Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Yetkazib berish shartnomasi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Yetkazib berish shartnomasi. 
Ushbu shartnomaga muvofiq tadbirkorlik 
faoliyati bilan shug‗ullanadigan sotuvchi – ta‘minotchi (yoki yetkazib beruvchi) 
kelishilgan muddatda yoki tovar ishlab chiqariladigan yoki sotiladigan muddatda 
tijorat maqsadlarida foydalanish uchun tovarlarni yetkazib beradi.
Yetkazib berish shartnomasi – bu shartnomaning mustaqil turi emas, balki 
oldi-sotdi shartnomasining bir ko‗rinishi. Bunda oldi-sotdi shartnomasi singari 
mulkdorlik huquqi xaridorda bo‗ladi. Shartnomada tovarning miqdori, 
assortimenti, sifati, bahosi, to‗lov turi, qadoqlanishi va shu kabi sifatlari 
haqidagi kelishuvlar aks etmaydi.
Biroq, ushbu shartnomaning o‗ziga xos belgilari mavjudki, ular oldi-sotdi 
shartnomasining boshqa ko‗rinishlarida uchramaydi. Bular: yetkazib berish 
shartnomasida sotuvchi yetkazib beruvchi sifatida – tadbirkor (tijorat tashkiloti 
yoki yakka tadbirkor), oldi-sotdi shartnomasida – har qanday jismoniy va 
yuridik shaxs namoyon bo‗ladi. Ikkinchi muhim belgi – tovarni sotib olish 
maqsadidir. Yetkazib berish shartomasida tovar tadbirkorlik qilish maqsadida 
(sanoatda qayta ishlash, keyingi sotuv va boshqalar) sotib olinadi. Ushbu 
maqsad shaxsiy, uy, oilaviy iste‘mol bilan bog‗liq emas. Aksincha, oldi-sotti 
shartnomasida tovarlar oldi-sottisi shaxsiy va oilaviy iste‘mol uchun ham 
amalga oshiriladi. Shunday qilib, yetkazib berish shartnomasida ikkinchi tomon 
ham ko‗pincha tadbirkor hisoblanadi. 
Ijara shartnomasi 
ASM korxonalari 
xo‗jaligi faoliyatida muhim o‗rin egallaydi. Shartnoma bo‗yicha ijaraga 
beruvchi ijarachiga mol-mulkni to‗lov evaziga vaqtinchalik egalik qilish yoki 
foydalanishga berishi lozim.
Ijarachi tomonidan olingan mahsulot va daromadlar shartnomada 
kelishilganidek, uning mulki hisoblanadi.
Ijaraga ishlab chiqarish jarayonida o‗zining tabiiy xususiyatini 
yo‗qotmaydigan narsalar beriladi. Bular: yer uchastkalari, korxonalar, bino 
inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqalar.
Shartnoma tomonlari – ijaraga beruvchi va ijarachi, ya‘ni mol-mulkni 
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonlar. Mol-mulkni ijaraga berish huquqi 
uning mulkdoriga berilgan bo‗lib, bundan tashqari, ijaraga beruvchilar qonun 
tomonidan ijaraga berish huquqi berilgan shaxslar bo‗lishi mumkin.
Ijara shartnomasi shartnomada belgilangan muddatda tuziladi. Agar 
muddat ko‗rsatilmagan bo‗lsa, unda shartnoma noma‘lum muddatga tuzilgan 
hisoblanadi. Bunday vaqtda har ikkala tomon istalgan paytida shartnomadan voz 
kechishi mumkin. Shartnomani bekor qilishdan bir oy oldin bir tomon ikkinchi 
tomonni ogohlantiradi, agar ko‗chmas mulk ijarasi bo‗lsa uch oy oldin ma‘lum 
qilinadi.
Mulkdan foydalanganlik uchun ijara haqi belgilanadi. Shartnomada ijara 
haqining miqdori, to‗lash tartibi, muddati ko‗rsatiladi. 


64 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə