Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə62/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Qishloq xo„jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning davlat 
tomonidan qo„llab-quvvatlanishi quyidagilardan iborat: 
qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishini rivojlantirishda yakka tartibdagi ishlab chiqaruvchilar ahamiyatini 
kuchaytirish; ularning huquq va majburiyatlarini himoya qilish; dehqon va 
fermer xo‗jaliklariga samarali faoliyat olib borishlari uchun amaliy yordam 
berish; kichik va xususiy biznesning iqtisodiy asoslarini mustahkamlashda 
qo‗llab-quvvatlash; ularni aholi turmush tarzini oshirish va iqtisodiy o‗sishning 
muhim omiliga aylantirish; iste‘mol bozorlarini qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
bilan to‗ldirish va ulgurji savdo tizimini yanada rivojlantirish; mamlakat 
hududlarida import o‗rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini ko‗paytirish va 
eksportni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash. 
Xulosa qilib aytadigan bo‗lsak, jahonda iqtisodiy va oziq-ovqat inqirozlari 
tobora chuqurlashayotgan bir davrda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini 
ta‘minlash uchun yetarli darajada chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bunday 
agrar siyosat mamlakatimiz aholisi turmush darajasining oshishiga xizmat 
qilmoqda.
Kelgusida davlat o‗z aholisini ijtimoiy himoya qilish maqsadida asosiy 
turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxini nazorat qilishi lozim. Hozirgi vaqtda 
jahonning barcha rivojlangan 
mamlakatlarida 40-50 foiz oziq-ovqat 
mahsulotlarini narxi davlat tomonidan nazorat qilinadi. Kichik biznes va 
tadbirkorlikning rivojlanish darajasini hisobga olib, ichki oziq-ovqat 
mahsulotlari ishlab chiqarishdagi tadbirkorlik faoliyatini soliqning ortiqcha 
yukidan xalos etish, imtiyozli kreditlar ajratish, zarur texnologik vositalarini 
olishda yordam ko‗rsatish yo‗llari bilan davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlash 
siyosatini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
 
Asosiy tushunchalar 
Agrosanoat majmui (ASM) 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab 
chiqarish, qayta ishlash, taqsimot, ayirboshlash va iste‘moli bo‗yicha iqtisodiyot 
tarmoqlari o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlar majmuidir. ASM tarkibiga qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash saqlash, sotish ASM 
uchun ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish 
tarmoqlari kiradi. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə