Zbekiston respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə14/47
tarix23.12.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#155275
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47
Kitob 2834 uzsmart.uz

Navbat


Navbat bu FIFO (First In - First Out - "birinchi kelgan – birinchi ketadi"), shunday o„zgaruvchan uzunlikdagi ketma-ketlik, ro„yhatki, unda tuzilmaga elementlar faqat bir tomondan, ya‟ni navbatning oxiridan qo„shiladi va elementlarni tuzilmadan chiqarish boshqa tomondan, ya‟ni navbat boshidan amalga oshiriladi. Navbat ustida bajariladigan asosiy amallar

    • yangi elementni qo„shish,

    • elementni chiqarib tashlash,

    • uzunligini aniqlash,

    • navbatni tozalash.

Navbatni statik xotirada vektor ko„rinishida ifodalashda 2 ta parametr, ya‟ni navbat boshini (navbatning 1-elementini) va oxirini (navbatning oxirgi elementini) ko„rsatuvchi ko„rsatkichlar olinadi (2.1-rasm).

chiqish kirish





Navbat boshi
R=9
Navbat oxiri

2.1-rasm. Navbat tuzilmasi

Navbatga yangi element kiritilayotganda navbat oxiri ko„rsatkichi ko„rsatayotgan adresga yoziladi va shundan keyin navbat oxiri ko„rsatkichi bittaga oshiriladi. Navbatdan elementni o„chirishda navbat boshi ko„rsatkichi ko„rsatayotgan adresdagi element o„chiriladi va shundan keyin bu ko„rsatkichning qiymati bittaga oshiriladi. Navbatga elementlar kiritilganda navbat oxiri ko„rsatkichi shu navbat uchun ajratilgan xotira sohasining oxiriga yetib qoladi. Bunda navbat to„lgan hisoblanadi.



Agar navbatdan elementlar o„chiriladigan bo„lsa, navbat boshida bo„sh joy ajratiladi. Vaholanki, navbat oxiri ko„rsatkichi chegaraga yetib qolganligi sababli, navbatga yangi element kiritib bo„lmaydi. Shu sababli navbatda har safar element o„chirilganda qolgan barcha elementlar bitta oldinga surilishi kerak bo„ladi. Natijada navbat oxirida bo„sh joy ochiladi. Bu holatda navbat boshi ko„rsatkichiga xojat qolmaydi. Lekin shuni aytish kerakki, bu yondashuv bir muncha noqulay hisoblanadi. Shuning uchun har safar elementlarni surib o„tirmaslik uchun navbatni halqasimon shaklda tashkil etamiz. Ya‟ni bunda xotirada navbat sohasining oxiriga yetib borilganda navbat boshiga o„tib ketiladi. Ushbu holatda navbat boshi va oxiri ko„rsatkichlari xotiradagi navbat sohasining boshini ko„rsatadi. Bu ikkala ko„rsatkichlarning tengligi navbatning bo„shligini anglatadi. Halqasimon navbatda element qo„shish amali o„chirish amalidan ko„proq bajarilsa, navbat oxiri ko„rsatkichi navbat boshi ko„rsatkichiga “yetib oladi”. Bu holat navbat to„laligini anglatadi. Halqasimon navbatda elementni o„chirish ikkala ko„rsatkich ko„rsatayotgan bitta adresda amalga oshiriladi. Bunday navbatning uzunligi boshi va oxiri ko„rsatkichlari farqi bilan aniqlanadi.

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə