Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

25-chizma
.
 
Boshqaruv hisobi tizimiga ta'sir etuvchi omillar 
Boshqaruv hisobining funksiyasi va nazorat odatda barcha bo‗g‗indagi 
boshqaruvchilar tomonidan maxsus tayyorlangan ma'lumotlar asosida amalga 
oshiriladi. Amaliyotda boshqaruv hisobi tizimi korxonalarni mavjud tashkiliy 
tuzilishi doirasida, ya'ni chiziqli-funksional, divizional yoki matrichli bo‗ladi. 
Boshqaruvning 
chiziqli-funksional 
tuzilishida 
korxonalarning 
bosh 
bo‗linmalari mahsulotni ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish kabi asosiy faoliyatni 
olib boradi, maxsus ixtisoslashgan xizmatlar esa masalan, marketing bo‗limi, 
iqtisodiy bo‗lim, kadrlar bo‗limi, buxgalteriya bo‗limi qonunda bajarilishi belgilab 
qo‗yilgan yoki normal faoliyat ko‗rsatish uchun zarur bo‗lgan funksiyalarni 
bajaradi.
Boshqaruvning chiziqli-funksional tuzilishida boshqaruv hisobi va nazorati
vertikal xolatda tashkil etiladi va bunda bir pog‗ona yuqori boshqaruvchi past 
pog‗onadagi boshqaruvchini faoliyatini nazorat qiladi. Boshqaruvni bunday tizimi 
ko‗pgina korxonalarimizda mavjud. Mazkur tizim korxonani barcha jabhalarini 
Risklarni boshqarish 
O‗z o‗zini nazoratini ortishi
Korxonani reyting baholash 
B
izne
sni bahola
sh
Xiz
mat 
кў
рс
атиш
Boshqaruv hisobi 
Globa
ll
ashuv
Yangi qonunchilik aktlari 
R
aqoba
t kura
shi


216 
markazlashgan xolda har tomonlama nazorat qilinishi bilan xarakterlidir. Uning 
ijobiy tomoni boshqaruv faoliyati natijalarini taqqoslash mumkinligi, yo‗l 
qo‗yilgan xatoliklarga jamoaviy javobgar bo‗lish va quyi pog‗ona raxbarlarni 
yuqoridagi raxbarlarga hisobdor ekanligi hisoblanadi.
Bunday xolatda boshqaruv hisobi tizimida nafaqat menejerning o‗z 
faoliyatini xarajatlari va natijalari haqida, balki unga bo‗ysinuvchi bo‗linma va 
xizmatlar haqida ham tegishli ma'lumotlarni shakllantirishi lozim. Boshqaruvning 
chiziqli-funksional tuzilishini kamchiligi muhim qarorlarni yuqori pog‗ona 
raxbarlar bilan kelishish lozimligi, quyi pog‗ona menejerlarni tashabbuslarini 
ayrim xollarda yuzaga chiqmasligi va ayrim xollarda ular tomonidan tegishli 
ma'suliyatni o‗z zimmalariga olmasligidan iborat bo‗ladi.
Divizional boshqaruv sharoitida korxona bo‗linmasining (xarajat, foyda va 
investisiya markazlari) menejeri o‗z divizionining joriy faoliyatini tushum, 
xarajatlar va olingan foydasini miqdoriga qarab nazorat qiladi. Boshqaruvning 
markaziy xizmatlari esa yakuniy yoki mazkur bo‗linmaga bog‗liq bo‗lmagan 
foyda, investisiyani samaraligi va moliyalashtirishning boshqa maqsadli manbalari 
ko‗rsatkichlarinigina nazorat qiladi. Markazlashtirilgan xolda korxonani yagona 
soliq va hisob siyosatini amalga oshirilishi hamda moliyaviy quyilmalar va 
korxonani kelgusida rivojlantirish bo‗yicha strategik qarorlarni bajarilishi ustidan 
nazorat qilinadi.
Boshqaruv hisobi 
divizional boshqaruvda 
asosan firma 
ichidagi 
bo‗linmalarga va strategik menejment uchun maxsus ma'lumotlarni tayyorlashga 
asosiy e'tiborini qaratadi. Boshqaruvning bunday shaklini asosiy avzalligi ko‗proq 
erkinlikni mavjudligi va qabul qilinayotgan qarorlarga ma'suliyatni yuqoriligidadir.
Boshqaruvning matrichli shaklida funksional bo‗linmalar katta huquq va 
majburiyatlarga ega bo‗lishadi. Ishlab chiqarish va sotish bo‗linmalari foyda 
markazlari, funksional bo‗lim va oraliq ishlab chiqarish bo‗linmalari xarajat 
markazlari, kapital quyilmalar loyixalari esa investisiya markazlari sifatida hisobga 
olinadi. Tegishli bo‗linmalar menejerlari xarajatlar va bajarilayotgan ishni sifati, 
mehnat, material va pul mablag‗larini samarali ishlatilishi ustidan nazorat olib 


217 
boradi va undan tashqari o‗z bo‗limlari va xizmatlarini saqlash xarajatlarini ham 
nazoratga oladi.
Boshqaruv hisobi markazlashtirilgan shaklda va boshqaruv chiziqli–
funksional tarzda tashkil etilganda hisob ma'lumotlari shakllantirilib dastavval 
kontrolling, ishlab chiqarish yoki boshqaruv buxgalteriyasiga beriladi. Mazkur 
bo‗lim funksional tegishli bo‗limlarga bajarilayotgan ishni normal borishidan yoki 
iqtisodiy kriteriyalar bo‗yicha ishlardan chetga chiqishlar bo‗yicha, ya'ni bir so‗z 
bilan aytganda qilingan xarajatlar va olingan natijalar bo‗yichagina ma'lumotlarni 
taqdim etadi, xolos. Ixtisoslashgan xizmat xodimlari boshqaruv hisobini 
ma'lumotlarini tahlil qilish va uni natijasida tegishli tavsiyalar va qarorlar 
loyihasini tayyorlash bilan shug‗ullanishadi.
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil etishning muhim bosqichlaridan 
biri hisobning yuritish variantini tanlash masalasidir.
Boshqaruv hisobini tashkil etishning variantini tanlash korxonani hajmi, 
hisobni markazlashtirilganlik darajasi, korxonani tashkiliy va ishlab chiqarish 
tuzilmasi va boshqa omillarga bog‗liq bo‗ladi. Hozirgi kunda boshqaruv hisobini 
yuritishning bir nechta variantlari mavjud.
Boshqaruv va moliyaviy hisoblarni o‗rtasida maqsad va metodlari borasida 
farqlarni mavjudligi ular o‗rtasida axborot almashinuvi bo‗yicha o‗zaro 
hamkorlikni yo‗lga qo‗yilishi zaruriyati bo‗lishini inkor qilmaydi. Jumladan, 
amaldagi schetlar rejasi mazkur hamkorlikni taqozo qiladi. Amaldagi schetlar 
rejasi yagona buxgalteriya hisobi (moliyaviy va boshqaruv) tizimidagi ishlab 
chiqarish xarajatlari hisobini imkoniyatidan yoki aloxida buxgalteriya hisobini 
maxsus schetlarini qo‗llagan xolda yuritish imkonini beradi. Shunday qilib, hisobni 
yuri-tishni bir aylanali (monistik, integrallashgan) va ikki aylanali (avtonom 
varianti) tizimi mavjud bo‗ladi.
Boshqaruv hisobi tizimini shakllantirishning variantlari turlicha: avtonom 
hisob, integrallashgan, dualizm yoki monizm variantlari bo‗lishi mumkin. 
Boshqaruv hisobini qanday varianti joriy etilishidan qat'iy nazar quyidagi 
tamoyillarga asoslanishi shart: 


218 
1. Boshqaruvni tashkiliy-ishlab chiqarish tuzilmasini shakllantirishni 
umumiy tamoyillariga mos kelishi. 
2. Mavjud axborot bazasidan foydalanish. 
3. Boshqaruv hisobini maqsad va vazifalarini korxona faoliyati 
strategiyasiga mos kelishi. 
4. Boshqaruv hisobini yuritishdan keladigan daromadni uni tashkil qilish 
xarajatlaridan yuqori bo‗lishi. 
Taniqli olimlar V. B. Ivashkevich , Ye. A. Mizikovskiy, S. A. Nikolaeva,
V. F. Paliy va boshqalar tomonidan boshqaruv hisobini tashkil qilish va moliyaviy 
hisob bilan o‗zaro aloqasini variantlari chuqur tadqiq etilgan. 
Buxgalteriya hisobini yuritishni integrallashgan varianti. Schetlarning 
yagona tizimi buxgalteriya hisobimiz uchun an'anaviy variant hisoblanadi. U 
hammamiz uchun yaxshi tanish va amaliyotda keng qo‗llaniladi. Mazkur variantda 
schetlarning yagona tizimi va buxgalteriya yozuvlari ishlatiladi, boshqaruv 
hisobining maxsus schetlari qo‗llanilmaydi. Boshqaruv maqsadlari uchun 
moliyaviy hisobning ma'lumotlarini maxsus jamg‗aruvchi registrlarda guruxlaydi 
va o‗zini ma'lumotlari hamda hisob kitoblarini natijalari bilan to‗ldiradi. Tijorat 
sirini muxofaza qilish maqsadida buxgalteriya hisobining schetlarida faqatgina 
sal'do qayd etiladi, xo‗jalik jarayonlarini oborotlari esa boshqaruv hisobini 
schetlarida aks ettiriladi. 
Hisob texnologiyasining bunday variantida ishlab chiqarish xarajatlarini aks 
ettiruvchi boshqaruv va buxgalteriya hisobining schetlari buxgalteriya hisobida 
kal'kulyasiyalash schetlarini aloxida ajrat-masdan yuritiladi. Bu bilan boshqaruv 
buxgalteriyasining xarajatlar va daromadlar schetlarini buxgalteriya hisobining 
nazorat schetlari bilan to‗g‗ri korrespondensiyasi ta'minlanadi.
Integrallashgan tizimni keyingi bosqichida takomillashtirilishi xarajatni har 
bir elementi uchun boshqaruv hisobini maxsus schetlarini ajratish bilan bog‗liqdir.
Hisobni integrallashgan tizimida buxgalteriya va boshqaruv hisobini o‗zaro 
hamkorligi masalasi tegishli tartibda hal etiladi. Ichki buxgalteriya hisobi 


219 
tasdiqlangan tegishli siyosatga asoslangan xolda muqobil boshqaruv qarorlarini 
shakllantiruvchi asosiy axborot bazasiga aylantiriladi.
Mazkur tavsiya etilayotgan hisobni integrallashgan tizimi qo‗shimcha 
mablag‗ talab qilmaydi, chunki, korxonalardagi amalda faoliyat ko‗rsatayotgan 
buxgalteriya xizmati moliyaviy xisobotni tuzishdan iborat bo‗lgan an'anaviy 
vazifasidan tashqari buxgalteriya ma'lumotlarini ichki ishlab chiqarish maqsadlari 
uchun keraklik darajasini yanada oshiradi. Hisobni integrallashgan tizimi 
boshqaruv hisobini kichik biznes korxonalarida joriy etishda juda qulay 
hisoblanadi. Takomillashgan integrallashgan tizim hisobni dinamikligini ta'minlay-
di va ishlab chiqarishning sharoitiga moslashtiradi.
Avtonom tizim detallashtirilgan va aloxida yuritiladigan boshqaruv hisobini 
joriy etish zarur bo‗lgan yirik va o‗rta korxonalarda keng qo‗llaniladi. Avtonom 
tizim varianti qo‗llanilganda moliyaviy va boshqaruv hisoblarini har biri ―berk‖ 
bo‗ladi. Schetlar rejasida mazkur variantni qo‗llashda ikkita schetlar tizimini 
ishlatish belgilangan. Avtonom yoki ikki aylanma tizimda hisobni har bir turi 
o‗zini mustaqil schetlar tizimiga ega bo‗ladi yoki umumiy schetlar rejasida 
boshqaruv hisobi uchun aloxida schetlar ajratilib, qolgan schetlardan moliyaviy 
hisobda foydalaniladi. Bu tizimda moliyaviy va boshqaruv hisobi bir biridan 
aloxida mustaqil ravishda yuritilishi va turli natijaviy ma'lu-motlarga ega bo‗lishi 
mumkin. Chunki, moliyaviy va boshqaruv hisoblarini maqsad va vazifalari 
turlichadir. Moliyaviy buxgalteriyada xarajatlar iqtisodiy elementlar bo‗yicha, 
boshqaruv buxgalteriyasida esa kal'kulyasiya moddalari bo‗yicha guruxlanadi. 
Moliyaviy va ishlab chiqarish buxgalteriyalari o‗rtasidagi aloqani aks ettiruvchi 
schetlar yoki schet-ekranlar yordamida tashkil etish tavsiya qilinadi.
Aks ettiruvchi schetlar boshqaruv hisobi uchun muhim bo‗lgan 
ma'lumotlarni moliyaviy buxgalteriyadan boshqaruv buxgalteriyasiga o‗tkazish va 
teskarisini bajarishga mo‗ljallangan. Sotish xarajatlarini hisobga olish uchun 
schetlarni bo‗sh kodlari (schet-ekranlari) ajratilgan. Moliyaviy buxgalteriya 
faqatgina xarajatlarni sintetik hisobi bilan shug‗ullanadi. Shuning uchun sotish 
xarajatlarining umumiy qiymati haqida ma'lumotlarga ega bo‗ladi, xolos va ularni 


220 
xosil bo‗lish joylarini e'tiborga olmaydi. Boshqaruv buxgalteriyasi moliyaviy 
hisobda aks ettiriladigan mazkur ma'lumotlarni boshqaruv hisobining talabiga 
muvofiq sotish xarajatlari va daromadlari schetlarida detallashtiradi.
Natijada xarajatlar to‗g‗risidagi umumlashtirilgan va detallashtirilgan 
ma'lumotlar kal'kulyasiya kesimida, tarkibiy birliklar bo‗yicha va boshqa 
parametrlar bo‗yicha olinadi. Tovarlarni turlari bo‗yicha sotish xarajatlari schetida 
xarajatlar moddalar va tashuvchilar kesimida normativ xarajatlar va normadan 
chetga chiqishlar ajratilgan xolda detallashtiriladi va guruxlanadi. Huddi shunday 
guruxlashni javobgarlik markazlari bo‗yicha ham amalga oshirish mumkin. 
Korxonaning doimiy xarajatlari marjinal foydani qaysi hisobot davrida xosil 
bo‗lganligiga qarab o‗sha davrdagisini kamaytiradi. Ko‗pincha ular hosil bo‗lish 
joylariga qarab taqsimlanadi. Daromad va xarajatlarni qayta taqsimlash schetlarida 
xarajatlarni xammasini yoki bir qismini boshqaruv hisobidan moliyaviy 
buxgalteriyaga o‗tkazish va teskarisi haqidagi ma'lumotlar hisobga olinadi.
Mazkur schetlarda analitik hisob hisobot yili boshidan o‗sib boruvchi xolda 
yuritiladi va hisobot davri tugagandan so‗ng schetlar yopiladi. O‗tkazuvchi 
schetlarni ishlatilishi boshqaruv hisobi ma'lumotlari asosida moliyaviy 
buxgalteriya schetlarini yopmasdan yil bo‗yicha moliyaviy natijalarni aniqlash 
imkonini beradi. Bu bilan samarali biznes-rejalashtirishga sharoit yaratiladi.
Avtonom tizim moliyaviy va boshqaruv hisobini aks ettiruvchi schetlarni 
ishlatgan xolda bir biridan ajralgan xolda faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Aks 
ettiruvchi schetlar hisob ma'lumotlarini son jihatdan solishtirib tekshirish 
imkoniyatini beradi. Odatda, moliyaviy buxgalteriya xarajatlar hisobini korxona 
miqyosida xarajatlarni elementlari kesimida yuritadi. Moliyaviy natijalar sotishdan 
tushgan umumiy tushum (QQSsiz)ni sotishni umumiy xarajatlari (tovar-moddiy 
qiymat-liklarning qoldig‗ini hisobga olgan xolda) bilan taqqoslagan xolda 
aniqlanadi. Boshqaruv hisobi mazkur ma'lumotlarni yakuniy ma'lumot sifatida 
ishlatadi, yaqqol aks ettirish esa xarajatlarni yakuniy moddalarini moliyaviy 
hisobni tegishli chiqish ma'lumotlari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. 
Mazkur aks ettirishni boshqa variantlari ham mavjud.


221 
Avtonom tizimni yuqorida ta'kidlangan varianti korxonalarni boshqarish va 
xarajatlarni analitik markazlar bo‗yicha aks ettirishda juda qulay hisoblanadi. 
Korxonalarni xudud jihatdan ajratilgan filiallarini boshqarishda ayniqsa yaxshi 
samara beradi. Bunda moliyaviy hisobda korxonani boshqarishni yaxlitligi 
saqlangan xolda har bir bo‗linma bo‗yicha individual hisob yuritilishi ta'minlanadi
va bu narsa ularni ma'suliyatini oshiradi.
Variantlardan qaysi birini tanlash masalasini korxonani o‗zi hal qiladi. 
Bunda albatta korxonani hajmi va boshqaruv ma'lumotlariga bo‗lgan ehtiyoji 
e'tiborga olinishi lozim.
Boshqaruv hisobi schetlarini aloxida ajratilishi boshqaruvning turli 
bo‗g‗inlarini axborot ta'minotini yaxshilash bilan birga ishlab chiqarish xarajatlari 
miqdori va aloxida olingan mahsulot turlarini rentabelligi haqidagi tijorat sirini 
saqlashga imkon beradi.
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etishda eng asosiysi uni iqtisodiy samarasi 
hisoblanadi. Bu samarani korxonalar mazkur hisob tizimini joriy etib qabul 
qilinayotgan qarorlarni sifatini oshirish va ularni qo‗llanilishini optimallashtirish 
orqali qo‗lga kiritishadi. Agar korxona boshqaruv hisobini joriy etishga qaror 
qilgan bo‗lsa, u xolda bosqichma bosqich joriy etish vazifasini moliyaviy direktor, 
moliyaviy-iqtisodiy xizmatga yoki konsalting kompaniyasini zimmasiga yuklagani 
maqul. Mazkur hisobni joriy etish tartibi ko‗p mehnatni talab qiluvchi va uzoq 
davom etadigan jarayon hisoblanadi, unga korxonani barcha bo‗linmalari jalb 
qilinishi zarur.
Boshqaruv hisobi tizimi ma'lum bir talablarga, ya'ni korxona faoliyatini 
uzluksizligi, rejalashtirish va hisobda yagona o‗lchov birligini qo‗llanilishi, 
korxona bo‗linmalari faoliyati natijalarini baholash, boshqaruv maqsadlari uchun 
boshlang‗ich va oraliq ma'lumotlarni ishlatilishi, ichki hisobot ko‗rsatkichlarini 
boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosi sifatida shakllantirilishi kabi 
talablarga javob berishi kerak.
Korxonalarda boshqaruv hisobini tashkil qilishning 4 ta varianti mavjud. 
Birinchi variantda boshqaruv hisobi moliyaviy hisobdan maxsus aks ettiruvchi 


222 
schetlar orqali ajratilib yuritiladi. Mazkur variant Fransiya, Belgiya va ba'zi bir 
Lotin amerikasi hamda Afrika davlatlarida qo‗llaniladi. Xarajatlar va natijalarni 
hisobga olish uchun sintetik schetlar, subschetlar va analitik schetlardan 
foydalaniladi. Bu variantni bittasida boshqaruv xisobini moliyaviy hisob bilan 
bog‗lovchi maxsus schet boshqaruv buxgalteriyasida, ikkinchisida moliyaviy 
buxgalteriyada yuritiladi.
Ikkinchi variantda boshqaruv hisobi moliyaviy hisobga nisbatan avtonom 
hisoblanadi va unda uchta klassdagi schetlar qo‗llaniladi. Boshqaruv hisobining 
schetlari moliyaviy hisobning schetlari bilan parallel ravishda yuritiladi, ular 
o‗rtasidagi aloqa taqsimlovchi schetlar tizimi orqali amalga oshiriladi. Ikkinchi 
variant AQSh, Kanada, Germaniyada keng tarqalgan va ko‗p jihatdan birinchi 
variantga o‗xshashdir. Bu variantda xarajatlarni elementlar kesimidagi hisobi 
moliyaviy buxgalteriyada yuritiladi, kal'kulyasiya moddalari bo‗yicha esa 
boshqaruv buxgalteriyasida yuritiladi.
Uchinchi variantda boshqaruv hisobi yuritilmaydi, xarajatlar hisobi 
tashuvchilari bo‗yicha tezkor ravishda, ya'ni buxgalteriya hisobi tizimidan 
tashqarida amalga oshiriladi. Mazkur variantda boshqaruv hisobini yuritilishi 
tezkor ravishda, ya'ni buxgalteriya hisobi tizimi-dan tashqarida tezkor-texnika 
hisobi yordamida amalga oshiriladi. Bu variantda xarajatlarni sintetik hisobi 
yagona moliyaviy va boshqaruv buxgalteriyada xarajatlarni iqtisodiy elementlari 
kesimida yuritiladigan hisobni asosida umumlashtirilgan moddalar bo‗yicha 
yuritiladi. Bu variant asosan Germaniya, Vengriya va Bel'giyada qo‗llanildi, biroq
o‗zini oqlamadi.
To‗rtinchi variantda boshqaruv hisobi yuritilmaydi, ishlab chiqarish 
xarajatlarini hisobi moliyaviy hisobda amalga oshiriladi. Bu variant o‗ta murakkab 
bo‗lgan ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxini kal'kulyasiyalash 
tizimini umumiy buxgalteriyada to‗liq integratsiyalashga asoslangan. Mazkur 
variant sanoat hisobini shakllanishi bosqichida yuzaga kelgan va analitik 
boshqaruv hisobi paydo bo‗lishi bilan unga ehtiyoj qolmadi.


223 
Shuni ham ta'kidlash joizki, ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot 
tannarxini kal'kulyasiyalashni mazkur varianti mamlakatimizda takomillashtirilgan 
xolda qo‗llaniladi.
O‗rtacha korxonalarda boshqaruv hisobini tarkibiga quyidagi guruxlarni 
(bo‗limlar, byuro, sektorlar): rejalashtirish, material, mehnat va ish haqi hisobi, 
ishlab chiqarish-kal'kulyasiyalash, mahsulotni sotish hisobi va analitik bo‗limlarni 
qo‗shish mumkin. 
Yirik va o‗rtacha korxonalarda boshqaruv hisobi xizmatini tarkibiy 
tuzilishini umumiy chizmasi 26-chizmada
ko‗rsatilgan. 
Guruxlar(sektorlar, bo‗limlar) 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə