Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə49/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Xalqaro sud.
Xalqaro sud BMTning olti asosiy organlari-
dan biri bo lib, 1946-yilda, tinchlik va barqarorlikka tahdid so-
lishga sabab bo luvchi huquq va adolatlilik prinsipi asosida tinch
yo llar bilan hal etilishini ta minlash maqsadida tashkil etilgan.
Xalqaro Sud Statuti BMT Nizomining XIV bobida
1
shu-
ningdek, Dumbarton Oks Konferensiyasida (1944-yil) Vashing-
ton yuristlar qo mitasida hamda 1945-yilgi San Fransisko Kon-
ferensiyasida ishlab chiqilgan.
1945-yilning 26-iyunida imzolanib, 24-oktabrdan kuchga kir-
gan statutga muvofiq Xalqaro Sud BMTning asosiy Sud organi
hisoblanadi. Mazkur sud BMT Ustavining bir qismi hisoblangan
Statut hujjati hamda o z reglamentiga asosan faoliyat yuritadi.
Xalqaro sud 15 ta mustaqil sudyadan iborat bo lib, ular
fuqaroliklaridan qat i nazar, o z mamlakatlarida oliy sud lavo-
zimlariga tayinlanishlari uchun talab etilgan oliy axloqiy talab-
larga javob beruvchi va xalqaro huquq sohasida tanilgan yurist-
lar orasidan saylanadi.

1
Qarang. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavi, 1945-yil 24-oktabr. (XIV bob,


92 96-moddalar)




129
Sudyalar BMTning Xavfsizlik Kengashi va Bosh Assam-


bleyasi a zolari tomonidan qayta saylanish huquqiga ega bo l-
gan holda to qqiz yil muddatda saylanadi. Mazkur organlar
ovoz berish jarayoni bir-birlaridan mustaqil ravishda bir vaqtda
tkaziladi. Mazkur saylovda yutib chiqish uchun nomzod har
ikkala organning ko pchilik ovoziga ega bo lishi zarur. Sud
tarkibida huquqiy vorislikni ta minlash maqsadida 15 nafar
sudyaning vakolat muddati bir vaqtda tugatilmaydi. Har uch
yilda sud a zolarining birdan uch qismi o rtasida saylovlar
tkaziladi.
Xalqaro sud tarkibida bir mamlakatning ikki fuqarosi bo li-
shi mumkin emas. Sud qayta saylash huquqini o zida saqlab
qolgan holda yashirincha ovoz berib, saylovchilarning mutlaq
ko pchilik ovozi bilan yetti yillik muddatga o z Kotibini say-
laydi. Kotib o rinbosari ham xuddi shu tartibda saylanadi
1
.
Xalqaro sudning o n besh a zosi bilan birgalikda alohida
ishlar ko rilayotgan payti ( ad hoc ) deb ataluvchi sudyalar ham
ishtirok etishlari mumkin.
Sud tarkibi shunday tuzilganki, unda dunyoning barcha
mintaqa vakillari, jumladan, Afrika qit asidan uch, Lotin Ameri-
kasidan ikki, Osiyodan uch, G arbiy Yevropa, shuningdek, Kanada,
AQSh, Avstraliya va Yangi Zellandiyadan besh va Sharqiy Yev-
ropadan (Rossiya davlati bilan) ikki nafardan a zolari mavjud.
Xalqaro sud Gaaga shahrida joylashgan.
Xalqaro sud Qarorlar qabul qiladi. Bosh Assambleya va
Xavfsizlik Kengashining so roviga asosan Konsultativ (maslahat)
xulosalar tayyorlaydi, o z qarorlarini sharhlaydi.
BMT Xalqaro sudi o zi tashkil etilgan vaqtdan boshlab to
1998-yilga qadar 72 ta ishni ko rib chiqdi va maslahat xulosa-
sini berdi
2
.

1 Sattorov D. Xalqaro sud. Xalqaro jinoyat sudi. T.: Yangi asr avlodi, 2004.


6-betlar.
2 R.A. Tuzmuhammedov, R.T. Hakimov. Xalqaro huquq asoslari. O quv qo llanma.
T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi, 1998. 82 85-betlar.




130
Sud tomonidan ko rib chiqilayotgan ishlarning yarmidan


ko pi hududiy va chegaraviy nizolar bilan bog liq bo lib, ko pchi-
ligi dengiz huquqiga ega bo lgan nizo va masalalarga taalluq-
lidir.
Sud amaliyotida uchragan muhim nizolar bu kuch ishla-
tishni noqonuniy deb e tirof etish ishlari sanaladi. Shuningdek,
mazkur holda tijorat sohasiga oid nizolarni hal etish bilan bog -
liq hamda muayyan shaxs huquqiga oid masalalar yuzasidan ham
murojaat etiladi.
Xalqaro sud vakolatlari sud statutining II bobi (34 38-mod-
dalar) hamda IV bobida belgilab qo yilgan.
Sud jarayoni 2 qismda yozma va og zaki tarzda o tadi.
Yozma nizolashayotgan tomonlarning holatlari bayon qilib beril-
gan memorandum va aksilmemorandumlarni sudga topshiradi-
gan axborotlardan iborat bo ladi; og zaki nizolashuvchi tomon-
larning vakillari, ularning advokatlari, guvohlari ekspertlarning
fikrini tinglashni o z ichiga oladi
1
.
Xalqaro sudning qarori ishda qatnashuvchi tomonlar uchun
majburiydir. Xalqaro Sud BMTning asosiy sud organi bo lib,
ishtirokchi-davlatlarning ishlarini ko rib chiqish uchun mo ljal-
langan. Shu sababli ham BMTning xalqaro sudi jinoyatchilikka
qarshi kurash sohasidagi xalqaro hamkorlikning to laqonli sub-
yekti bo la olmaydi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə