Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Agrosanoat 
uyushmalari 
– 
sheriklarining 
xo‗jalik 
faoliyati 
muvofiqlashuviga (qishloq xo‗jaligi va qayta ishlovchi korxonalar, savdo 
tashkilotlari) va ularning ishtirokini mahsulot realizatsiyasidan tushgan foydani 
taqsimlashda teng foyda ko‗rilishining ta‘minlanishiga asoslangan notijorat 
tashkilotdir. 
Konsern – 
qatnashuv tizimi, moliyaviy aloqalar, manfaatlar umumiyligi 
haqidagi shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan birlashuv shaklidir. 
Agroklaster
– qishloq xo‗jaligining davlat – ilmiy-tadqiqot – qayta
ishlash – biznes kabi subyektlarning o‗zaro bozor tamoyillariga mos 
munosabatlarini mujassamlashtirgan subyektdir. 
Iqtisodiy munosabatlar 
– bu ishlab chiqarish jarayonida korxonalarning 
iqtisodiy manfaatlarini ro‗yobga chiqaruvchi munosabatlar shaklidir. 
Xo„jalik shartnomasi 
– ishlab chiqarish jarayonida ikkala tomonning 
majburiyatlarini belgilab beruvchi hujjat bo‗lib, bu hujjat orqali korxona va 


78 
tashkilotlar ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‗rsatilgan xizmatlar hajmi bahosi 
va ta‘riflarini tartibga soladi, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
hajmi, sifati buzilganda, tovarlarni sotish muddati o‗tib ketganda tegishli 
choralar ko‗riladi. 
Kontraktatsiya shartnomasi – 
bu shunday hujjatki, bunda qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotini 
ishlab 
chiqaruvchi 
yetishtirilgan 
mahsulotni 
tayyorlovchiga yetkazib beradi, tayyorlovchi mahsulotni qayta ishlash yoki 
sotish uchun ushbu tovarni olishi va belgilangan tartibda to‗lovni amalga 
oshirishi zarur. 
Oldi-sotdi shartnomasi – 
bu shartnomada bir tomon (sotuvchi) ikkinchi 
tomonga (sotib oluvchi) tovarni sotishi, sotib oluvchi esa ushbu tovarni ma‘lum 
narxga sotib olishi kerak. Sotuvchi tovar ishlab chiqaruvchi ham bo‗lishi 
mumkin yoki ulgurji va chakana tashkilotlar bo‗lishi ham mumkin. Bu 
shartnoma ayni vaqtda sotuvchida mavjud bo‗lgan tovarga yoki kelgusida ishlab 
chiqariladigan tovarga tuzilishi mumkin. Sotuvchi tovarni shartnomaga muvofiq 
nomi, miqdori, sifati, o‗rami, qadoqlanishiga qarab ko‗rsatilgan muddatda va 
belgilangan joyga yetkazib berishi shart.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə