Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Qiynoqqa qarshi konvensiyaviy Qo mitani



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə32/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Qiynoqqa qarshi konvensiyaviy Qo mitani
ham tashkil etdi.
Qiynoqlarga qarshi qo mita har biri to rt yil muddatga say-
lanadigan 10 nafar ekspertdan tashkil topgan. Bu qo mitaning
asosiy maqsadi kovensiyaning qo llanilishi va unga rioya etili-
shini ta minlashdan iboratdir.
Qo mita 1988-yil 1-yanvardan o z vazifasini bajarishga kirish-
di va 1988-yil aprel oyida Jeneva shahrida birinchi marotaba o z
yig ilishini chaqirdi
1
.
Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz,
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarini taqiq-
lovchi universal hujjatlardan tashqari, ushbu huquqni ta minlov-
chi mintaqaviy hujjatlar to plami ham ancha salmoqli hisobla-
nib, ular jumlasiga: Inson huquqlarini va asosiy erkinliklarini
himoya qilish Yevropa Konvensiyasi ni (1950-yil, 3-moddasi),
Insonning asosiy huquq va erkinliklari to risida gi MDH Kon-
vensiyasini
2
, Inson va xalqlar huquqlari haqidagi Afrika xar-
tiyasi ni (1988-yil), Qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g ayriin-
soniy yoki qadr-qimmatni xo rlovchi muomala yoki jazolashning
oldini olish Yevropa Konvensiyasi ni (1986-yil), Yevropa Ken-
gashi tomonidan qabul qilingan Yevropa qamoq qoidalari ni
(1987-yil), YXHT Vena uchrashuvining (1989-yil), YXHT inso-
niy mezonlar bo yicha konferensiyasi Kopengagen yig ilishi
(1990-yil) yakuniy hujjatlari va boshqalarni kiritish mumkin.
1981-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qiynoq jabr-
lanuvchilari va ularning oilalariga yordam ko rsatuvchi tashki-
lotlar faoliyatini moliyalashtirish maqsadida qiynoq jabrlanuvchi-
lari uchun ixtiyoriy jamg arma ta sis etildi.

1 Ismoilov B.I. Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, inso-


niylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya va
huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati./ Mas ul muharrir: A.X. Sattarov.
T.: TDYuI Ilmiy tadqiqot markazi, 2012. 20-bet.
2
Qarang: 1995-yil 25-maydagi Insonning asosiy huquq va erkinliklari to ri-
sida gi MDH Konvensiyasi.




88
BMT Bosh Assambleyasi tashabbusi bilan qabul qilingan


52/149-sonli maxsus rezolyutsiyasiga binoan 1997-yildan buyon
26-iyun qiynoq va zo rlik jabrlanuvchilarini qo llab-quvvatlash
kuni (International Day in Support of Victims of Torture)
sifatida nishonlanmoqda.
2002-yil 18-dekabrda Qiynoq hamda muomala va jazolash-
ning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kam-
situvchi turlariga qarshi Konvensiya ga Fakultativ Protokol
1

qabul qilindi.


Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz,
insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarini qo llash
jinoyatining obyekti odil sudlov manfaati, adolatli sud muhoka-
masining ta minlanishi, shu bilan birga jinoyat sodir etgan har
bir shaxsga adolatli jazo berilishi hamda aybi bo lmagan har bir
shaxs javobgarlikka tortilmasligi, hukm qilinmasligi hisoblanadi.
Fakultativ obyekti qiynoqqa solingan shaxsning hayoti yoki sog -
lig i, uning sha ni va qadr-qimmatidir.
Obyektiv tomondan jinoyat bevosita qiynoqqa solish, shaf-
qatsiz, g ayriinsoniy, shaxsning qadr-qimmatini kamsituvchi muo-
mala va jazo turlarini qo llash orqali sodir etiladi.
Shu o rinda qiynoq, shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi muomala tushunchasiga to xtalib o tsak.
Konvensiyaning 1-moddasida qiynoq tushunchasiga: ... biror
shaxsga undan yoki uchinchi shaxsdan ko rsatma olish yoki
iqror qildirish maqsadida u yoki uchinchi shaxs sodir etgan yoki
sodir etishlikda gumon qilinayotgan harakat jazolash, shuning-
dek, uni yoki uchinchi shaxsni qo rqitish yoki majburlash yoxud
barcha ko rinishdagi kamsitishga asoslangan istalgan sababga
ko ra, qasddan jismoniy yoki ma naviy qattiq og riq yoki azob
beruvchi har qanday harakat , deb ta rif beriladi.

1 Izoh: Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka


zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya ga Fakultativ
Protokol qiynoqlarning oldini olishga bag ishlangan bo lib, u 2002-yil 18-dekabrda
BMT tomonidan qabul qilingan. 2012-yilga kelib dunyoning 64 ta davlati mazkur
Fakultativ Protokolga qo shildi.




89
1998-yil 17-iyuldagi Xalqaro jinoyat sudi Rim Statutining


7-moddasi 1-qismi,
bandida qiynoqqa solish faktining o zi
xalqaro hamjamiyat tomonidan xalqaro huquqning asosiy prin-
siplari va normalarini buzuvchi og ir huquqbuzarlik, insonga
qarshi jinoyat sifatida tan olindi.
Qiynoq tushunchasi yuridik adabiyotlarda keng muhokama
qilingan bo lib, unga muvofiq, aksariyat huquqshunoslar qiynoq-
ning quyidagi o ziga xos xususiyatlarini ko rsatib o tadilar:
1) davomiylik va muntazamlik
1
;
2) ta sir etish usuliga ko ra, o ta shafqatsizlik bilan sodir
etilishi;
3) kuchli og riq, og ir va o ta og ir azob va qiynoq (jismo-
niy va ruhiy) yetkazilishi;
4) aybning qasd turi va muayyan maqsadning ko zlanishi
2
.
Djorj Rayli Skott: Qiynoq holat va maqsadlaridan hamda
uning tamom bo lishi yoki inson hayotidan mahrum etilishiga
sabab bo lishidan qat i nazar insonga azob va og riq yetkazuv-
chi har qanday jarayondir ,
3
deb ta kidlaydi.
C. Ojegov esa, qiynoqni: ayblanuvchini so roq qilishda
jismoniy zo rlik ishlatish, qiynash , deb ta riflaydi
4
.
zbek tilining izohli lug atida mazkur tushuncha to liq
ochib berilgan bo lib, unga ko ra, qiynoq: 1) jismoniy yoki ruhiy
azob, aziyat, ozor; 2) qiynash va azoblashning yo li, usullari va
ularni qo llash, deb izohlanadi
5
.

1 Óãîëîâíîå ïðàâî. Îñîáåííàÿ ÷àñòü. Ó÷åáíèê/Ïîä ðåä. Í.È. Âåòðîâà. Þ.È. Ëÿ-


ïóíîâà. Ì.: 1998. Ñ. 656.
2 Óãîëîâíîe ïðàâî Ðîññèè. Îñîáåííàÿ ÷àñòú. Ó÷åáíèê/Îòâ. ðåä. Á.Â. Çäðàâîìûñ-
ëîâ. C. 445; Êóðñ Óãîëîâíîe ïðàâî Ðîññèè. Îñîáåííàÿ ÷àñòú. Ò.5. Ó÷åá-
íèê/Ïîä ðåä. Ã.Í. Áîâçåíêîâà è Â.Ñ. Êîììåñàðîâà. Ì.: Çåðöàëî-Ì, 2002.
C. 194.
3 Skot D.R. Istoriya pitok.// Bu borada qarang: Abdurasulova Q.R., Safarov J.I.
Qiynoq: milliy va halqaro huquqiy jihatlari. T.: TDYuI, 2008. 35-bet.
4 Îæåãîâ Ñ.È. Ñëîâàðü ðóññêîãî ÿçûêà. Ì.: 1964. C. 626// Bu borada
qarang: Abdurasulova Q.R., Safarov J.I. Qiynoq: milliy va halqaro huquqiy
jihatlari. T.: TDYuI, 2008. 35-bet.
5 O zbek tilining izohli lug ati. 5-jild. T.:
zbekiston milliy ensiklopediyasi
Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. 430-bet.




90
Ayrim olimlar qiynoq mustaqil ma no va mazmun kasb


etmaydi, degan yondashuvni ma qullaydilar. Ular qiynoq degan-
da g ayriinsoniy hamda inson qadr-qimmati va sha nini kamsi-
tuvchi muomalaning yetkazilgan azoblar nuqtai nazaridan nis-
batan intensiv bo lgan shaklini tushunadilar
1
.
ayriinsoniy muomala yoki jazo deganda, intensivlik nuqtai
nazaridan qiynoq paytida yetkazilgan azobga nisbatan zaif bo l-
gan kuchli jismoniy yoxud ruhiy azob berishni tushunish kerak
2
.
Qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazo deganda jabrla-
nuvchini haqoratlash, kamsitish yoki jismoniy va ma naviy qar-
shiligini sindirish uchun qo rquv, tushkunlik va nomukammallik
hissini uyg otishga qaratilgan muomalani tushunish kerak
3
.
Konvensiyaning 4-moddasida:
1) har bir ishtirokchi-davlat hamma qiynoq harakatlari uning
jinoyat qonunchiligiga muvofiq ravishda ko rib chiqilishini ta min-
laydi;
2) har bir ishtirokchi-davlat bunday jinoyatlar uchun ularning
og irlik xususiyatini hisobga olgan holda tegishlicha jazolar tayin-
laydi, deb belgilangan.
Bugungi kunda dunyoning ko pchilik davlatlarida bu tus-
dagi qilmishlar uchun jinoiy javobgarlik ko zda tutilgan.
Xususan, Avstraliya (1988), Ozarbayjon (1999), Aljir (2004),
Angliya (1988), Gretsiya (1984), Ispaniya (1978), Qozog iston
(2002), Kamerun (1997), Qirg iziston (2003), Lyuksemburg
(2000), Makedoniya (1996), Malta (1990), Tunis (1999),
Ukraina (2001), O zbekiston (1995) Fransiya (1992), Chernogoriya
(2003), Chili (1998), shuningdek, Lotin Amerikasining aksariyat

1 Äæåíèñ Ì., Êýé Ð., Áðýäëè Ý. Åâðîïåéñêîå ïðàâî â îáëàñòè ïðàâ ÷åëîâåêà


(ïðàêòèêà è êîììåíòàðèè). Ì.: Ïðàâà ÷åëîâåêà, 1997. C. 147.
2 Rustamboev M.H. O zbekiston Respublikasi jinoyat huquqi kursi. VI tom. Maxsus
qism. Iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar. Hokimiyat,
boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi jinoyatlar.
Darslik. T.: ILM-ZIYO, 2011. 377-bet.
3 Inson huquqlari bo yicha Yevropa sudining 1978-yil 18-yanvardagi Irland gegen
Vereinigtes Kunikgreich ishi bo yicha Qarori.// Berger V. Op. cit. S. 84 85.




91
mamlakatlari jinoyat qonunlarida qiynash jinoyat sifatida qayd


etilgan
1
.
Mustaqillikka erishganimizdan so ng qabul qilinayotgan res-
publikamiz qonunlarida ham dastlabki tergov va surishtiruv
mobaynida qonun bilan taqiqlangan uslublardan foydalanish
taqiqlanadi.
Konvensiyaning 9 15-moddalari O zbekiston Respublikasi
Jinoyat-protsessual kodeksining 17, 18, 19, 22, 23, 27, 88-mod-
dalariga
2
to la mos keladi.
zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining
17-moddasi 2-qismida: Hech kim qiynoqqa solinishi, zo ravon-
likka, shafqatsiz yoki inson sha ni va qadr-qimmatini kamsituv-
chi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas ,
deb belgilangan
3
.
zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 16-bobi Odil
sudlovga qarshi jinoyatlar deb nomlanib, 235-moddasida
4
qiy-
noqqa solish va boshqa shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-qim-
matni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo llash uchun
jinoiy javobgarlik belgilangan.
zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o zgarish-
larning yangi bosqichi sharoitida amaldagi qonunchilik me yor-
lari qiynoqlardan himoya qilishga oid inson huquqlarini ta min-
lash sohasidagi asosiy standartlar me yorlari bilan boyitib boril-
di. Xususan, O zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgust-
dagi
zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga

1 Äîäîíîâ Â.Í., Ìàëèíîâñêèé À.À. Îñíîâíûå òåíäåíöèè ðàçâèòèÿ çàðóáåæíîãî


óãîëîâíîãî ïðàâà // Æóðíàë çàðóáåæíîãî çàêîíîäàòåëüñòâà è ñðàâíèòåëüíîãî
ïðàâîâåäåíèÿ, 2006, ¹ 1.
2
Qarang: O zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi: (2013-yil 1-fev-
ralgacha bo lgan o zgartish va qo shimchalari bilan) Rasmiy nashr O zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2013. 8 14 va 53 54-betlar.
3 O sha joyda. 8-bet.
4 Qarang: O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi: (2012-yil 1-iyungacha bo l-
gan o zgartish va qo shimchalar bilan) Rasmiy nashr. O zbekiston Respublikasi
Adliya vazirligi. T.: Adolat, 2012. 144 145-betlar.




92
zgartish va qo shimchalar kiritish to risida gi Qonuni


1
bilan
zbekiston Resbulikasi Jinoyat kodeksining 235-moddasi
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g ayriinsoniy yoki qadr-
qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo llash
deb nomlandi. Unga ko ra, qiynoqqa solish va boshqa shafqat-
siz, g ayriinsoniy yoki sadr-simmatni kamsituvchi muomala hamda
jazo turlarini qo llash, ya ni gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga,
guvohga, jabrlanuvchiga yoki jinoyat protsessining boshqa ish-
tirokchisiga yoxud jazoni o tayotgan mahkumga, ularning yaqin
qarindoshlariga ulardan biror bir axborot, jinoyat sodir etganli-
giga iqrorlik ko rsatuvi olish, ularni sodir etilgan qilmish uchun
zboshimchalik bilan jazolash yoxud biror bir harakatni sodir
etishga majburlash maqsadida surishtiruvchi, tergovchi, proku-
ror tomonidan yoki huquqni muhofaza qilish organining, jazoni
ijro etish muassasasining boshqa xodimi tomonidan qo rqitish,
urish, do pposlash, qiynash, azob berish yoki qonunga xilof boshqa
harakatlar vositasida sodir etilgan qonunga xilof ruhiy yoki jis-
moniy ta sir ko rsatish uchun jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
Amaldagi ushbu qonun normasi xalqaro Konvensiya norma-
lariga to la mos keladi. Shuningdek, O zbekiston Respublikasi
Oliy Sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi Gumon qilinuv-
chi va ayblanuvchini himoya huquqi bilan ta minlashga oid qo-
nunlarni qo llash bo yicha sud amaliyoti to risida gi 17-sonli
qarorida BMT 1984-yil 10-dekabrda qabul qilgan Qiynoq hamda
muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid yoki
qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi Konvensiya da na-
zarda tutilgan qiynoq tushunchasi mustahkamlab qo yilgan.
Xulosa sifatida shuni ta kidlashimiz lozimki, qiynoq hamda
muomala va jazolashning qattiq, shafqatsiz, insoniylikka zid

1 Qarang: O zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi


zbekiston Respub-
likasining ayrim qonun hujjatlariga o zgartirishlar va qo shimchalar kiritish to ri-
sida gi 535 II-son Qonuni // O zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborot-
nomasi, 2003-yil, 9 10-son, 149-modda.




93
yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlarini qo llaganlik uchun


xalqaro hamda milliy qonunchiligimizda jinoiy javobgarlik bel-
gilangan bo lib, qiynoqqa solish faktining o zi hamjamiyat to-
monidan xalqaro huquqning asosiy prinsiplari va normalarini
buzuvchi og ir huquqbuzarlik, insoniyatga qarshi jinoyat sifati-
da tan olinadi.

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə