BMT Xavfsizlik kengashi qabul qilgan Ustav
1

asosida faoliyat olib bordi.


Sobiq Yugoslaviya uchun Tribunal ikkita sud va bitta apel-
lyatsiya kamerasida qoralovchi va kotibdan iborat. Jami 11 ta
sudya bo lib, har bir sud kamerasida uch sudya va apellyatsiya
kamerasida besh sudya mavjud.
Sobiq Yugoslaviya uchun Tribunalning doimiy qarorgohi
Gaaga shahridadir.
IV. 
Ruanda hududida sodir etilgan genotsid va boshqa
xalqaro gumanitar huquqni jiddiy buzish hollari uchun javobgar
shaxslarni 1994-yil 1-yanvardan 1994-yil 31-dekabrgacha qo sh-
ni davlatlar hududida sodir etilgan Ruandaning genotsid va
boshqa shu kabi qonunbuzarliklari uchun javobgar fuqarolarni
BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan 1995-yilda qabul qilingan
Ustav asosida sud ta qibiga olish uchun tuzilgan xalqaro jino-
yatlar tribunali.
Ruanda uchun tribunal Nizomi xalqaro xarakterga ega bo l-
magan qurolli to qnashuvlarda sodir etilgan jinoyatlarni ko rib
chiqqanligi uchun, bu yerda qo llaniladigan gumanitar huquq
Yugoslaviya uchun tuzilgan Tribunaldagidan farq qiladi. Bu yer-
da birinchi o rinda genotsid, keyin insoniylikka qarshi jinoyat-
lar, shuningdek, xalqaro xarakterga ega bo lmagan qurolli to q-
nashuvlarga taalluqli bo lgan normalarga ega 1949-yilgi Jeneva
Konvensiyalarining 23-moddasi va 1977-yilgi bu Konvensiya-
larga qo shimcha II Protokoldagi
2
normalar turadi.

1 Qarang. Ìîñêîâñêèé æóðíàë ìåæäóíàðîäíîãî ïðàâî. 1996. ¹ 1.


2 Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli 1949-yil 12-av-
gustda qabul qilingan Jeneva Konvensiyaga doir 1977-yil 8-iyundagi qo shimcha
Protokol (II Protokol) // O zbekiston Respublikasi ushbu hujjatga O zbekiston
Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-sentabrdagi 946 XIX-sonli Qaroriga
asosan qo shilgan.




155
Ruanda uchun tribunalning qarorgohi Arusha shahri (Tan-


zaniya)da. Tribunallar BMT doimiy budjetidan mablag bilan
ta minlanadi.
Tribunallarning birinchi darajali ahamiyatga ega faoliyati
davlatlar bilan hamkorlik qilish va ularga huquqiy yordam ko r-
satishdir. Tribunallar Nizomiga asosan davlatlar sud orqali ta qib
qilish va tergov masalalarida Tribunal bilan hamkorlik qiladilar.


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə