Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Aholi jon boshiga to„g„ri keladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Aholi jon boshiga to„g„ri keladigan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarish dinamikasi
14
 
 
Davlat oziq-ovqat siyosatining asosiy yo‗nalishlari ustuvor vazifasini 
amalga oshirishda quyidagi vazifalar hal qilinishi lozim:

agrosanoat 
ishlab 
chiqarishini 
rivojlantirishning 
dasturiy-meyoriy 
hujjatlarini hamda aniq dasturlarni davlat va hududlararo miqyosdagi qisqa va 
o‗rta muddatli tadbirlarga ajratgan holda ishlab chiqish va amalga oshirish; 

oziq-ovqat mahsulotlari va xom-ashyo resurslarini, tovar ishlab 
chiqaruvchilarni iqtisodiy rag‗batlantirish va bozor infrastrukturasini rivojlantirish 
asosida shakllantirishning samarali mexanizmini joriy qilish, jahon bozorida 
mamlakatimiz tovar ishlab chiqaruvchilari faoliyatini jadallashtirishni ta‘minlash 
maqsadida tashqi iqtisodiy siyosatni erkinlashtirish; 

agrar-iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
evaziga 
narxlar 
va 
daromadlar mutanosibligi, takomillashgan soliq, kredit, sug‗urta va boshqa 
omillarni ta‘minlash uchun qishloq xo‗jaligi va sanoat mahsulotlari o‗rtasidagi 
narxlash munosabatlarini tartibga solish mexanizmini ishlab chiqish, agrosanoat 
14
Manba: O‗zbekiston Respublikasi Davlat statistika qо‗mitasi ma‘lumotlari asosida hisoblangan. 
Mahsulot 
turi 
O„lchov 
birligi 
2000 y 2012 y 
2013 y 
2014 y 
2015 y 
 
2016 y 
2016 yilda 
2000 yilga 
nisbatan, % 
Don 
kg 
159 
253,0 
258,1 
260,1 
261,9 
259 
162,9 
Kartoshka 
kg 
30 
69,2 
74,4 
76,3 
77,1 
93 
310,0 
Sabzavot 
kg 
107 
261,5 
281,6 
291,3 
294,4 
354 
330,8 
Meva va 
rezavor 
kg 
32 
69,1 
74,8 
76,2 
77,3 
96 
300,0 
Uzum 
kg 
25 
40,6 
43,7 
45,3 
46,3 
55 
220,0 
Poliz 
kg 
18 
47,8 
51,5 
60,1 
65,3 
64 
355,6 
Go‗sht 
(tirik 
vaznda) 
kg 
34 
56,3 
59,1 
62,3 
63,1 
68 
200,0 
Sut 
kg 
147 
246,2 
260,7 
270,3 
275,4 
305 
207,5 
Tuxum 
Dona 
51 
130,4 
144,8 
150,3 
153,1 
193 
378,4 


73 
ishlab chiqarishini indikativ rejalashtirish va bashorat qilishning zamonaviy 
tizimini yaratish; 

sohani 
modernizatsiyalash 
natijasida 
yer-suv 
munosabatlarini 
takomillashtirish, yerdan foydalanishda davlat nazoratini kuchaytirish; yirik 
tovar ishlab chiqarishning buzilgan quvvatlarini tiklash, xo‗jalik yuritishning 
barcha shakllarida huquqiy va iqtisodiy tenglikni ta‘minlash; 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotishda 
agroservis xizmatida, savdo va kreditlashda mulkchilikning turli shakllaridagi 
korxonalarning kooperatsiya va integratsiyasini rivojlantirishni rag‗batlantirish; 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta 
ishlashning 
samarali, 
energiya 
quvvatlari 
va 
resurslarni 
tejaydigan 
texnologiyalarni keng qo‗llash, agrosanoat majmuini davlat siyosatining yagona 
obyekti sifatida tashkiliy-huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va ajratish, 
boshqaruv tizimini takomillashtirish; 

agrosanoat ishlab chiqarish va ASM ni yuritish tizimini rivojlantirishning 
hududiy dasturini ishlab chiqish va tadbiq qilish asosida oziq-ovqat 
mahsulotlari muammolarini yechishda hududlarning ahamiyatini kuchaytirish 
va hokazo. 
Mamlakat oziq-ovqat ta‘minotini yaxshilashda dastlabki qadamlar 
mahsulot ishlab chiqaruvchilar va davlat boshqaruvi o‗rtasidagi o‗zaro 
munosabatlarni faollashtirish hisoblanadi. 
Bu 
jarayon 
bevosita 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlari 
ishlab 
chiqaruvchilariga bog‗liq holda amalga oshirilishi lozim, biroq u davlat va 
mahalliy darajadagi qo‗llab-quvvatlashni talab etadi. Birinchi navbatda 
davlatning ishtiroki ulgurji oziq-ovqat mahsulotlari bozori infratuzilmalarining 
kapital sig‗imini yaratishda moliyalashtirish uchun juda zarur: mahsulotlarni 
saqlash bazalari, unga ishlov berish, saralash va tashish, shuningdek, 
axborotlar bilan ta‘minlash shular jumlasidandir. 
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini 
oshirish va import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari darajasini pasaytirish 
uchun quyidagi choralar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish zarur:

oziq-ovqat ta‘minoti konsepsiyasini, ichki bozorni mahalliy ishlab 
chiqarilgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗ldirishning respublika va 
hududiy dasturini ishlab chiqish; 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining o‗sishini ta‘minlash va 
ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini 
oshirish uchun ishlab chiqarish omillaridan (texnologiya, xom-ashyo, 
materiallar, qishloq xo‗jaligi resurslari)dan foydalanish samaradorligini 
oshirish choralari; 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan tarmoqlarni ishlab chiqarish-
texnologik qurollantirishni tezlashtirish uchun chet el investitsiyalarini jalb 
qilish bo‗yicha choralar; 


74 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha zamonaviy va innovatsion 
texnologiyalarga egalik qilish uchun valyuta bozorlarini shakllantirish asosi 
sifatida mahalliy xom-ashyodan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari 
eksporti hajmini oshirish bo‗yicha choralar; 

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qishloq xo‗jaligi va agrosanoat 
majmui tarmoqlarida bozor va tarkibiy o‗zgarish va diversifikatsiyalashni 
chuqurlashtirish bo‗yicha choralar;

oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha zamonaviy mahalliy qayta 
ishlovchi uskuna va innovatsion texnologiyalarni yaratish bo‗yicha choralar 
va boshqalar.
Qishloq xo‗jaligi korxonalarini qayta tashkil qilish jarayonida qishloqda 
xususiy mulk sinfi shakllandi. Bundan tashqari, sho‗rolar davrida iste‘molining 
80 foizi import hisobidan ta‘minlab kelingan mamlakatimiz o‗ta qisqa fursat 
ichida g‗alla mustaqilligiga erisha oldi. Natijada g‗alla yetishtiriladigan 
maydonlar salkam to‗rt baravar yoki 1451,6 ming gektarga, sug‗oriladigan 
yerlarda esa bevosita 3,8 baravar yoki 1563,7 ming gektarga yetdi. Paxta ekin 
maydonlari 348,1 ming gektarga qisqardi. Sug‗oriladigan yerlarda qishloq 
xo‗jaligi ekinlarini yetishtirish ilmiy asoslangan parametrlarga yaqinlashtirildi: 
ekin maydonlari tarkibida g‗alla ekinining ulushi 40,6 foizga, paxta 
maydonining ulushi esa 43,6 foizga yetkazildi. 
O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek, 
―Paxta yetishtirish hajmini 350 ming tonnaga qisqartirish hisobidan 170 ming 
500 gektar sug‗oriladigan yer paxtadan bo‗shaydi. Bu jarayonda, albatta, avvalo 
mamlakatimiz bo‗yicha paxta hosildorligi gektaridan o‗rtacha 26,1 sentnerni 
tashkil etib turgan bir paytda hosildorligi 12-15 sentnerdan oshmaydigan past 
bonitetli yerlarni paxtadan bo‗shatishga e‘tibor qaratiladi. Asosan sho‗rlangan, 
shuningdek, paxta yetishtirishga yaroqsiz bo‗lgan tog‗oldi yerlariga g‗o‗za 
ekilmaydi. 
Bunday qarorga kelishimizning yana bir sababi borki, u ham bo‗lsa, 
so‗nggi yillarda jahon bozorida paxta tolasining narxi va unga bo‗lgan talabning 
keskin pasayib ketishi bilan bog‗liqdir. 
Paxtadan bo‗shagan ekin maydonlarida avvalo, sabzavot va kartoshka, 
shular qatorida ozuqa ekinlari, yog‗-moy olinadigan va boshqa o‗simliklar 
ekiladi, bog‗ va uzumzorlar barpo etiladi‖.
15
Demografik jarayonlar hamda yer-suv resurslari taqchilligi yanada 
murakkablashib borayotgan bir sharoitda hosildor ekin maydonlari tarkibining 
bozor munosabatlari talablaridan kelib chiqib o‗zgartirilishi sabzavot, kartoshka 
mahsulotlari miqdorining ko‗payishi bilan bir qatorda, don va dukkakli 
15
Karimov I.A.Bosh maqsadimiz–mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni
iqtisodiyotimizda tarkibiy o‗zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va 
tadbirkorlikka yanada keng yo‗l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir// Хalq so‗zi, 2016yil 16 yanvar.


75 
o‗simliklar, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlarining turlari hamda 
assortimenti kengayishiga asos bo‗lib xizmat qildi. 
Mustaqillik sharofati bilan moyli ekinlarga bo‗lgan munosabat ijobiy 
tomonga 
o‗zgardi. 
Ya‘ni, 
paxta 
yakkahokimligi 
sharoitida 
ilgari 
mamlakatimizda yetishtirilmagan yoki yetarli e‘tibor berilmagan kungaboqar, 
saflor, soya va qand lavlagi kabi moyli ekinlar maydonlari sezilarli darajada 
ko‗paydi. Ushbu ekinlarni qayta ishlovchi maxsus ishlab chiqarish korxonalari 
tashkil etildi. 
Erishilgan natijalar raqamlarda ifoda etiladigan bo‗lsa, istiqlol yillarida 
don mahsulotlarini yetishtirish 6,5 baravar, kartoshka – 3,8 baravar, sabzavot, 
meva, uzum – 3,2 baravar, chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish o‗rtacha 1,5 – 
1,8 baravarga ko‗paydi. 
Yurtimiz asrlar davomida oziq-ovqat mahsulotlari bilan nafaqat o‗zini 
o‗zi to‗la boqib kelgan, balki qo‗shni davlatlarga eksport ham qilib kelgan. 
Lekin mustamlaka davrida O‗zbekiston sobiq tuzum yengil va to‗qimachilik 
sanoatini arzon va sifatli paxta-xomashyosi bilan ta‘minlovchi bazaga 
aylantirildi. Shu bois, yurtimizga oziq-ovqat mahsulotlarining muayyan qismi 
boshqa respublikalardan olib kelina boshlandi. 2001 yilga kelib O‗zbekiston 
yana don eksport qilish darajasiga yeta oldi. 
O‗zbekiston tashqi savdo aylanmasining umumiy eksporti hajmida oziq-
ovqat mahsulotlarining ulushi 2000 yilda atigi 3,5 foizni tashkil etgan bo‗lib, 
2015 yilda u 12,5 foizga yetdi. Va aksincha, davlatning oziq-ovqat importiga 
qaramlilik darajasi qisqarishi kuzatilmoqda. Ya‘ni 2000 yilda oziq-ovqat 
mahsulotlari importi 10,5 foizni tashkil etgan bo‗lsa, 2015 yilda mazkur 
ko‗rsatkich 6,1 foizga tushdi. Bunday natijaga nafaqat meva, sabzavot-poliz, 
konserva kabi mahsulotlarni keng hajmda ishlab chiqarilishi, balki un-non, 
go‗sht va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga ham erishildi.
Mamlakat agrar sektori ertapishar va tezpishar meva hamda sabzavot, 
poliz, yong‗oq, pista-bodom kabi mahsulotlarni ishlab chiqarishda katta 
salohiyatga ega. Takliflar ichki talabdan yuqori bo‗lib, eksport hajmini oshirish 
uchun qulay imkoniyat yaratadi. 
Shu bois, qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish 
maqsadida dehqon va fermer xo‗jaliklari yetishtirgan meva-sabzavot 
mahsulotlarini sotib olish, ichki va tashqi bozorga olib chiqish va qayta ishlashni 
qo‗llab-quvvatlash maqsadida fermerlarning agrofirma kabi ixtiyoriy 
uyushmalari yana qaytadan tashkil qilindi. Agrofirmalar xorijiy davlatlarga 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini eksport qilish hajmlarining ko‗payishiga 
muayyan hissa qo‗shishmoqda. Masalan, birgina 2015 yilning o‗zida mavjud 
201 ta agrofirmaning 73 tasi yil davomida 49 ming tonnaga yaqin mahsulot 
eksport qilishga erishdi. 
Alohida ta‘kidlash lozimki, O‗zbekiston nafaqat xo‗jaliklararo va 
agrosanoat kooperatsiyalari hisobiga oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlamoqda, 


76 
balki u MDH davlatlari oziq-ovqat bozoriga ham o‗zining munosib hissasini 
qo‗shib kelmoqda. 
Hukumatimiz agrar sohaning barqaror rivojlanishi uchun katta ko‗mak 
berib kelmoqda. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə