Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O


Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə57/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

3.3. Xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda 
INTERPOL faoliyatining o ziga xos jihatlari

Interpol (fransuzcha Organisation internationale de police


criminelle) International polis so zining qisqartirilishidan tashkil
topgan so z bo lib, Jinoyat politsiyasining xalqaro tashkilotidir.
Interpolni tuzish to risidagi qaror 1914-yilda Monako kon-
gressida qabul qilingan, lekin 1923-yildan, ya ni uning birinchi
ustavi qabul qilingan kundan boshlab harakat qila boshladi.
1923-yilning 3-sentabrida Jinoyat politsiyasi xalqaro Kon-
gressi to plandi. U Vena shahrida 20 ta mamlakatning 183 ta
politsiya organlari Delegatsiyasi ishtirokida o tdi.
1923-yil 7-sentabrda Nizom qabul qilingan kundan boshlab,
Interpolning rivojlanish tarixi boshlandi. Lekin 1923-yilda Xalq-
aro Komissiya hali mustaqil tashkilot emas, balki butun jahon
politsiya Kongressining organi sifatida tashkil etilgan edi.




144
Nizomning 1-moddasiga ko ra, Jinoyat politsiyasi xalqaro


Komissiyasining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat edi:
1) barcha mamlakatlardagi xavfsizlik organlarining o zaro
xizmat yordamini rasmiylashtirish;
2) jinoyarchilikka qarshi muvaffaqiyatli faoliyat olib bora-
digan muassasalar tuzish.
1924-yilning may oyida Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis-
siyasida quyidagi bo limlar tashkil qilingan:
1) Xalqaro jinoyatchilar haqida axborotlar markazi;
2) Yashirinib yurgan jinoyatchilarni topish markazi.
1930-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi mustaqil
ish boshladi. Bundan keyin Jinoyat politsiyasi xalqaro komis-
siyasining Bosh Assambleyasi har yili chaqiriladigan bo ldi va
yanada kengroq masalalarni ko rib chiqa boshladi. Qalbaki pul
yasovchilarga jonli tovar bilan savdo qiluvchi narkotiklar ta-
shish imkoniyatlarini cheklasa, xalqaro firibgarlar va o rilarga
qarshi kurash kabilar shular jumlasidandir
1
.

Ikkinchi jahon urushi davrida Interpol o z faoliyatini to x-


tatib, 1946-yilda yana boshladi. Jinoyat politsiyasi xalqaro Komis-
siyasi yangi Nizomni ishlab chiqish uchun maxsus komissiya
tuzdi. Shtab kvartira Parij shahriga ko chirildi.
1947-yilda Jinoyat politsiyasi xalqaro Komissiyasi Oliy Kon-
gressning navbatdagi sessiyasini chaqirdi. Unda Jinoyat poli-
tsiyasi Xalqaro Komissiyasi italyan jurnalistlarining taklifi bilan
INTERPOL deb o zgartirildi.
1956-yil 13-iyun kuni Venadagi 25-Kongressda Interpol
Nizomi qabul qilindi.
1960-yilda Vashingtonda majlis bo lib o tdi. 1972-yilda Interpol-
ning shtab-kvartirasi Fransiya (Lion shahri)ga joylashtirildi.
1982-yildan boshlab Interpol maqomiga ega bo ldi. Bugungi
kunda Interpolga 170 dan ortiq davlat a zo bo lib, a zolar soni
jihatidan u BMTdan keyin ikkinchi o rinda turadi.

1 Mirenskiy B.A. O zbekiston Respublikasining huquqni muhofaza qilish organlari.


Darslik. Mas ul muharrirlar: professor M.M. Fayziyev, A.X. Rahmonqulov. T.:
zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2001. 251 253-betlar.




145
Uning strukturasi, maqsadi, milliy politsiya muassasalari


bilan hamkorligi Interpol ustavida belgilangan.
Interpolga a zo bo lishni istagan har qanday davlat o zining
vakolatli hukumati nomidan Interpolning Bosh Kotibiga yozma
ravishda murojaat qiladi. Muayyan davlatni Interpolga qabul
qilish masalasi Interpolning Bosh Assambleyasi tomonidan qat-
nashuvchilarning 2/3 qismining ovozi bilan hal qilinadi
1
.


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə