Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Mahbuslar bilan muomalada bo lishning mini-



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə51/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

2.
Mahbuslar bilan muomalada bo lishning mini-
mal standart qoidalari
. BMTning 1955-yil Jenevada bo lib
tgan Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan
muomalada bo lish bo yicha birinchi kongressi Mahbuslar bilan
muomalada bo lish hamda penitensiar muassasalarni boshqa-
rishning minimal standart qoidalarini qabul qilgan. 1971-yili
Bosh Assambleya bu qoidalarni penitensiar va axloq tuzatish
muassasalarini boshqarish sohasida samarali qo llanilishini hamda
bu qoidalarni milliy qonun hujjatlariga kiritish masalasini ijobiy
tarzda ko rib chiqilishini ta minlashni tavsiya qilgan.
3. Tibbiyot etikasi prinsiplari.
1976-yili Bosh Assam-
bleya Jahon sog liqni saqlash tashkilotiga har qanday shaklda
ushlab turilgan yoki turmaga qamalgan shaxslarni himoya
etish maqsadida tibbiyot etikasi kodeksining loyihasini tayyor-
lashni taklif etgan. Jahon sog liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro
ilmiy-tibbiy tashkilotlar kengashi va Jahon tibbiyot assam-
bleyasi yordamida BMT Bosh Assambleyasi Mahbuslar yoki
hibsga olingan shaxslarni qiynoq hamda jazolashning qattiq,
shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi
turlaridan himoya qilishda sog liqni saqlash xodimlarining,
ayniqsa shifokorlarning roliga taalluqli tibbiyot etikasi prin-
siplari ni ishlab chiqdi va 1982-yil 18-dekabrda qabul qildi.
Ushbu hujjatda 6 ta asosiy tibbiyot etikasi prinsiplari beril-
gan bo lib, hujjatda mahbuslar, ushlab turilgan shaxslarni qiy-
noqqa solishdan va muomalada bo lish va jazolashning boshqa
shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi tur-
laridan himoya qilishda sog liqni saqlash xodimlarining, ayniqsa,
shifokorlarning roliga alohida urg u berilgan. Xususan, mahbus-
lar yoki hibsga olingan shaxslarga tibbiy xizmat ko rsatilishini
ta minlovchi sog liqni saqlash xodimlari, ayniqsa, shifokorlar
ularning jismoniy va ruhiy sog lig ini muhofaza qilishlari hamda
ularni xuddi mahbus bo lmagan yoki hibsga olinmagan shaxs-
larga nisbatan bo lgani kabi sifat va saviyada davolashlari shart
deb belgilanadi.




133
BMT Bosh Assambleyasi 1983-yilda barcha mamlakatlar-


ning hukumatlarini ushlab turish va turma qamog ida saqlash
bilan shug ullanuvchi muassasalarning tibbiyot xodimlari va
xizmatchilari bu prinsiplarga rioya etishini ta minlashdà ko mak-
lashishga chaqirgan.
Mamlakatimizda har bir shaxsning tibbiy xizmatdan foyda-
lanishi kafolati O zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 46-mod-
dasida: Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish
huquqiga ega , deb belgilangan.
Mustaqil O zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodek-
sida mahkumlarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi kafo-
latlangan.
zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-mod-
dasida mahkumlarning barcha asosiy huquqlari qatorida ular-
ning sog lig ini saqlash, shu jumladan, tibbiy xulosaga ko ra
ambulatoriya, poliklinika va statsionar tibbiy yordam olish
huquqi ham belgilangan. Shu bilan bir qatorda O zbekiston
Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 12-bobi Mahkumlar-
ning moddiy-maishiy ta minoti va ularga tibbiy xizmat ko r-
satish deb nomlanib, JIKning 87-moddasiga
1
muvofiq, mah-
kumlar tibbiy-sanitariya xizmatidan foydalanadi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə