Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги


Boshqaruv hisobini tashkil etishning uslubiy jihatlari



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

8.2. Boshqaruv hisobini tashkil etishning uslubiy jihatlari 
Raqobatning kuchayishi, globalizasiyani kengayib borishi va jaxon 
iqtisodiyotida yuz berayotgan krizis boshqaruv hisobini tashkil etishga bo‗lgan 
talabni ortishiga olib kelmoqda. Korxonani joriy xolati va istiqbolda rivojlanishi 
yo‗llarini yanada tezkor va aniq tahlil qilish va kelajakda qilinishi lozim bo‗lgan 
ishlarning bajarilishi tartibini muqobil variantlarini qisqa vaqt ichida ishlab 
chiqishni hozirgi kun talab qilmoqda.
Shu bilan birga, boshqaruv hisobining xodimlari o‗z faoliyatlari davomida 
samarali natijalarga erishish orqali o‗zlarini kerakligini doimiy ravishda isbotlab 
borishlari lozim. Undan tashqari, internetni hayotimizga chuqur kirib borishi 


213 
korxona miqyosidagi xujjat aylanishi va boshqaruv hisobi soxasiga ma'sul 
bo‗linmalardagi barcha jarayonlarni tubdan o‗zgarishiga olib kelmoqda.
Albatta, boshqaruv hisobini yuritilishiga kelajakda ta'sir ko‗rsatadigan 
o‗zgarishlarni tahlil qilish hozirgi kun uchun o‗ta dolzarb hisoblanadi. Korxona 
faoliyat ko‗rsatayotgan bozor muhitida yuz berayotgan o‗zgarishlar boshqaruv 
hisobiga ta'sir ko‗rsatmay qolmaydi (24-chizma). 
Hozirgi kunda globalizasiyani kengayishi va qonunchilikdagi yangi 
o‗zgarishlar kabi omillar korxona raxbarlariga samarali faoliyat ko‗rsatishi uchun 
boshqaruv hisobi tomonidan yanada yaqindan yordam ko‗rsatishni zaruriyatga 
aylantirib qo‗ymoqda.
Globalizasiyani kengayishi birinchi navbatda raqobatni kuchayishiga olib 
keladi. Bu esa boshqaruvchilarni korxonani rivojlantirish bo‗yicha qabul qiladigan 
qarorlariga albatta ta'sir qiladi. Raqobatning darajasi albatta boshqaruv hisobi 
tomonidan chuqur o‗rganilishi, tahlil va nazorat qilinishi zarur. Boshqaruv hisobi 
o‗rganishi lozim bo‗lgan masalalarga mahsulotlarni xududiy raqobatbardoshligi va 
ilmni rivojlanishini xalqaro darajasini ham qo‗shish mumkin. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə