Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Sug‘urtalash imkoniyati. 
Likvid mablag‘larni qarzga oluvchi 
banklar foiz stavkalari hajmini aniqlashlari lozim, chunki bu orqali ular 
olgan qarzlar bahosi kelgusida qancha bo‘lishini biladilar. Katta 
tajribaga ega rahbarlar noaniqlikni kamaytirish uchun xej texnikasidan 
(ya’ni sug‘urtalashdan) foydalanadilar. 
Likvid mablag‘lar manbayini tartibga solish. 
Bank rahbari likvid 
mablag‘lar manbayidan nima uchun va qanday maqsadlarda foyda-
lanishni oldindan aniqlab oladi va tartibga soladi. Zaxiralar manbayini 
to‘g‘ri tanlash va ulardan to‘g‘ri foydalanish uchun bank boshqaruvchisi 
yuqorida keltirilgan likvid mablag‘larga bo‘lgan talablarni yaxshilab, 
birma-bir o‘rganishi, ma’qul bo‘lganini tanlashi lozim. 
 
 
3.7. Bank hisoboti 
[108]

Bankning moliyaviy hisoboti 

 
bu bank taklif etgan 
xizmatlar va boshqa turdagi faoliyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar maj-
muyidir. Bu hisobot qonunni, huquqni himoya va nazorat qiluvchi 
organlar, aksionerlar, bank boshqaruvchilari, investorlar, mijozlar uchun 
juda muhimdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi 
hududida faoliyat ko‘rsatayotgan banklarga moliyaviy hisobotlarni 
matbuotda chop ettirish uchun quyidagi shakllarni belgilagan: 
Bankning yig‘ma yillik yakuniy balansi (balans hisoboti) (25- 
jadval). 
Joriy yilning yig‘ma yakuniy daromadlar va xarajatlar hisoboti 
(26-jadval). 
Ushbu daromadlar va xarajatlar hisoboti auditor firma tomonidan 
tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘-
risida»gi Qonunning 41-42-moddalarida banklarda hisob yuritish va 


171
hisobot xususida quyidagilar yozilgan: «Banklarda buxgalteriya hisobi 
yuritish va hisobot qoidalari Markaziy bank tomonidan O‘zbekiston 
Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro standartlarga muvofiq 
belgilanadi. 
Buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot qoidalari buzilganligi 
uchun bank rahbarlari qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladilar». 
Yuqoridagi har ikkala moliyaviy hisobot Markaziy bank belgilay-
igan shakl va muddatlarda, unda ko‘rsatilgan ma’lumotning to‘g‘riligini 
auditorlar tasdiqlagach, matbuotda e’lon qiladilar. 
Balans hisoboti aktivlar, passivlar (ya’ni majburiyatlar, aksionerlar 
sarmoyasi va ko‘zda tutilmagan vaziyatlar moddalarini o‘z ichiga olsa, 
daromadlar va xarajatlar hisoboti esa, bankning ma’lum vaqt ichida 
qilgan daromadi va xarajati haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi). 
Bulardan tashqari, bank faoliyatining moliyaviy ahvoli bilan 
qiziquvchilar uchun yana ikki hisobot juda muhimdir. Bular: 
mablag‘lar manbayi, ulardan foydalanish haqidagi hisobot; 
aksiyadorlar sarmoyasi haqidagi hisobot. 
Mablag‘lar manbayi va ulardan foydalanish haqidagi hisobot quyidagi 
ikkita savolga javob beradi: 
ma’lum bir vaqt ichida foydalanilgan mablag‘lar qayerdan 
olingan? 
mablag‘lardan qanday foydalanildi? 
Aksionerlar sarmoyasi haqidagi hisobot ma’lum vaqt ichida sarmo-
yaning harakati va uning natijasida sarmoyada yuz bergan o‘zgarishlar 
haqidagi ma’lumotni beradi. 
Moliyaviy hisobotlar quyidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan moliyaviy 
xatarni e’tiborga olgan holda tuziladi: 1) kapitalning yetarliligi; 2) ak-
tivlar sifati; 3) likvidlik; 4) foiz stavkasi xatari; 5) xorijiy valuta savdo-
sining sezuvchanligi; 6) balansdan tashqari mablag‘lar; 7) operatsiyalar 
xatari; 8) ichki nazorat va qonun organlari orqali hal qilinadigan janjalli 
moliyaviy ishlar. 
Shuningdek, moliyaviy hisobotlarda sof foiz daromadlar, kreditlar 
tufayli ko‘riladigan zararlarni qoplash zaxirasi, foiz daromadlari bilan 
bog‘liq bo‘lmagan daromadlar, to‘lanadigan foiz bilan bog‘lik bo‘lmagan 
xarajatlar, ko‘zda tutilmagan xarajatlar, to‘lanadigan soliqlarni tahlil qilish 
orqali bank daromadlarining sifati va barqarorligiga baho beriladi. 
Moliyaviy hisobotlarning har tomonlama to‘liq va foydali bo‘li-
shiga erishish uchun joriy faoliyat natijalari bilan rejalashtirilgan natija-


172
larni, joriy natijalar bilan o‘tgan davrdagi natijalarni, bank faoliyati nati-
jalari bilan boshqa banklar faoliyati natijalarini qiyoslash maqsadga mu-
vofiq.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə