Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Aktivlarni boshqarish orqali



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Aktivlarni boshqarish orqali
bank likvidligini boshqarish, pul 
mablag‘lari va tez sotiladigan qimmatli qog‘ozlarni to‘plash orqali ba-
jarilishi mumkin. Likvid mablag‘larga ehtiyoj yuzaga kelganda, naqd 
pulga bo‘lgan talab qondirilguncha, zaxiradagi aktivlar sotiladi. Buni 
boshqacha tarzda aktivlar o‘zgarishi, ya’ni pul ko‘rinishida bo‘lmagan 
aktivlarni zarur vaqtda naqd pulga aylantirish deyiladi. 
Likvid aktivlar quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lozim: 
naqd pulga aylantirish imkoniyatiga ega bo‘lishi; 


164
aktivlarning barqaror narxi, ya’ni bozorda sotilishi zarur bo‘lgan 
aktivlarning bahosini pasaytirmasdan qabul qilib olish imkoniyatiga ega 
bo‘lishi; 
sotuvchi aktivlarni birlamchi investitsiya narxining eng past xatar 
bilan qoplash imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. 
Passivlarni boshqarish orqali 
bank likvidliligini boshqarish de-
ganda likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarni to‘liq va o‘z vaqtida qon-
dirish maqsadida tezda sotiladigan mablag‘larni qarzga olish tushuniladi. 
Yirik hajmdagi aylanma depozit sertifikatlari qarzga olinuvchi likvid 
mablag‘lar manbayi hisoblanadi. Likvid mablag‘larni qarzga olish pul 
bozoridagi foiz stavkalarining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘lganligi tufayli 
bank uchun xatarli bo‘ladi. Qarzga olingan likvid mablag‘lar yuqori 
riskka ega bo‘lganligi tufayli banklar bir vaqtning o‘zida aktivlar va pas-
sivlarni boshqarish orqali bank likvidliligini boshqarishga harakat qila-
dilar. Bu uslublarga ko‘ra banklar talab qilinishi ko‘zda tutilgan likvid 
mablag‘larning bir qismini qimmatli qog‘ozlar, depozitlar sifatida bosh-
qa banklarda saqlaydi. Ba’zi bir talablar esa vakil banklarda kredit lini-
yalarini ochish yo‘li bilan ta’minlanadi. Favqulodda talab qilingan 
(to‘satdan vujudga kelgan) likvid mablag‘lar esa qisqa muddatli qarzlar 
hisobiga qoplanadi.
Bank likvidligini boshqarish jarayonida bank boshqaruvchilari 
quyidagilarga rioya qilishlari lozim: 
mablag‘larni jalb qiluvchi va ulardan foydalanuvchi barcha bank 
bo‘limlarini qattiq nazorat qilishlari; 
bankning eng yirik kreditorlari va omonatchilari qaysi vaqtda va 
qancha miqdorda kreditlar olishi va omonatlar qo‘yishini (iloji bo‘lsa) 
oldindan bilishga harakat qilishlari; 
bank likvidligini va likvid mablag‘larni boshqarish bankning 
ustuvor vazifasi ekanligini doimo esda saqlashlari; 
likvid mablag‘lar taqchilligi yoki ortiqchaligining oldini olish 
maqsadida bankning likvid mablag‘larga ehtiyojlarini va bu mablag‘-
larning joylashtirilishini doimo tahlil qilib borishlari lozim. 
[106]
. Jahon amaliyotida likvid mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojlarga 
baho berishning quyidagi usullari mavjud: 
mablag‘lar manbayi va undan foydalanish usuli; 
mablag‘lar tuzilmasini tahlil qilish usuli; 
likvidlik ko‘rsatkichini hisoblash usuli. 
Mablag‘lar manbayi va undan foydalanish usuli ikki holatga asos-


165
langan: 
depozitlar hajmi o‘sib, qarzlar hajmi kamayganda, bankning 
likvid mablag‘lari oshadi; 
depozitlar hajmi kamayib, qarzlar hajmi oshsa, bankning likvid 
mablag‘lari kamayadi. 
Agar likvid mablag‘lar manbayi hajmi bilan ulardan foydalanish 
hajmi tenglashmasa, bank likvidligida buzilish holati yuzaga keladi. 
Bunda jalb qilingan va ishlatilgan mablag‘lar hajmi orasida farq hosil 
bo‘ladi. Bankning likvid mablag‘lari manbayi hajmi saqlangan mablag‘-
lar hajmidan ko‘p bo‘lsa, bank likvidligida bank foydasiga buzilish sodir 
bo‘lib, bunday holni 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə