Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Agrosanoat  majmuasining



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Agrosanoat 
majmuasining 
tarmoqlari 
bo„yicha 
mamlakat 
eksportidagi, ya‟ni valyuta tushumidagi salohiyati yoki ulushi. 
Uni bilish 
uchun agrosanoat majmuasi tarmoqlaridagi korxonalarning eksport qilgan 
mahsulotlariga, xizmatlariga olingan valyuta shaklidagi haq tushumlarining bir 
yillik yig‗indisini aniqlash zarur. Uni yagona valyuta birligida ko‗rsatish uchun 
AQSH dollarida davlat kursiga binoan aniqlash lozim, kelajakda o‗z mavqesini 
oshirib borayotgan pul birligida ham hisoblash maqsadga muvofiqdir. 
Agrosanoat majmuasi barcha valyuta tushumining respublika jami valyuta 
tushumiga nisbati bilan majmuaning salmog‗ini aniqlash mumkin. Hozirgi 
davrda bu ko‗rsatkichning salmog‗i 60 foizga yaqinlashib qolgan. Shundan 35-
40 foizini paxta tolasini sotishdan olinayotgan valyuta tashkil etmoqda.
Hozirgacha ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 7-8 foizi chetga 
eksport qilinmoqda. Hozirgi vaqtda O‗zbekiston Respublikasida yiliga 1200-


67 
1300 ming tonna paxta tolasi ishlab chiqarilmoqda, shundan 550-600 ming 
tonnasi xorijga eksport qilinmoqda. Toshkent paxta yarmarkasi orqali 800 mln. 
AQSH dollaridan 1 mlrd. AQSH dollari miqdorida paxta tolasidan tushadigan 
tushumni tashkil qilmoqda (3.1.1-jadval). 
Demak, mamlakat eksport salohiyatini belgilovchi muhim ko‗rsatkich 
bo‗yicha qishloq xo‗jaligi bilan ―O‗zbekoziq-ovqat‖, ―O‗zbekmeva-sabzavot 
kartoshka 
va 
poliz 
hamda 
uzum‖, 
―O‗zagroeksport‖, 
―O‗zpaxtayog‗sanoateksport‖ xolding kompaniyalarining salmog‗i katta. Bu 
yaxshi, lekin kelajakda paxta tolasini chetga sotishning maqsadga muvofiq 
miqdorini saqlagan holda uni qayta ishlab, iste‘mol uchun tayyor aholi iste‘moli 
tovarlari eksportga chiqarilishini rivojlantirishga alohida e‘tibor qaratish lozim. 
Shu bilan birga, qishloq xo‗jaligida sabzavot, poliz hamda bog‗dorchilik, 
chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash sohalarini rivojlantirib, olingan sifatli, 
ekologik jihatdan toza hisoblangan tayyor mahsulotlarni ham xorijiy davlatlarga 
sotishni rivojlantirishga alohida e‘tibor berish vaqti keldi. 
Bu muammoni hal etish jarayonida respublikada qayta ishlash 
tarmoqlarining rivojlanishi, yangi ish joylarining tashkil etilishi va savdo 
sohalarining taraqqiyotini ta‘minlanaydi. Natijada nafaqat iqtisodiy, balki 
aholini ish bilan ta‘minlashdek ijtimoiy ahamiyatga molik bo‗lgan muammo 
ham ma‘lum darajada hal etiladi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə