Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


“О„zbekistonni 2017-2021 yillarda



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

“О„zbekistonni 2017-2021 yillarda 
yanada rivojlantirish bо„yicha Harakatlar strategiyasida 
barcha sohalar 
qatori qishloq xо‗jaligini ham modernizatsiya qilish borasida eng muhim 


81 
vazifalarni aniq belgilab, ularni izchil amalga oshirib borayotganimiz sohadagi 
ulkan muvaffaqiyatlarga asos bо‗lib xizmat qilmoqda‖.
16
Shu sababli, qishloqda mulkiy munosabatlarni takomillashtirish va hududiy 
mulkdorlar sinfini shakllantirish sohasidagi muammolar yuzasidan ilmiy-nazariy 
tadqiqotlar olib borish, amaliy takliflar hamda tavsiyalar ishlab chiqish o‗ta 
muhimdir. 
Iqtisodiyotni erkinlashtirish bosqichida qishloq xo‗jaligida haqiqiy 
mulkdorlar sinfini shakllantirish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
zaruriyati va agrar sohani isloh qilish bilan bog‗liq muammolarni hal etish 
respublikamiz iqtisodiyoti uchun nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy ahamiyatga 
ega. 
Qishloq xo‗jaligida mulkiy munosabatlarni rivojlantirish masalalari 
atroflicha tahlil etilgan bo‗lsa-da, lekin bozor iqtisodiyoti sharoitida, iqtisodiyotni 
erkinlashtirish davrida mulkiy munosabatlarni tizimli o‗rganish, shakllanayotgan 
yangi mulk va xo‗jalik yuritish shakllarining mohiyati va mazmuni, ularning 
xo‗jaligi mexanizmini samarali boshqarish bo‗yicha chuqur tadqiqotlar olib 
borilmoqda. 
Bozor iqtisodiyoti davrida mulkiy munosabatlarning iqtisodiy mazmuni va 
uning jamiyat iqtisodiy tizimida mulklarni kim oshdi savdolariga qo‗yish kabi 
shakl va usullar ko‗rinishida amalga oshirilishi mumkin. 
Rejali iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga o‗tish muammolariga 
bag‗ishlangan ilmiy ishlar tahlili ko‗rsatishicha, mulkni davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirish natijasida institutsional o‗zgarishlarni amalga 
oshirish bilan ijtimoiy yo‗naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etish birgalikda 
yuz berdi. 
Mulkchilik munosabatlarini isloh qilish borasida MDH mamlakatlari 
iqtisodiyotining barchasi uchun quyidagi umumiy qonuniyatlar xosdir:

ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi o‗rniga turli mulk va 
xo‗jalik yuritish shakllarini vujudga keltirish; 

iqtisodiyotni erkinlashtirish; 

har bir mamlakat oldida turgan bozor iqtisodiyoti uchun xos bo‗lgan 
vazifalar va ijtimoiy siyosatdan kelib chiqqan holda, iqtisodiyotda
tuzilmaviy o‗zgarishlar qilish; 

ilg‗or texnika va texnologiyalarni joriy etishni rag‗batlantirish orqali 
tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish; 

makroiqtisodiy barqarorlikka erishish;

bozor iqtisodiyoti talablariga mos tarzda moliya-kredit va byudjet tizimini 
isloh etish; 

milliy 
valyuta 
qadrini 
mustahkamlash 
va 
uning 
erkin 
konvertatsiyalanishini ta‘minlash. 
16
Mirziyoyev SH.M. Rizq-rо‗zimiz bunyodkori bо‗lgan qishloq xо‗jaligi xodimlari mehnatini ulug‗lash, soha 
rivojini yangi bosqichga kо‗tarish – asosiy vazifamizdir // Xalq sо‗zi. 10.12.2017. 


82 
Yuqoridagi qonuniyatlar har bir mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy 
shart-sharoitlaridan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi. Iqtisodiyotni isloh etish 
borasida har bir mamlakatning o‗ziga xos bo‗lgan jihatlari mavjudligini e‘tiborga 
olish lozim. Mazkur xususiyatlar aynan islohot modellarida o‗z ifodasini topadi. 
Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun iqtisodiyotni isloh qilishning uch 
modeli xosdir. Qirg‗iziston Respublikasida iqtisodiyotni isloh etishning radikal 
(shok-falaj), Qozog‗iston Respublikasida mo‗tadil-radikal modeli qo‗llanilayotgan 
bo‗lsa, O‗zbekistonda esa iqtisodiyotni isloh etishning ―o‗zbek modeli‖ dan 
foydalanilgan holda, islohotlar amalga oshirilmoqda.
O‗zbekistonda jahonning ilg‗or tajribasi va boshqa hamdo‗stlik 
mamlakatlari amaliyoti umumlashtirilib, mamlakatning ijtimoiy -iqtisodiy 
va tarixiy rivojlanish xususiyatlari sohasida tubdan o‗zgarishlarni amalga 
oshirish borasidagi o‗z modeli ishlab chiqildi. U haqli ravishda 
iqtisodiyotni isloh etishning ―o‗zbek modeli‖ nomini oldi. Bu model 
uchun bozorga bosqichma-bosqich o‗tish xosdir. Iqtisodiyotni isloh 
etishning ―o‗zbek modeli‖ mohiyati va mazmuni O‗zbekiston Respublikasi 
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida bayon etilgan boz orga 
o‗tishning besh tamoyilida o‗zining yorqin ifodasini topdi. Bugungi kunda 
ushbu tamoyillar asosida iqtisodiyotni isloh etish borasida davlatning 
iqtisodiy siyosati amalga oshirilmoqda. Iqtisodiy islohotlarni amalga 
oshirishning bosqichma-bosqichlilik tamoyili - iqtisodiyotni isloh 
etishning ―o‗zbek modeli‖ uchun xos bo‗lgan jihatlardan biridir. Bu 
hamda O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 
―O‗zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‗lida‖ asarida 
quyidagilar ta‘kidlanadi: ―Bizning bozor islohotlarini amalga oshirish 
dasturimiz 
ustuvor 
vazifalarni 
bosqichma-bosqich 
hal 
qilishga 
asoslanadi‖. 
Davlatimiz rahbarining yana bir boshqa asarida esa, ―Biz iqtisodiy 
islohotlarni amalga oshirishning barcha inqilobiy usullaridan b utunlay voz 
kechamiz. Biz iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning evolyutsion 
yo‗lidan boramiz‖ deya ta‘kidlanadi. 
Iqtisodiyotni isloh etishda ―o‗zbek modeli‖ning boshqa muhim 
xususiyatlari bo‗lib quyidagilar hisoblanadi:

xususiylashtirishning to‗lovli tavsifga ega ekanligi; 

xususiylashtirishdan tushgan mablag‗lar esa tadbirkorlikni qo‗llab-
quvvatlash, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirish uchun sarflanadi; 

xususiylashtirishning aniq maqsadga yo‗naltirilganligi; 

xususiylashtirish jarayonlarida aholini ijtimoiy himoyalash. 
MDH davlatlari orasida faqatgina mamlakatimizda ishlab chiqarish 
sur‘atlarining yildan-yilga o‗sayotganligi (bu ko‗rsatkich ham do‗stlik davlatlari 
bo‗yicha 78,4 % ni, Rossiyada esa 73,3 % ni tashkil etdi), 2015 yilda MDH 
mamlakatlarida YAIM hajmi 2000 yilga nisbatan 93,9% ni tashkil etgan bir 
paytda, bu davlatlar o‗rtasida O‗zbekistonda birinchi bo‗lib, YAIM hajmining 


83 
2016 yilga kelib 7,8 % ga o‗sishi kuzatilganligi iqtisodiyotni isloh etishning 
―o‗zbek modeli‖ samaradorligini aks ettiruvchi muhim ko‗rsatkich hisoblanadi. 
O‗zbekistonda nodavlat mulk shakllarini rivojlantirish quyidagi ikki yo‗l 
orqali amalga oshirilmoqda:
1. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish. 
2. Huquqiy va jismoniy shaxslar bilan nodavlat korxonalari tashkil etish.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida O‗zbekiston qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlari natural tarkibining o‗zgarishi yaxshilanmoqda (4.1.1-
jadval). 
Avval ta‘kidlab o‗tganimizdek, mamlakatimizda mulkni 
xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishning muhim jihati uni 
amalga oshirishning bosqichma-bosqichligidadir. 
 
4.1.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə