Ўзбекистон республикаси ќишлоќ ва сув хўжалиги вазирлиги



Yüklə 2,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/110
tarix21.12.2022
ölçüsü2,15 Mb.
#97468
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110
2666-Текст статьи-6376-1-10-20200706

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
28-chizma.
 
Boshqaruv hisobini joriy etish bosqichlari 
Buxgalteriya hisobini analitikasini joriy etish jarayonida quyidagi tadbirlar 
(rejalashtirishni ehtiyojiga moslashtirish) amalga oshirilishi kerak: 
− faoliyat turlari bo‗yicha aloxida (aloxida ajratilgan) hisobni joriy qilish; 
− xarajat moddalarini tarmoqlar xususiyatlaridan kelib chiqib klassifikasiya-
lash; 
− faoliyat turlari kesimida ustama xarajatlarni faoliyat va mahsulot turlari 
bo‗yicha tanlangan bazaga mutanosib ravishda taqsimlash; 
− spravochniklarning elementlarini tartibga solish; 
− har bir faoliyatning mahsulotini kal'kulyasiyalashning hisob kitoblarini 
avtomatlashtirish; 
− iste'molchilar (ichki va tashqi) bilan hisob kitoblarni tashkil qilish. 
Korxona missiyasini aniqlash 
SWOT tahlilini o‗tkazish va strategiyani 
ishlab 
chiqish
Moliyaviy tarkibiy tuzilma haqidagi nizomni ishlab 
chiqish 
Byudjetlashtirish tizimini ishlab chiqish 
Korxonani boshqarish uchun ko‗rsatkichlar tizimini 
shakllantirish 
Boshqaruv hisoboti tizimini ishlab chiqish 
Xarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini 
kal'kulyasiyalash standartini ishlab chiqish
Moliyaviy va boshqaruv hisoblarini o‗zaro hamkorligi 
mexanizmini shakllantirish 
―Tijorat siri‖ haqidagi nizomni ishlab chiqish 
Korporativ axborot avtomatlashtirilgan tizimni tanlash va 
joriy qilish 
Tahlil, nazorat va qarorlar qabul qilish tartibini ishlab 
chiqish 


233 
Shunday qilib, buxgalteriyani boshqaruv hisobini ehtiyojiga yo‗naltirilishi 
va ma'lumotlarni bir marta kiritilishi moliyaviy va boshqaruv hisobini o‗zaro 
hamkorligini yo‗lga qo‗yishni samarali variantidir.
Zamonaviy texnika vositalari bir tizimni ichida turli hisoblarni (buxgalteriya, 
soliq, boshqaruv) yuritish imkoniyatini beradi. Bunday sharoitda buxgalteriya 
hisobining boshlang‗ich ma'lumotlarini boshqaruv hisobida qayta ishlash uchun 
paralel bo‗lim tashkil qilmasdan, mavjud buxgalteriya shtatini ko‗paytirish 
samarali hisoblanadi. Albatta, hisobning turlarining o‗zaro hamkorligini ta'minlash 
bo‗yicha korxonani sharoitini bilmasdan turib aniq takliflar berib bo‗lmaydi.
Boshqaruvning tuzilishi qanchalik murakkab bo‗lsa, faoliyat ko‗rsatkichlari 
tizimini to‗g‗ri tanlash va tizimni to‗g‗ri faoliyat ko‗rsatishi, ya'ni har bir 
bo‗linmaning oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan xolda ko‗rsatkichlar va 
ularning samaradorligini o‗z vaqtida aniqlash shunchalik muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Nazariy jihatdan olib qaralganda boshqaruv hisobini joriy etish qoidalarini 
o‗rnatish bo‗yicha ikkita: markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan yondashuv 
bo‗lishi mumkin.
Birinchi yondashuvda hisobni yuritilishi korxonada tashkil qilingan aloxida 
bo‗lim tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Bunda albatta korxona 
raxbariyati boshqaruv hisobini joriy qilish va yuritishga ma'sul shaxs yoki shaxslar 
guruxini ajratishi shart. Bunday ma'sul shaxslar korxonani ijrochi organiga 
xisobdor hisoblanadi va mazkur jarayonga jalb qilingan mutaxassislardan tashkil 
topadi. Ularni asosiy vazifasi korxona raxbariyati tomonidan boshqaruv hisobini 
joriy qilish jarayonida belgilangan vazifalarni boshqa ishlarga vaqt sarflamasdan 
bajarish hisoblanadi.
Ikkinchi yondashuvning mazmuni boshqaruv hisobi funksiyasini yuritish va 
korxona raxbariyatini tegishli boshqaruv hisoboti bilan ta'minlashdan iboratdir. 
Ushbu vazifa biron bir tarkibiy bo‗linmada: reja-iqtisod, moliya bo‗limi, 
buxgalteriya, strategik rejalashtirish bo‗limi, funksional tarkibiy bo‗linmalarda 
ishlovchi iqtisodchilarga yuklatilishi mumkin.


234 
Yuqorida ta'kidlangan vazifalar boshqaruv hisobini ma'lum bir uyg‗unlikda 
tashkil etilishi va yuritilishi hisobiga bajarilishi mumkin. Mazkur uyg‗unlik 
boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish, ishlab chiqish, joriy etish va undan 
foydalanishning quyidagi prinsiplaridan foydalanish hisobiga amalga oshiriladi:
1. Korxona faoliyatini o‗zaro bog‗langan va uzluksiz biznes-jarayonlar– 
jarayonlar, xarakatlar guruxi majmuasi sifatida strukturizasiyalash. Mazkur 
jarayonlar ma'lum bir yakuniy natijani qo‗lga kiritishga yo‗naltiriladi, korxonani 
faoliyat ko‗rsatishi va o‗zini asosiy moliya-xo‗jalik faoliyatini bajarishi uchun 
muhim hisoblanadi. 
2. Boshqaruv hisobi tizimida moliyaviy-xo‗jalik faoliyatni korxona 
miqyosida, biznes jarayonlar, javobgarlik markazlari-tarkibiy bo‗linmalar, 
xodimlar, loyixalar va hokazolar kesimida prognozlashtiriladigan, rejalashtiriladi-
gan va haqiqiy natijalarni doimiy baholash imkoniyati. 
3. Hisobni reglamentga solishni majburiyligi-biznes jarayonlarning 
natijalarini ichki va tashqi standartlar (reglamentlar), ya'ni jarayonlarni tartibi, 
bajarish muddati, natijalari va bajarilishi sifatini belgilab beruvchi xalqaro, milliy, 
tarmoq yoki korporativ darajasidagi me'yoriy xujjatlar asosida reglamentga 
(tartibga) solish. 
4. Boshqaruv hisobida ishlatiladigan natijalar va ularni xarakterlovchi 
baholash ko‗rsatkichlarini analitikligi va kompleksligi. Mazkur ko‗rsatkichlar 
belgilangan rivojlanish strategiyasi, maqsad va vazifalarga, qabul qilinayotgan va 
bajarilayotgan boshqaruv qarorlariga nisbatan balanslashtirilgan xolga keltirishni 
ta'minlaydi. 
Boshqaruv hisobi tizimini joriy etish va yuritishdagi yuqorida 
ta'kidlaganimizdek yagona metodologik yondashuvlar va yetarli amaliyotni 
bo‗lmaganligi sababli ba'zi bir muammolar yuzaga kelmoqda. Ularni hal etish 
uchun boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish bo‗yicha 
quyidagi yondashuvlarga amal qilish zarur: 
1) korxonada boshqaruv hisobi tizimini ishlab chiqish, joriy etish va 
yuritishni aniq ifodalangan bo‗lajak strategiyasi va maqsadini mavjudligi;


235 
2) boshqaruv hisobi tizimi metodologiyasi-reglamentlar, javobgarlik 
markazlari va kompaniya raxbariyatini natijalari va ko‗rsatkichlarini ishlab 
chiqishda bevosita qatnashish;
3) boshqaruv hisobi tizimida prognozlashtirish, rejalashtirish, hisob va tahlil 
jarayonlarini avtomatlashtirish. Bu xolat ma'lumotlarni korxonaning boshqa 
axborot bazasi bilan tegishli darajada integratsiyalashuviga imkon beradi va 
ma'lumotlarni to‗plash hamda qayta ishlash xarajatlarini kamaytiradi. 
Shuni ham ta'kidlash kerakki, boshqaruv hisobi tizimini shakllantirish 
yuqorida ta'kidlangan tamoyil va yondashuvlar asosida amalga oshirilganda 
hisobni axborot ta'minoti buxgalteriya, moliyaviy hisob bilan hech qanday aloqa 
qilmasligi va moliyaviy ma'lumotlarga tayanmasligi mumkin. Bunga kerakli 
ma'lumot va ko‗rsatkichlarni tegishli javobgarlik markazlarida shakllantirish va 
ularni umumlashtiradigan, tartibga soladigan va ular asosida boshqaruv hisobotini 
tuzadigan bo‗limga uzatish orqali erishish mumkin bo‗ladi. Ikkinchi tomondan 
buxgalteriya va boshqaruv hisobining o‗zaro aloqasini metodologik va tashkiliy 
darajada tartibga solish va avtomatlashtirish oz miqdordagi moliya, vaqt, kadr va 
material xarajatlari evaziga buxgalteriya hisobi va boshqaruv hisoboti 
ma'lumotlarini taqqoslash imkoniyatini beradi. Va albatta boshqaruv hisobini 
ishlab chiqish va joriy qilish loyixasida qatnashuvchi raxbarlar tomonidan uni 
shakli bo‗yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Bu qaror boshqaruv ma'lumotlariga 
bo‗lgan ehtiyoj, mavjud imkoniyatlar va mazkur axborot ta'minotini shakllantirish 
va joriy qilishga jalb qilinishi mumkin bo‗lgan mablag‗larni taqqoslash orqali 
qabul qilinadi. 
Boshqaruv hisobi tizimida rejalashtirish deganda tegishli maqsadlarni 
aniqlash, siyosat, taktika, strategiyani tanlash, baholash va ularga erishish borasida 
tegishli xarakatlarni amalga oshirish jarayoni tushu-niladi. O‗z ichiga strategik, 
taktik va joriy jabhalarni oluvchi rejalashtirishni amalga oshirish yuz bergan, sodir 
bo‗layotgan va kelajakda yuz berishi mumkin bo‗lgan jarayonlar haqida 
ma'lumotlar taqdim etishni taqozo qiladi. Rejalashtirish jarayoni odatda, 
modellashtirishning modellarini ishlatishni, ya'ni bir necha muqobil variantlarni 


236 
ichidan samaralisini tanlashni nazarda tutadi. Bu narsa kutilayotgan kon'yunktura 
va iqtisodiy xolatni o‗zgarishi haqidagi ma'lumotlarni olish bilan bog‗liqdir. 
Kompaniya rahbariyati faoliyat ko‗rsatkichlarini erishilishi mumkin bo‗lgan o‗sish 
sur'atlari, bozordagi ulushini saqlab qolish qobiliyati va turli, jumladan 
o‗zgaruvchan iqtisodiy sharoitning har bir varianti uchun pul mablag‗lari oqimini 
baholashi zarur. 

Yüklə 2,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə