Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


-jadval.  Nobank kredit tashkilotlari (asosiy muassasalar)



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

3-jadval. 
Nobank kredit tashkilotlari (asosiy muassasalar)
t/r 
Nobank kredit 
tashkilotlari 
Mashg‘uloti 
1. 
Ipoteka 
kompaniyalari 
tijorat maqsadida foydalaniladigan bino yoki ya-
shash uylaridan samarali foydalanish uchun qisqa mud-
datli kredit berish bilan shug‘ullanadilar 
2. 
Faktoring 
kompaniyalar 
vaqtinchalik moliyalashni ta’minlash maqsadida
(asosan debitorlar schyotidan) korxonalardan qisqa
muddatli aktivlarni sotib oladilar 
3. 
Trast 
kompaniyalar 
korxona, xususiy shaxslar va zarar bilan ishlaydi-
gan tashkilotlar mulklarini boshqaradi va ularni hi-
moya qiladi. Mijozlarning qimmatli qog‘ozlarini xusu-
siy investorlarga joylashtiradilar 
4. 
Ma’lumotlarni 
qayta ishlash 
kompaniyalari 
ma’lumotlarni kompyuterda ishlab, ularni uzatish
bilan shug‘ullanishadi 
5. 
Sug‘urta 
kompaniyalari 
sog‘liqni va kishilar hayotini turli xavflar va baxtsiz
hodisalardan sug‘urta qilish bilan shug‘ullanadi. Shu
bilan bir qatorda ular bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlarni
beradilar 
6. 
Qimmatli qog‘ozlar 
savdosi bilan 
shug‘ullanuvchi 
brokerlik firmalari 
opsion shartnomalari, valutali moliyaviy fyuchers-
lar, muomaladagi qimmatli qog‘ozlarning oldi-sotdisi
bo‘yicha mijozlarning buyruqlarini bajaradilar 
7. 
Moliyaviy masala-
lar bo‘yicha masla-
hat beruvchi firma-
lar 
aktivlarni boshqarish va investitsiya masalalari bo‘-
yicha mijozlarga maslahat beradilar 
8. 
Qimmatli 
qog‘ozlarni tarqat-
ish bilan 
shug‘ullanuvchi 
firmalar 
davlat va munitsipal zayomlarni, korporatsiyalar ak-
siyalarini, qimmatli qog‘ozlarni, korporatsiyalarning
qarz majburiyatlarini, mijozlar schyotlari bilan ta’min-
langan qimmatli qog‘ozlarni sotib oladi, shuningdek, 
yuqorida qayd qilingan qimmatli qog‘ozlarni inves-
torlarga takroriy sotishni taklif qiladilar 
9. 
Moliyaviy 
kompaniyalar 
korxonalar va xususiy shaxslarga qisqa va uzoq
muddatli kapital miqdorlarini aniqlash bilan shug‘-
ullanadilar 


9
10. 
Kredit 
kartochkalari bilan 
shug‘ullanuvchi 
kompaniyalar 
chakana savdo korxonalarini qo‘llab-quvvatlash va
xususiy shaxslarga qisqa muddatli kreditlar berish bilan
shug‘ullanadilar 
11. 
Lizing 
kompaniyalari 
aktivlarni sotib oladi va muhtoj korxonalarga, xusu-
siy shaxslarga ularni ijaraga beradi 
12. 
Sug‘urta 
agentliklari 
kredit yoki moliyaviy xizmatlar bilan bog‘liq bo‘l-
gan sug‘urta polislarini sotadilar yoki to‘la-to‘kis bro-
kerlik va sug‘urtaviy xizmatlarni bajaradilar 
13. 
Ko‘chmas mulk 
operatsiyalari bilan 
bog‘liq xizmatlarni 
bajaruvchi firmalar 
ko‘chmas mulkni baholash va ular bilan bog‘liq
bo‘lgan tijorat loyihalarini moliyalashtirish bilan shu-
g‘ullanadilar 
14. Lombardlar 
Qimmatbaho buyumlar garoviga kredit beradilar 
15. Kredit uyushmalari 
Omonatlar qabul qiladi va kredit ajratadi 
16. 
Mikrokredit 
tashkilotlari 
Mikrokeditlar ajratadi 
17. 
Omonat, ssuda 
berish bilan 
shug‘ullanuvchi 
assotsiatsiyalar 
asosan xususiy shaxslar va oilalarga omonat depozit-
larga jamg‘ariladigan mablag‘lar rejalarini, shuningdek,
uy-joy qurish uchun kredit taklif qiladilar 
80-yillarda qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi va brokerlik bilan keng 
faoliyat boshlagan «Meril Linch» va «Dreyfus korporeyshn» firmalari 
bank bo‘lmagan banklarga misol bo‘la oladi. 
[4].
Tovar-pul munosabatlarining vujudga kelishi va ularning rivoj-
lanib borishi banklarning paydo bo‘lishiga asos soldi. O‘rta asrlarda 
banklar dastlab puldorlar tomonidan pulni qabul qilish va boshqa davlat 
shahar puliga almashtirib berish asosida kelib chiqqan. Keyinchalik 
puldorlar bo‘sh turgan mablag‘laridan foyda olish maqsadida qarz so‘-
ragan subyektlarga vaqtinchalik foydalanishga bergan. Bu hol pul al-
mashtiruvchi puldorlarning bankirlarga aylanishga olib kelgan. 
Dastlab, jirobanklar nomi bilan XVI asrlarda (aniqrog‘i 1587-yilda) 
Florensiya va Venetsiyada kichik banklar vujudga kela boshlagan. Ular 
turli shaharlar va mamlakatlarning pul belgilarini almashtirishga ixti-
soslashgan bo‘ladilar. Keyinchalik shunday banklar Amsterdamda 
(1605), Gamburgda (1618), Milanda, Nyurnbergda, Genuyada vujudga 
kelgan. Bu banklar asosan o‘z mijozlari-savdogarlarga xizmat qilgan. 
Ular asosan o‘z mijozlari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni naqd pulsiz amal-
ga oshirishgan. 
Tarixda birinchi yirik bank 1694-yilda Angliyada tashkil etilib, unga 


10
davlat nomidan banknotlar chiqarishga ruxsat berilgan. U bank aksiya-
dor-emission bank hisoblangan. Keyingi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot, 
xususan, sanoatning rivojlanishi natijasida banklar boshqa mamlakat-
larda ham tashkil qilina boshlanadi. 
Natural xo‘jalik munosabatlarining tugashi, savdo-sotiq munosabat-
larining rivojlanishi pullik hisob-kitoblar olib borishga, kreditning rivoj-
lanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarishning rivojlanishi yollanma mehnat-
ni borgan sari ko‘p jalb qilishga olib kelgan. Yollanma mehnat uchun 
haqning pul shaklida to‘lanishi doimiy pul aylanishini yuzaga keltiradi. 
Pul aylanishi esa muayyan boshqaruvni talab qildi. Bu vazifani banklar 
bajara boshladi. 
Shunday qilib, banklar mablag‘larni yig‘ish va taqsimlash orqali 
ssuda kapitali harakatini boshqara boshladi. 
XX asrning boshlarida yirik Yevropa mamlakatlarida o‘zining ko‘p 
filiallariga ega bo‘lgan, yirik sanoat monopoliyalari bilan uzviy bog‘liq 
faoliyat ko‘rsatayotgan banklar vujudga keldi. Bular jumlasiga xalqaro 
pul, hisob va kredit munosabatlarini olib boruvchi quyidagi xalqaro 
banklarni kiritish mumkin: 
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki; 
Xalqaro valuta fondi; 
Xalqaro Moliya korporatsiyasi; 
Xalqaro hisob-kitoblar banki; 
Yevropa investitsiya banki va boshqalar. 
Xorijiy banklar to‘liq yoki qisman chet el investitsiyalariga tegishli 
bo‘lgan banklar bo‘lib, ular o‘z faoliyatini mahalliy qonunlar doirasida 
olib boradi. Hozirgi vaqtda bunday banklar yirik banklarning sho‘balari 
sifatida faoliyat ko‘rsatadi. 
Eng yuqori darajada rivojlangan bank tizimidan biri Germaniyada 
shakllangan (1-chizma). 
[5].
Ma’lumki, mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston hudu-
didagi bank muassasalari sobiq Ittifoq bank tizimining tarkibiy qismiga 
kirar edi. Ular «Ittifoq» bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘r-
sata olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklardan tashkil topgan edi (2-
chizma). 


11

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə