Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Komissiya shartnomasi 
– ho‗l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot 
mahsulotlari ―O‗zagroeksport‖ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi 
tomonidan xorijiy sheriklar bilan to‗g‗ridan-to‗g‗ri tuzilgan eksport 
shartnomalari, shuningdek fermer va dehqon xo‗jaliklari, agrofirmalar va qayta 
ishlash korxonalari o‗rtasida tuziladigan komissiya shartnomalari hisoblanadi. 
ASMning iqtisodiy mexanizmi tovar ishlab chiqaruvchilarni o‗zida 
mujassam etadi. Asosiy maqsad ularni ishlab chiqarish va investitsiya 
faoliyatiga bo‗lgan motivatsiyasini kuchaytirish mexanizm asosini narx va 
moliya-kredit munosabatlarining o‗zaro bog‗liqligi tashkil etadi. Uning asosiy 
vositalari– baho, soliqlar, kredit, sug‗urta hisoblanadi.
ASM iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‗jaligi va sanoat o‗rtasidagi teng 
almashinuvni, mahalliy ishlab chiqarishni samarali rivojlantirish hisobiga 
mahsulot bozorlarini to‗yintirishni ta‘minlab berishi kerak.
Bozor sharoitida qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishda yuqori 
samaradorlikka faqatgina iqtisodiy jihatdan asoslangan narx siyosati orqali 
erishish mumkin. Chunki narx nafaqat bozor muvozanati orqali, balki ishlab 
chiqarish xarajatlari va har bir tovar ishlab chiqaruvchining iqtisodiy 
imkoniyatlari uyg‗unligidan tashkil topadi. 
Tovar ishlab chiqaruvchi uchun shu narsa muhimki, sotish baholari foyda 
olish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish imkonini 
berishi lozim. Biroq ayrim qishloq xo‗jaligi mahsulotlari narxlari hamma vaqt 
ham yetarlicha rentabellikka ega emas, ayniqsa chorvachilikda sarflagan mehnat 
va moddiy xarajatlarni oqlamaydi. 
 
3.3. Agrosanoat majmuasida ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik 
ko„rsatkichlari darajasi
Respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlarning tashkiliy
texnikaviy, texnologik, iqtisodiy hamda ijtimoiy o‗zaro bog‗lanishi, ya‘ni 
integratsiyalashuvi natijasida mehnat taqsimoti amalga oshirilmoqda. Bu hol 
agrosanoat majmuasi ixtiyoridagi barcha resurslardan, shu jumladan 
cheklanganlaridan ham samarali foydalanilishni ta‘minlashga, texnika va 
innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga, ishlab chiqarish jarayonlarini 
tarkibiy o‗zgartirish va diversifikatsiyalash hamda mexanizatsiyalashtirishga, 
avtomatlashtirishga, 
elektrlashtirishga, 
kompyuterlashtirishga 
hamda 
tarmoqlarni boshqarishni takomillashtirishga qaratilgan. Ularning talab 
darajasida amalga oshirilishi natijasida xaridorgir, raqobatbardosh oziq-ovqat 
hamda xalq iste‘moli mollari ishlab chiqarish hajmi ortadi. Ular iste‘molchilarga 
sifatli va qulay usullar bilan yetkazib berilishi natijasida aholining shu 
mahsulotlar bilan ta‘minlanishi darajasi ortib, majmua tarkibidagi tarmoqlarning 
foydalari ko‗payadi. Natijada agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorligi 
yuksaladi.


65 
Agrosanoat majmuasining iqtisodiy samaradorlik darajasini qator 
ko‗rsatkichlar yordamida aniqlash mumkin. 
Jumladan, 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə