Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Yalpi mahsulot qiymati 
majmua tarkibidagi barcha 
korxonalar bir yilda ishlab chiqargan tayyor mahsulotlarning, ko‗rsatgan 
xizmatlarning bozor baholaridagi qiymatidan iborat. Ayrim korxonalarda ishlab 
chiqarilgan ba‘zi mahsulotlarning ma‘lum bir qismidan korxona ishlab 
chiqarishini rivojlantirish uchun foydalaniladi, ma‘lum miqdordagisi esa shu 
yilning o‗zida sotilmay qoladi. 


66 
Yalpi mahsulot qiymatini hisoblashda mahsulotlarning bir necha marta 
hisobga olinishini bartaraf etish maqsadida agrosanoat majmuasining barcha 
tarmoqlarida yaratilgan qo‗shilgan qiymat summasini hisobga olish maqsadga 
muvofiqdir. Chunki, qo‗shilgan qiymat – bu korxona tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulot qiymatidan yetkazib beruvchilardan sotib olingan va 
iste‘mol qilingan xom-ashyo va materiallar qiymati (amortizatsiya summasidan 
tashqari) chiqarib tashlanganidan so‗ng qolgan qismining bozor baholaridagi 
qiymatidir. Majmua yalpi mahsulotining haqiqiy baholardagi qiymatini 
respublika yalpi milliy mahsuloti tarkibidagi salmog‗ini aniqlab, uning 
mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi va o‗zgarishini ham aniqlash mumkin. Agarda 
agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining respublika yalpi milliy mahsulotidagi 
salmog‗i o‗sayotgan bo‗lsa, yalpi milliy mahsulot oshgan holda majmuaning 
mamlakat iqtisodiyotidagi o‗rni yuksalayotganligidan dalolat beradi. Agrosanoat 
majmuasi yalpi mahsulotining haqiqiy baholarda hisoblangan qiymatidan shu 
yildagi asosiy iqtisodiy ko‗rsatkichlarni, jumladan, ishlab chiqarishning 
rentabellik darajasini, mehnat unumdorligini, fondlar qaytimini aniqlashda 
foydalanish mumkin. Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotining qator yillardagi 
o‗zgarishini aniqlash uchun uning yalpi mahsuloti qiymatini o‗zgarmas, ya‘ni 
qiyosiy baholarda aniqlash maqsadga muvofiqdir. Hozirgi davrda qiyosiy baho 
sifatida 2003 yildagi o‗rtacha baholar olinmoqda. Shu tartibda yalpi 
mahsulotning qiymati aniqlanib, uni avvalgi yillardagi raqamlar bilan taqqoslash 
orqali agrosanoat majmuasi yalpi mahsuloti qiymatining o‗zgarishini aniqlash 
mumkin. Shunday qilib, yalpi mahsulot qiymatiga va boshqa ko‗rsatkichlar 
darajasiga baholar o‗sishining ta‘siri bartaraf etiladi. Agrosanoat majmuasi yalpi 
mahsulotining 2003 yil baholaridagi qiymati majmuaning real yalpi mahsuloti 
ekanligidan dalolat beradi. Shu real yalpi mahsulot qiymati ko‗rsatkichidan 
foydalangan holda agrosanoat majmuasida qator yillardagi mehnat unumdorligi, 
fondlar qaytimi, sig‗imi kabi ko‗rsatkichlar darajasini aniqlab, ularning 
o‗zgarishini ham bilib olish, bu ko‗rsatkichlarni majmua tarkibidagi tarmoqlar 
miqyosida aniqlab, ularning o‗zgarishini tahlil qilish mumkin. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə