Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
 
3.4. Oziq-ovqat va aholi iste‟mol mollari majmuasi. Davlatning oziq -
ovqat xavfsizligi 
 
O‗zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab
hukumatimiz tomonidan aholini muntazam ravishda oziq -ovqat mahsulotlari 
bilan ta‘minlashni ijtimoiy siyosatning ustuvor vazifalaridan biri qilib 
belgiladi. Ushbu siyosat izchillik bilan amalga oshirilib va takomillas htirilib 
borilmoqda. Jumladan, mustaqillikning dastlabki yillarida aholini zarur 8 
turdagi mahsulotlar bilan ta‘minlash va ushbu mahsulotlar narxlarini 
nazorat qilib turilganligini misol qilib keltirish mumkin. So‗ngra aholi 
tomorqa yerlari hajmining kengaytirilishi, chorvachilik komplekslarini 
xususiylashtirish, shaxsiy tomorqa xo‗jaliklariga huquqiy maqom berilishi 
va shu asosda ichki o‗zini-o‗zi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlash 


71 
siyosatining qo‗llanishi ham bu sohada amalga oshirilayotgan tadbirla rning 
nechog‗liq to‗g‗ri ekanligidan dalolat beradi (3.4.1-jadval). 
Shu bilan bir qatorda milliy oziq-ovqat ta‘minotini ta‘minlovchi 
kompleks 
choralar 
ishlab 
chiqish 
―O‗zbekoziq-ovqat‖ 
holding 
kompaniyalari oziq-ovqat mahsulotlari ta‘minotidagi murakkablik tashkilot 
va oziq-ovqat mahsulotlarining xorijdan xarid qilishga bog‗liq bo‗lib qolish 
mumkinligi kabi muammolarga yechimlar topish bugungi kundagi dolzarb 
masalalardan biri bo‗lib turibdi.
Ularga erishish uchun muhim yo‗nalishlar quyidagicha ifodalanadi:

mamlakat va hududiy oziq-ovqat mahsulotlari fondini oziq-ovqat mahsulotlari 
va xom-ashyoning asosiy turlari bilan to‗liq hajmda shakllantirish hamda 
agrosanoat majmuini eksportga yo‗naltirish uchun ishlab chiqarishni yetarli 
darajada barqaror rivojlanishini rag‗batlantirish; 

oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilish qobiliyatini oila byudjetidan sarf 
qilinadigan xarajatlar miqdorini 30-35 foizgacha qisqartirgan holda tibbiy 
meyorlar bo‗yicha (3500 kkl/kun) iste‘mol qilish darajasigacha ko‗tarish; 

oziq-ovqat, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari (paxta-tola) eksporti hisobiga 
yetishmayotgan oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo importi uchun zarur 
valyuta resurslari zaxirasini yaratish va uning tarkiblarini takomillashtirish; 

oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‗zini-o‗zi ta‘minlash darajasini barqaror 
oshirish, import hajmini qisqartirish va import o‗rnini bosuvchi ishlab 
chiqarishni rivojlantirishni ta‘minlovchi tashkiliy-iqtisodiy chora-tadbirlar 
qabul qilish. 
O‗zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqarorligi va kelajakdagi 
o‗sishi ichki bozordagi oziq-ovqat mahsulotlari va qishloq xo‗jaligi xom-
ashyosiga talab va taklifni barqarorlashtirish hamda jahon bozorida faol 
faoliyatini amalga oshirishga bog‗liq. 
Bunda davlatning agrar siyosati agrosanoat majmuini, jumladan, oziq-
ovqat mahsulotlari quyi majmui tarmoqlarini va mahsulotlarning aniq turlarini 
ishlab chiqarishni rivojlantirish iqtisodiy qo‗llab-quvvatlashga qaratilgan choralar 
tizimini ishlab chiqishga qaratilgan bo‗lishi lozim. 
Bu siyosatning ustivor vazifasi – mamlakatni ijtimoiy rivojlantirish va 
iqtisodiy o‗sishi hamda importni ratsional darajada qisqartirgan holda 
agrosanoat majmuini eksportga yo‗naltirish uchun mos ravishda zarur bo‗lgan 
hajmlarda aholini oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatni xom-ashyo bilan 
ta‘minlash bo‗yicha samarali agrosanoat ishlab chiqarishini yaratishdir.


72 
3.4.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə