Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O



Yüklə 472,05 Kb.
səhifə62/69
tarix11.12.2023
ölçüsü472,05 Kb.
#147733
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69
Toshkent davlat yuridik instituti oblakulov d. O. Mustanov I. A-fayllar.org

Xalqaro jinoyat sudi 

Doimiy ishlaydigan xalqaro jinoyatlar sudini tashkil etishga


harakatlar bir necha o n yilliklardan biri bo lib kelmoqda. Ana
shunday xalqaro jinoyat sudini tashkil etish to risidagi tak-
liflar, ayniqsa, Ikkinchi jahon urushidan keyin ko paydi. Bunday
sudni tashkil etish to risidagi hujjatlar BMT doirasida ishlab
chiqilishi kerak. Chunki, BMT universal xalqaro, davlatlararo
tashkilot bo lib, uning faoliyati xalqaro tinchlikni saqlash va
xavfsizlikni ta minlashdan iboratdir. 1948-yil 9-dekabrda bo lib
tgan BMT Bosh Assambleyasining maxsus 206 (III)-rezol-
yutsiyasida Xalqaro Huquq Komissiyasiga Genotsid va boshqa
og ir xalqaro jinoyatlarni sodir qilganlarni ta qib qiladigan va
jazolaydigan xalqaro yuridik organni tashkil qilish imkoniyat-
larini ko rib chiqish taklif qilingan edi. Bunda xalqaro sudning
jinoyat kamerasini tashkil qilish imkoniyatlariga alohida ahami-
yat berish kerakligi ta kidlangan edi.
BMT Assambleyasi ushbu masala yuzasidan 489-(V)-rezol-
yutsiyasini qabul qildi. Shunga muvofiq ravishda BMTga a zo
bo lgan 17 davlat vakillaridan iborat, Xalqaro jinoyat sud statu-
tini ishlab chiqish Komiteti tashkil qilindi.
1957-yili Komitet o zining maxsus kengashida bo ladigan
xalqaro jinoyat sudining Nizomiy hujjatlari loyihasini taqdim
etdi. Ushbu loyihaga davlatlar turlicha munosabat bildiradilar.
1952-yili BMT Bosh Assambleyasi xuddi yuqorida aytilgan
17 davlat vakillaridan iborat bo lgan yangi Komitetni tuzdi.
Yangi tuzilgan komitet 1957-yili loyihaga bir qator qo shimcha




156
va o zgartirishlar kiritib, 1953-yili BMT markaziy organiga taq-


dim qildi.
1993-yilda BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro jinoyat sudi
statuti loyihasi ustida ishlashni davom ettirishni taklif qildi.
1994-yildan boshlab BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a zo-
lari ko pdan buyon reja qilib kelinayotgan Xalqaro Jinoyat Sudi
maqomini ishlab chiqish jarayonida faol ishtirok etdilar. Masa-
laning muvaffaqiyatli hal qilinishiga sobiq Yugoslaviya hamda
Ruanda bo yicha xalqaro jinoyat tribunallari ish olib borish jara-
yonida qo lga kiritilgan tajribalar yordam berdi
1
.
1998-yilning 17-yunida Rimda Diplomatik Konferensiyaning
muxtor vakillari BMT homiyligida Xalqaro jinoyat sudining
Rim statutini qabul qildilar. Konferensiya ishida 160 davlat
delegatlari ishtirok etdilar. Shu jumladan, O zbekiston vakillari
ham qatnashdi.
Statutni qabul qilish uchun 120 ta davlat vakillari: jumla-
dan O zbekiston vakili ham xalqaro jinoyat sudini tashkil qilish-
ni ma qullab ovoz berdi, 21 ta davlat betaraf qoldi va 7 tasi
qarshi ovoz berdi.
Xalqaro jinoyat sudi xalqaro huquqning subyekti sifatida o zi-
ning Nizomida belgilangan doirada har qanday ushbu Nizomga
kirgan davlatlarning hududlarida, maxsus kelishuv asosida esa,
har qanday davlatning hududida ish ko rishi mumkin.
Xalqaro jinoyat sudi Statuti 126 moddadan iborat bo lib,
uni 2002-yil 19-iyul kuni 68 davlat ratifikatsiya qilganidan
so ng kuchga kirdi. Shuni eslatish lozimki, XJS Statuti kuchga
kirishi uchun Statutning 126-moddasiga binoan, u kamida 60
davlat tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak. 2005-yil iyun oyiga
qadar bo lgan holatga ko ra, Xalqaro jinoyat sudining Rim
statuti ni 99 ta davlat ratifikatsiya qildi
2
.
Xalqaro jinoyat sudi Gaaga shahrida joylashgan.

1 Sattorov D. Xalqaro Sud. Xalqaro jinoyat sudi. T.: Yangi asr avlodi, 2004.


14-bet.
2 Àçàðîâ À., Ðîéòåð Â., Õþôíåð Ê. Ïðàâî ÷åëîâåêà. Ìåæäóíàðîäíûå è Ðîññèé-
ñêèå ìåõàíèçìû çàùèòû. Ì: Ìîñêîâñêàÿ øêîëà ïðàâ ÷åëîâåêà, 2003. C. 57.




157
Statutga muvofiq, sud xalqaro hamjamiyatda tashvish uy-


otayotgan eng jiddiy jinoyatlar uchun javobgar shaxslarga
nisbatan yurisdiksiyaga ega bo lgan doimiy organ sifatida ta sis
etiladi. Xalqaro jinoyat sudi davlatlarning jinoyat sudlari vazi-
fasini o tamaydi. Uning yurisdiksiyasi to ldiruvchi mazmun kasb
etadi. Har qanday davlat Statut ishtirokchisiga aylanar ekan,
bu bilan uning yurisdiksiyasini tan olgan hisoblanadi.
Xalqaro jinoyat sudining yurisdiksiyasi maqomiga muvofiq,
u butun xalqaro hamjamiyatni tashvishga soluvchi eng jiddiy
jinoyatlarni qamrab oladi. Maqomga muvofiq, sud quyidagi jino-
yatlarga nisbatan yurisdiksiyaga ega bo ladi:
a) genotsid jinoyatlari;
b) insoniyatga qarshi jinoyatlar;
d) harbiy jinoyatlar;
e) agressiya jinoyatlari.
Statutda sanab o tilgan jinoyatlar tarkibi to liq ko rsatilgan.
Xalqaro xarakterga ega bo lmagan qurolli mojarolar davrida
sodir etilgan harbiy jinoyatlarni ham sud yurisdiksiyaga kiritadi.
Sud o zining yurisdiksiyasini yuqorida aytilgan jinoyatlar
bo yicha quyidagi vaziyatlarda amalga oshiradi:
- yuqorida aytilgan jinoyatlardan biri yoki bir nechtasi sodir
etilganligi haqidagi jinoyat ishi Statut qatnashuvchisi bo lgan
davlatning Prokuroriga beriladi. Bunda jinoyat sodir etilish
holatlari va boshqa buni tasdiqlovchi barcha hujjatlar taqdim
qilinadi;
- bir yoki bir nechta shunday jinoyat sodir qilingan taqdir-
da, BMT Nizomining VII bobiga asosan xavfsizlik kengashining
prokuroriga beriladi
1
.
Sud Statutida jinoyat huquqining umumiy prinsiplariga
bag ishlangan alohida bo lim mavjud. Unda quyidagi prinsiplar
qayd etilgan:
1. Qonunsiz jinoyat yo
.

1 Qarang: BMT Ustavi, VII bob. Tinchlikka tahdid qilish. Tinchlikni buzish va bos-


qinchilik harakatlariga nisbatan ko riladigan choralar (39 51-moddalar).




158
2. Qonunsiz jazo yo


.
3. Statut orqaga qaytish kuchiga ega emas.
4. Individual jinoiy javobgarlik.
Statutga bir qilmish uchun ikki bor sud qilish mumkin
emas , degan protsessual prinsip ham kiritilgan
1
Shuningdek,
18 yoshga to lmagan shaxslarning xalqaro jinoyatda ayblanib,
javobgarlik qilinmasligi prinsipini, harbiy jinoyatlarni sodir qilish-
da aybdor bo lgan komandirlar va boshqa boshliqlarga, albatta,
javobgarlik belgilanadi
2
.
Sud tarkibiga quyidagi organlar kiradi: Rayosat, Apellya-
tsiya bo linmasi, Sud bo linmasi, Dastlabki ish yuritish bo lin-
masi, Prokuror devoni va kotibiyat. Sudda 18 nafar sudya mav-
jud. Ular BMT xalqaro sudining sudyalari singari 9 yil muddat-
ga Statut ishtirokchi-davlatlari tomonidan saylanadilar. Ammo,
ulardan farqli ravishda, yangi muddatga qayta saylana olmaydi-
lar. Prokuror devoni sud tarkibida mustaqil organ bo lib, jinoyat
ishlari bo yicha ta qibni amalga oshirishga javobgar hisoblanadi.
Ishtirokchilar tomonidan 9 yil muddatga saylanadi.
Kotibiyat ma muriy funksiyalarni amalga oshiradi. Kotib
sudyalar tomonidan 5 yillik muddatga saylanadi. Sudyalar, pro-
kuror va uning o rinbosarlari, sud kotibi o z majburiyatlarini
bajarishda diplomatik daxlsizlikdan foydalanadilar. Sudda ish
ingliz va fransuz tillarida olib boriladi, rasmiy tillar esa, ingliz,
arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillari hisoblanadi.
Muhim protsessual xarakterga ega aktlar sud Reglamenti,
protsedura qoidalari va ish olib borishda isbotlash qoidalari
hisoblanadi. Shuningdek, sud haqiqatni aniqlash uchun zarur
deb hisoblaydigan barcha ashyoviy dalillarni qabul qilib olish

1
Lukashuk I.I., Saidov A.X. Hozirgi zamon xalqaro huquqi asoslari. O quv


qo llanma. T.: Faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti , 2007. 280 281-betlar.
Xalqaro jinoyat sudi prinsiplari to risida batafsil qarang: Sattorov D. Xalqaro
sud. Xalqaro jinoyat sudi. T.: Yangi asr avlodi, 2004. 26 37-betlar.
2 Izoh: Statutga binoan Statut kuchga kirguncha shunday jinoyat sodir qilgan
shaxs sud Statutiga muvofiq javobgar qilinmaydi.




159
huquqiga ega. Sudga qo yiladigan asosiy talablardan biri ishni


tez va adolatli hal qilishdan iborat
1
.
Quyidagilar Xalqaro jinoyat sudiga muayyan ishni ko rib
chiqishni so rab murojaat etishi mumkin:
1) ishtirokchi-davlat;
2) BMT Xafsizlik Kengashi;
3) davlatlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, jabrlanganlar.
Shuningdek, boshqa manbalardan olingan asosli, ishonchli
ma lumotlar asosida Xalqaro jinoyat sudi Prokurori o z tashab-
busiga ko ra tergovni boshlashi mumkin.
Sud statutining 77-moddasiga binoan, ushbu statutning
5-moddasida nazarda tutilgan quyidagi jazo turlari jinoyat sodir
etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan tayinlanishi mumkin:
1) ozodlikdan mahrum qilish (30 yildan ortiq bo lmagan
muddatga);
2) sodir etilgan jinoyatning o ta xavfliligiga hamda jinoyat
sodir etishda ayblanayotgan kishining shaxsiy xususiyatlarini
hisobga olib umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinla-
nadi. Shuningdek, sud aybdorga qo shimcha jazo sifatida jarima
solish to risida qaror qabul qilishi mumkin;
3) sodir etilgan jinoyat bilan berilgan jazo o rtasidagi nomu-
tanosiblik asosida ham aybdor shaxs yoki prokuror sudning huk-
mi ustidan shikoyat yoki protest keltirishi mumkin.
Ozodlikdan mahrum etish bilan bog liq jazoni shaxs sud to-
monidan belgilangan davlatlarning birida o taydi. Xalqaro jino-
yat sudi mahkumlarning ahvoli xalqaro shartnomaviy standart-
larga javob berishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Xalqaro jinoyat huquqidagi xalqaro huquqiy va milliy huqu-
qiy sanksiyalarni farqlash lozim. Birinchi holatda ular jinoiy
xatti-harakatlar jazolanishini belgilovchi xalqaro shartnomalarda
ko rsatib o tiladi
2
.

1 Batafsil qarang. Xalqaro terrorizm jinoyati bo yicha jismoniy shaxslarning jinoiy


javobgarligi (ilmiy-amaliy qo llanma) Nashr uchun mas ul: prof. Q.Z. Alimov. T.:
2007. 24 29-betlar.
2 Batafsil qarang. Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî. Ó÷åáíîå ïîñî-
áèå. Ì.: ÈÍÔÐÀ Ì, 1997. C. 37 39.




160
Statutga muvofiq, sud xarajatlari ishtirokchi-davlatlar kirit-


gan badallar hamda hukumatlar, xalqaro tashkilotlar, jismoniy
shaxslar, korporatsiyalar va boshqa tuzilmalarning ixtiyoriy ba-
dallari hisobiga qoplanadi. Alohida hollarda BMT Bosh Assam-
bleya roziligi bilan mablag lar ajratishi mumkin.
Xalqaro jinoyat sudining sobiq Yugoslaviya va Ruandada
ta sis etilgan at hoc tribunallaridan farqli o laroq, milliy sud
tizimidan ustuvor ahamiyat kasb etmasdan, jinoiy adliyaning
milliy organlarini to ldirib turuvchi vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, Xalqaro jinoyat sudi insoniyatni xavotirga
solayotgan, ertangi kunga ishonchini yo qotishga olib kelishi
mumkin bo lgan jinoyatlarga xalqaro miqyosda baho berishi
bilan qimmatlidir. Zero, bugungi kunga kelib chuqur ildiz otib
ketgan xalqaro miqyosdagi jinoyatchilikka qarshi alohida olin-
gan davlat yoki mintaqa samarali kurash olib borishi mumkin
ekanligi o z-o zidan ayon. Shunday bir sharoitda Xalqaro jinoyat
sudi qonun ustuvorligining, qilingan jinoyat aslo jazosiz qol-
masligining isboti sifatida maydonga chiqdi. Xalqaro sud,
Xalqaro jinoyat sudi, eng avvalo, inson manfaatlariga xizmat
qilishi bilan ham qimmatlidir.




161
XULOSA 

Hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyati oldida, shu jum-
ladan, O zbekiston Respublikasida ham insonning ozodligi, sha ni
va qadr-qimmatiga qarshi qaratilgan jinoyatlarga qarshi kurash-
ga alohida e tibor qaratilmoqada.
Mazkur monografiyada xalqaro huquqning dolzarb sohalari-
dan biri
Xalqaro jinoyat huquqi predmeti, manbalari, xalq-
aro va xalqaro xarakterdagi jinoyatlar hamda ularning farqlov-
chi belgilari, jinoyatchilikka qarshi kurashda BMT, INTERPOL
va boshqa xalqaro tashkilotlarning o rni, Xalqaro Tribunallar va
Xalqaro jinoyat sudi kabi masalalarni yoritishga harakat qildik.
Mazkur sohani yoritish jarayonida bu boradagi huquqiy
normalar va ushbu mavzuda yozilgan ilmiy adabiyotlarni tahlil
qilish, ilmiy va nazariy jihatdan o rganish asosida quyidagi fikr
va mulohazalarga keldik:
1. Xalqaro jinoyat huquqi tushunchasi va predmetiga quyi-
dagicha ta rif berish taklif etilmoqda:
Xalqaro jinoyat huquqi zamonaviy xalqaro huquqning kom-
pleks mustaqil sohasidir. Xalqaro jinoyat huquqi normalari ikki
subyektga, ya ni davlatlarning o zaro vakolat va majburiyatlari
bo yicha hamkorligi va xalqoro jinoyatlar uchun jismoniy shaxs-
larning jinoiy javobgarligiga qaratilgan bo ladi.
Xalqaro jinoyat huquqi davlatlarning jinoyatchilikka qar-
shi kurash borasidagi hamkorligini tartibga soluvchi prinsiplar
va normalar majmui. Uning o ziga xos jihati shundaki, aniq
kishilar, jismoniy shaxslar tomonidan sodir etilgan xatti-hara-
katlar huquqiy tartibga solish obyekti sifatida namoyon bo ladi.
Xalqaro jinoyat huquqining tartibga solish sohasiga xalqaro
jinoyatchilikka qarshi kurash va odatdagi jinoiy ishlarga qarshi
kurashda hamkorlik kabilar kiradi.
2. Xalqaro jinoyat huquqi faniga kelsak, uni ta rif-tasnif-
lashda ham yagona nuqtai nazar mavjud emas.
Ulardan biri fanni mustaqil, kompleks huquqiy fan sifatida
ifodalab, u xalqaro jinoyatlar uchun mas uliyatni hamda unga




162
muvofiq davlatlarning jinoiy sohaga oid qonunlar bilan kurash-


da shu davlatlarning bir-biriga huquqiy yordam ko rsatish shart-
larini belgilovchi va tartibga soluvchi me yorlarni o rganadi.
V.P. Panovning ta kidlashicha, xalqaro jinoyat huquqiga
xalqaro huquqdan alohida mustaqil fan sifatida qarash mumkin
emas. Xalqaro jinoyat huquqi xalqaro ommaviy huquqning
mustaqil tarmog i ekanligi tan olingan
1
. Shu sababli xalqaro
jinoyat huquqi fani ham uning doirasidan chiqib keta olmaydi.
Ma lumki, xalqaro huquq davlatlar orasida hamkorlik jara-
yonida yuzaga keluvchi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy va
boshqa munosabatlarni, ya ni davlatlararo munosabatlarning xalq-
aro boshqaruvi bilan bog liq muammolarini o rganadi. Xalqaro
jinoyat huquqi davlatlarning xalqaro jinoyatchilik bilan hamkor-
likdagi kurashi jarayonida shakllanuvchi davlatlararo munosa-
batlarning xalqaro boshqaruv bilan bog liq masalalarini o rga-
nadi.
3. Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlarning xalqaro ham-
korligi jarayonida davlatlar quyidagi vazifalarni hal qiladi.
a) bir qancha yoki barcha davlatlarga xavf tug diruvchi
jinoyatlarni xalqaro xarakterdagi jinoyatlar sifatida turkumlash-
ni maslahatlashib olish;
b) xalqaro xarakterdagi jinoyatlarning oldini olish va unga
qarshi kurashda o zaro hamkorlik qilish;
d) jinoyat va jinoyatchilar ustidan huquqiy sudlarni o rnatish;
e) jazoning muqarrariligini ta minlash;
f) jinoiy ishlar bo yicha huquqiy yordam ko rsatish zarur
bo lgan taqdirda, jinoyatchilarni topshirish.
4. Jinoyatchilikka qarshi kurashda davlatlar xalqaro hamkor-
ligining ahamiyati quyidagilar bilan belgilanadi:
a) jinoyatlarning tobora baynalmilallashuvi va globallashuvi;
b) xalqaro jinoyatlarning ko payishi va bir qancha yoki barcha
davlatlarning manfaatlariga zidligi;

1
Ïàíîâ Â.Ï. Ìåæäóíàðîäíîå óãîëîâíîå ïðàâî. Ó÷åáíîå ïîñîáèå. Ì.: ÈÍÔÐÀ M,


1997. C. 320.




163
d) davlatlarning xalqaro jinoyatlarga qarshi kurashda o z


faoliyatlarini muvofiqlashtirishining zarurligi;
e) jinoyatchilikka qarshi kurashda milliy va xalqaro-huquqiy
vositalarni qo shib olib borishning zarurligi.
5. Shuningdek, bu hamkorlikning yana bir yo nalishi dav-
latlar tomonidan xalqaro huquq-tartibot uchun xavfli jinoyat-
larni jazo belgilash, yurisdiksiya va sud ishini yuritishni belgilash,
jinoiy ishlar bo yicha bir-birlariga huquqiy yordam ko rsatish,
jinoyatchilarni topshirish, jinoyatchilikka qarshi kurashda xalq-
aro tashkilotlar faoliyati kabi xususiy masalalardir.
Bundan tashqari, huquqiy boshqaruv predmetiga jinoiy sud
ishining minimal standartlari va qoidalarini belgilashni, huquq-
buzarlar bilan muomalani va jinoiy huquqni muvofiqlashtirishni
kiritish lozim.
Ma lumki, bugungi kunda xalqaro xarakterga ega jinoyat-
lar sifatida e tirof etilayotgan qulchilik, yollanma jinoyatchilik,
terrorizm, garovga olish va boshqa jinoyatlar oqibatida million-
lab begunoh insonlar iztirob chekkanligini ortiqcha izohlashga
hojat yo q. Shuningdek, terrorizm hamda terroristik harakat
oqibatida millionlab insonlar qurbon bo lishiga olib keldi. Shu
sababli xalqaro jinoyatlarning oldini olishda ularga tegishli
chora-tadbirlar ishlab chiqish muhimdir.




164


Yüklə 472,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə