Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, korxonalarining rentabellik



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Agrosanoat majmuasi tarmoqlarining, korxonalarining rentabellik 
darajasi. 
Uni aniqlash uchun tarmoqlarning, korxonalarning sof foydasini jami 
xarajatlar summasiga taqsimlab, natijani 100 ga ko‗paytirish lozim. Chunki bu 
ko‗rsatkich foizda aniqlanadi. Shu bilan birgalikda agrosanoat majmuasining 
ijtimoiy samaradorligini aniqlashda bir qancha qo‗shimcha ko‗rsatkichlardan, 
jumladan, tarmoqlar bo‗yicha bir kishining o‗rtacha oyligi, kadrlarning 
malakasi, aholi jon boshiga ko‗rsatilayotgan xizmatlar miqdori va boshqalardan 
ham foydalanish mumkin. 
ASMning iqtisodiy mexanizmi qishloq xo‗jaligi va sanoatda tovar 
ayirboshlashni ta‘minlab beruvchi mexanizm hisoblanib, qishloq xo‗jaligiga 
yanada taraqqiy etishiga ko‗maklashadi. Bular jumlasiga baho, soliq, kredit va 
sug‗urta tizimlaridan to‗g‗ri foydalanish ahamiyat kasb etadi
13

O‗zbekiston Respublikasi hukumatining eng muhi vazifalaridan biri 
aholining iste‘mol tovarlariga nisbatan o‗sib borayotgan talabini qondirishdir. 
Chunonchi, aholi oziq-ovqat hamda nooziq-ovqat mahsulotlari bilan to‗liq 
ta‘minlanishi natijasida ularning farovon hayot kechirishlari uchun asos 
yaratiladi. Bu muammoni agrosanoat majmuasi hal etadi. Agrosanoat 
majmuasida barcha tarmoqlar o‗zaro uyg‗unlashishi (integratsiyalashuvi) hamda 
ixtisoslashishi natijasida aholining ikki xil ehtiyojini qondiradigan mahsulotlar 
ishlab chiqarilib, iste‘molchilarga yetkazib berilishi zarur.
Ulardan birinchisi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish. U oziq-ovqat 
mahsulotlari majmuasiini tashkil etadi. Unga non va non mahsulotlari, qandolat, 
shakar, go‗sht va go‗sht mahsulotlari, choy, uzum vinosi, sut, sabzavot, turli 
xildagi konservalar va boshqa mahsulotlar kiradi. Bu oziq-ovqat mahsulotlari 
inson organizmi uchun zarur moddalarni berib, uning sog‗lom o‗sishini 
ta‘minlaydi.
Shu bilan birga, agrosanoat majmuasi aholi uchun hayot kechirish 
jarayonida foydalaniladigan tovarlar ishlab chiqaradi. U aholi iste‘moli mollari 
majmuasini tashkil etadi. Unda poyafzal, kiyim-bosh, gazlamalar, sanoat spirti, 
13
Минаков И.А. и др. Экономика сельского хозяйства. М.: Колос, 2009. 29 с. 


69 
texnika yog‗lari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi. Shu majmua 
rivojlanishi bilan aholining yashash sharoiti yaxshi tomonga o‗zgaradi. Bunda 
aholining zarur bo‗lgan boshqa buyumlar, vositalar, shuningdek, uy-joy bilan 
ta‘minlanishi, unga turli xildagi xizmatlar ko‗rsatilishi va boshqalar ham 
e‘tiborga olinishi kerak. 
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanishi davlatning oziq-
ovqat xavfsizligiga ham bog‗liq. Chunki mamlakat miqyosida oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi unga bo‗lgan mamlakat ehtiyoji tashqi 
omillarga (chet el davlatlariga) bog‗lanmagan holda ta‘minlashi lozim. Buning 
natijasida, mamlakat miqyosida siyosiy-iqtisodiy hamda ijtimoiy barqarorlik 
ta‘minlanadi. O‗zbekiston Respublikasi sobiq SSSR tarkibida bo‗lgan davrda 
uning un va un mahsulotlariga bo‗lgan talabi asosan chetdan keltiriladigan 
mahsulotlar evaziga qondirilardi. Bu holatni respublika mustaqilligi davrida 
saqlab qolish mutlaqo maqsadga muvofiq emas edi. Shuning uchun ham 
respublika hukumati o‗tish davrining birinchi yillaridan boshlab, g‗alla 
mustaqilligi siyosatini amalga oshirdi. Bunga erishish uchun samarali 
hisoblangan paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmini kamaytirishga harakat 
qilindi. Hozirgi davrda mahsulotning bu turi chet eldan sotib olinayotgani yo‗q, 
chunonchi, bu borada ham davlat xavfsizligiga erishilmoqda, lekin hozirgi 
davrda respublika aholisining go‗sht va go‗sht mahsulotlari, sut va sut 
mahsulotlari, yog‗ mahsulotlari bilan ta‘minlanish darajasi tibbiyot normativiga 
nisbatan past. Bu masalani hal etish maqsadida agrosanoat majmuasi markaziy 
bo‗g‗ini hisoblangan qishloq xo‗jaligining barcha tarmoqlarini intensiv 
rivojlantirishga alohida e‘tibor berilmoqda. Bunda chorvachilik tarmoqlarini 
ustuvor 
sur‘atlarda 
rivojlantirishga 
harakat 
qilinmoqda. 
Jumladan, 
parrandachilikni sanoat negizida rivojlantirishga alohida ahamiyat berilmoqda. 
Qoramolchilik, qo‗ychilik bilan shug‗ullanadigan nodavlat korxonalari uchun 
har tomonlama iqtisodiy imkoniyatlar yaratilmoqda. Ularni moliyaviy 
mablag‗lar bilan barqaror ravishda ta‘minlash maqsadida imtiyozli kreditlar 
berish yo‗lga qo‗yilmoqda, soliq imtiyozlari berilmoqda, ularning ishlab 
chiqarishlari uchun zarur bo‗lgan chet ellardan keltirilayotgan vositalar bojxona 
to‗lovlaridan ozod etilmoqda. Bularning hammasi xalq iste‘moli mollari 
miqdorini ko‗paytirishga yo‗naltirilgan tadbirlar hisoblanadi.
Aholining oziq-ovqat va xalq iste‘moli tovarlari bilan ta‘minlanishini 
yuksaltirish uchun eng avvalo, agrosanoat majmuasi tarkibidagi barcha 
tarmoqlarning 
moddiy-texnika 
bazasi 
mustahkamlanishini, 
fan-texnika 
yangiliklari hamda ilg‗or, samarali va innovatsion texnologiyalarning ishlab 
chiqarishga izchil joriy etilishini o‗zaro bog‗liq holda ta‘minlash zarur. Shu 
bilan birga majmua tarkibidagi qayta ishlash tarmoqlari ko‗lamini kengaytirib, 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar assortimentini ko‗paytirib, ularning 
raqobatbardoshligini ta‘minlab, sifatni saqlab, aholiga o‗z vaqtida yetkazib 
berilishiga erishish lozim. 


70 
Yuqorida ta‘kidlangan muammolarni hozirgi zamon talabi darajasida hal 
etish uchun: 

agrosanoat majmuasi tarkibidagi mashinasozlik, neft, kimyo va boshqa 
sanoat tarmoqlarining qishloq xo‗jaligini va uning mahsulotlarini qayta 
ishlovchi tarmoqlarni arzonroq, sifatli, raqobatbardosh, unumdor ishlab 
chiqarish vositalari bilan ta‘minlashlari; 

qishloq xo‗jaligi tarmoqlari mavjud bo‗lgan barcha ishlab chiqarish 
vositalaridan oqilona foydalangan holda talabni qondiradigan miqdorda 
sifatli va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishlari; 

qishloq xo‗jaligi tarmoqlarining rivojlanishini ta‘minlash maqsadida ularga 
turli xildagi xizmatlarni vaqtida, sifatli va arzon narxlarda amalga oshirish, 
jumladan, ekinlarni suv bilan, texnikalar, kimyoviy vositalar, o‗g‗itlar, 
ozuqa-yem, yoqilg‗i, yonilg‗ilar bilan ta‘minlash, texnikalarni ta‘mirlash va 
xizmatlar ko‗rsatish; 

qishloq xo‗jaligida yetishtirilgan mahsulotlarni nobud etmasdan, vaqtida 
sifatli tayyorlab, qayta ishlab, tayyor holda iste‘molchilarga yetkazib 
berilishini ta‘minlash lozim. Bunda mahsulotlarni sotib olib, qayta ishlash 
korxonalari ko‗lamini rivojlantirishga alohida e‘tibor berish lozim. 
Respublika Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganlaridek, qishloqqa sanoatni olib 
kirish kerak. Shu bilan tarmoqdagi aholining ish bilan ta‘minlanishi va real 
daromad olishi uchun katta imkoniyat yaratiladi; 

respublika agrosanoat majmuasi tarkibidagi tarmoqlar o‗rtasidagi barcha 
o‗zaro munosabatlarni (baholar, soliqlar, to‗lovlar) takomillashtirishga va 
ularni erkinlashtirishga qaratilgan tadbirlarni hamma bo‗g‗inlarda ishlab 
chiqib, ularning hayotga tatbiq etilishini ta‘minlashga erishish kerak. 
Bu tadbirlar tufayli aholining oziq-ovqat hamda iste‘mol tovarlari bilan 
tibbiyot meyorlari darajasida ta‘minlanishiga erishiladi. Bu hol davlatning oziq-
ovqat xavfsizligi ta‘minlanganligidan dalolat beradi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə