Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


III. Insoniyatga qarshi jinoyatlar



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə17/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

III.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar. Ular sirasiga: o ldi-
rish, qirg in qilish, asoratga solish va aholiga nisbatan qo llani-
ladigan shu kabi boshqa shafqatsizliklar, ya ni siyosiy, irqiy
yoxud diniy sabablar bo yicha ta qib etish hollari kiradi. Bu
ro yxat Ruanda va sobiq Yugoslaviya uchun tribunallarning
Nizomlariga asosan qiynoq, nomusga tegish, shuningdek terro-
rizmning kiritilishi hisobiga yanada kengaydi.
Insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlarga uzoqlik
muddatini qo llamaslik to risida 1986-yilgi Konvensiyada inso-
niyatga qarshi jinoyatlar birinchi marta xalqaro jinoyatlarning
alohida guruhi sifatida ajratilgan edi. Aparteid jinoyatlarining
oldini olish va u uchun jazolash to risidagi 1973-yilgi Konven-
siyada aparteidga o xshash irqiy segregatsiya va irqiy kamsitish
ham jinoyat deb baholanadi.
1976-yili BMTning Xalqaro huquq Komissiyasi Davlatlar-
ning javobgarligi to risidagi Moddalar loyihasini ma qulladi,
unga ko ra, enotsid
2
, qulchilik va kolonial hukmronlik ham in-
soniyatga qarshi jinoyatlar qatoriga kiritildi.
Yuqoridagilarga asosan, aytish mumkinki, xalqaro huquq-
ning rivojlanishi bilan ko rib chiqilgan jinoyatlarning soni ham
sib boradi. Bunga 1991-yili Xalqaro huquq Komissiyasi tomo-
nidan qabul qilingan Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi
jinoyatlar Kodeksi loyihasi misol bo ladi. Bu Kodeks loyihasida
xalqaro jinoyatlar va xalqaro xarakterdagi jinoyatlar bir-biridan

1
O zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga O zbekiston Respublikasi Oliy Ken-


gashining 1993-yil 3-sentabrdagi 946 XII-sonli Qaroriga asosan qo shilgan.//
zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son,
346-modda.
2
Izoh: Uy, turar joyni yo q qilish jinoyati// Qarang: O zbekiston yuridik ensik-
lopediyasi./Nashr uchun mas ul R.A. Muhitdinov mas ul muharrir N. Toychiyev.
T.: Adolat, 2010. 704-bet.




46
farqlanmaydi. Shuning uchun unda umum e tirof etilgan qoida-


larga asosan, xalqaro jinoyatlar deb quyidagilar ko rsatib o tila-
di: agressiya, agressiya tahdidi, boshqa davlatlarning ichki ish-
lariga aralashish, kolonial hukmronlik va chet el hukmronligi-
ning boshqa shakllari, genotsid, aparteid, inson huquqlarini doi-
miy va ommaviy ravishda buzish, alohida jiddiy harbiy jinoyat-
lar, atrof-muhitga qasddan va jiddiy zarar yetkazish
1
.
Davlat ichki jinoyat huquqidan farqli o laroq xalqaro jinoyat
huquqida jinoyatlar subyektlari sifatida nafaqat jismoniy shaxs-
lar, balki davlatlar ham, ba zi holatlarda yuridik shaxslar ham
javobgar bo lishi mumkin. Bunda davlat uchun faqat xalqaro
jinoyat sodir etilgandagina javobgarlik yuklatilishi mumkin
2
.

Hozirgi paytda davlatlar mas uliyati to risida universal


Konvensiya tayyorlanmoqda. 1994-yil xalqaro huquq Komissiya-
sining 46-sessiyasida qabul qilingan tinchlik va insoniyat xavf-
sizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi loyihasining 5-moddasida:
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat uchun biror-
bir shaxsning sud tomonidan ta qib qilinishi, xalqaro huquq
bo yicha davlatni shu davlatga qo yilayotgan chora ko rganlik
yoki chora ko rmaganlik javobgarlikdan ozod etmaydi , deb
ta kidlangan.
Shunga e tibor berish kerakki, ushbu moddada davlatning
xalqaro jinoiy javobgarligi xususida emas, balki davlatlarning
xalqaro huquq bo yicha mas uliyati haqida so z yuritilmoqda.
Shu sababli davlatni xalqaro jinoyat subyekti deb atash huquqiy
jihatdan to ri bo lishi ehtimoldan yiroq. Aslida davlat xalqaro
jinoyatlar uchun mas ullik subyekti hisoblanadi. Bu yana shu-
ning uchun ham to riki, xalqaro jinoyatlar uchun davlatlar
siyosiy va moddiy javobgarlikka tortiladi, jinoiy qonun sank-
siyalari ularga qo llanilmaydi.

1
Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. Hozirgi zamon xalqaro huquqi (xalqaro ommaviy


huquq)/Darslik. T.: 2002. 328 329-betlar.
2
Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî (ó÷åáíîå ïîñîáèå). Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì,
1997. C. 320.




47
Xalqaro jinoyat huquqida, xuddi milliy huquqda bo lgani


kabi, jinoyatlarning asosiy subyektlari jinoyat sodir etgan aqli
raso, belgilangan yoshga yetgan jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Shu o rinda o z ixtiyori bilan mustaqil ravishda jinoyat sodir
etgan, misol uchun harbiy harakatlar hududida aholi ustidan
zoravonlikka yo l qo ygan yoki urush olib borishning taqiqlan-
gan vositasini qo llagan subyektni davlat jinoyatlari bilan
bog liq subyektlardan farqlash lozim.
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar Kodeksi
loyihasining 11 13-moddalarida uch o ta muhim holat qayd
etiladi.
1. Tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar
sodir etganlikda ayblanayotgan biror shaxs o z hukumati yoki
boshlig ining buyrug ini bajarib, ish tugaganligi holatida, agar
sha davr sharoitida shu buyruqni bajarmaslik mumkin bo lsa,
shaxs jinoiy javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
2. Yuqorida ko rsatib o tilgan jinoyatni xodim sodir etilgan-
ligi uning boshlig ini jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi. Agar
ular voqeadan xabardor bo lishi yoki ularga o sha holatda shu
xodim shunday jinoyatni sodir etgani yoki etish niyatida ekan-
ligi haqida xulosa chiqarish imkonini beruvchi ma lumotga ega
bo lishsa va shu jinoyatning oldini olish yoki to xtatish maqsad-
larida qo llashlari mumkin bo lgan barcha chora-tadbirlarni qo lla-
magan bo lishsa, javobgardirlar.
3. Shunday jinoyatni sodir etgan shaxsning rasmiy mavqei
uni jinoiy javobgarlikdan ozod etmaydi.
Bu qoidalar avval ham milliy va xalqaro sudlar tomonidan qo l-
lanilgan. Masalan, O zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
40-moddasiga ko ra, Shaxsning buyruq yoki boshqa farmoyish-
ni, shuningdek mansab vazifalarini qonunan bajarishi tufayli
zarar yetkazilgan bo lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Jinoiyligi oldindan ayon bo lgan buyruq yoki boshqa farmo-
yishlarni bajarib, jinoyat sodir etgan shaxs, umumiy asoslarda
javobgarlikka tortiladi.




48
ayriqonuniy ravishda berilgan buyruq yoki farmoyishni


yoxud mansab vazifasini bajarmagan yoki buzgan shaxs javob-
garlikka tortilmaydi. Shaxsning amalda sodir etgan qilmishida
boshqa bir jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud bo lsa-
gina, u javobgarlikka tortiladi
1
, deyiladi.
Xalqaro jinoyatlar hamda xalqaro harakterga ega bo lgan
jinoyatlar subyektlarining bir-biridan farqi shundaki, xalqaro 

Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə