Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


respublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

respublika agrosanoat majmuasining yalpi mahsuloti
bu 
majmua tarkibidagi tarmoqlar korxonalari bir yil mobaynida ishlab chiqargan 
tayyor mahsulot va ko‗rsatgan xizmatlar miqdoridan tashkil topadi. Yalpi 
mahsulotning miqdori har bir tarmoq bo‗yicha absolyut, ya‘ni natural 
ko‗rsatkichlar yordamida hisoblanadi (tonna, dona, banka, litr, shisha idishda, 
tonna.km, et.gektar). Bu ko‗rsatkichlar yordamida agrosanoat majmuasidagi 
tarmoqlar yalpi mahsulotining miqdori alohida-alohida aniqlanib, avvalgi 
yillardagi raqamlar bilan taqqoslanib, tarmoqlarning qanday holatdaligi 
aniqlanadi. Masalan, qishloq xo‗jaligi mashinasozligi korxonalari 2000 yilda 
2286 dona traktor, 206 dona paxta terish mashinalari ishlab chiqargan bo‗lsa, 
2015 yilda esa 2340 dona traktor va 540 donadan paxta terish mashinalari ishlab 
chiqargan. Bu raqamlar shu muddatda tarmoq mahsulotlarining ko‗payib 
borayotganligini isbotlaydi. Shu yillarda qishloq xo‗jaligida g‗alla yetishtirish 
2,8 mln tonnadan 7,3 mln. tonnaga yetgani uning hajmi 2,6 martaga oshganligini 
ko‗rsatadi. Natijada non va non mahsulotlari ishlab chiqarishi sezilarli darajada 
ko‗paydi. Paxta xom-ashyosi yetishtirish hajmi 2000-2015 yillarda 3,6 mln. 
tonnadan 3,3 mln. tonnaga tushgan, ya‘ni 9,2 foizga kamaygan. Shuning 
natijasida, paxta tolasining miqdori ham 1,2 mln tonnadan 1,05 mln tonnaga 
tushgan yoki 12,5 foizga kamaygan. Bunday hol o‗simlik yog‗i, sovun ishlab 
chiqarish hajmining kamayishiga olib kelgan. Shu yillarda spirtli ichimliklar 
ishlab chiqarish nisbatan oshgan. 
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek, 
…..2020-yilgacha paxta xom-ashyosini yetishtirish va uni davlat tomonidan 
xarid qilish hajmini 3 million 350 ming tonnadan 3 million tonnaga bosqichma-
bosqich qisqartirish haqida so‗z bormoqda. 
Hisob-kitoblar shuni ko‗rsatmoqdaki, shunday hajmdagi yetishtiriladigan 
paxta hosili, bir tomondan, xom-ashyoni o‗zimizda chuqur qayta ishlashni 
inobatga oladigan bo‗lsak, avvalo, to‗qimachilik va yengil sanoatning ana shu 
xom-ashyoga bo‗lgan ehtiyojini nafaqat to‗la ta‘minlaydi, balki O‗zbekistonning 
jahon bozoriga paxta tolasi va undan tayyorlanadigan mahsulotlar yetkazib 
beradigan mamlakat sifatidagi mustahkam mavqeini saqlab qolish imkonini ham 
beradi‖. 
Lekin bu natural ko‗rsatkichlar agrosanoat majmuasining umumiy holatini 
ifodalay olmaydi. Buning uchun agrosanoat majmuasi yalpi mahsulotining 
qiymatini aniqlash lozim. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə