Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


O„zbekiston qishloq xo„jaligida yalpi mahsulotning ulushi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

O„zbekiston qishloq xo„jaligida yalpi mahsulotning ulushi
19
 
Ko„rsatkichlar
 
Yillar
1995 
2000 
2005 
2010 
2015 
2016 
YAIMda qishloq xo‗jaligining ulushi 
(foizda)
32,4 
34,4 
29,5 
19,8 
18,3 
17,6 
AQSH iqtisodiyotida YAIMda qishloq xo‗jaligining ulushi 1980 yilda 3% 
tashkil etgan bo‗lsa, 2010 yilga kelib 1%ni tashkil etgan. 
Mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida qishloq xo‗jaligining ulushi asta-
sekin pasayib bormoqda. Masalan, 20 yil davomida u o‗zining 1995 yildagi 
32,4% darajasidan 2016 yilda 17,6 % gacha qisqardi. Bu iqtisodiyot industrial 
sektorning agrar sektordan bir muncha ilgarilab ketganligidan dalolat beradi. 
YAIMni yaratishda qishloq xo‗jaligining ulushi ishlab chiqarish kuchlari 
rivojlanish darajasiga nisbatan teskari bog‗liqdir. Masalan, rivojlanayotgan 
mamlakatlarda moddiy ishlab chiqarishda mazkur sohaning ulushi 2000 yildagi 
30,4 % dan 2016 yilda 44,8 % gacha pasaydi. 
Taraqqiy etgan mamlakatlar va MDH ning ba‘zi davlatlari uchun YAIM 
da qishloq xo‗jaligi ulushi past ko‗rsatkichga egadir. Masalan, 2010 yilda jahon 
YAIM da qishloq xo‗jaligining ulushi 4,0 % ni, AQSH esa 1,0 % ni, Fransiyada 
2 %, Yaponiyada 1 % ni, Turkiyada 12 % ni va Rossiyada 6,5% ni tashkil etdi. 
YAIMda qishloq xo‗jaligi ulushining yuqoriligi mazkur sohada ishlab chiqarish 
kuchlarining nisbatan past rivojlanganligini aks ettiradi. Bundan sohada mehnat 
unumdorligi past va bandlik darajasi nisbatan yuqori, degan xulosaga kelish 
mumkin. Masalan, AQSH YAIMida qishloq xo‗jaligi ulushiga nisbatan Rossiya 
YAIMida qishloq xo‗jaligining unumdorligi AQSH da Rossiyaga nisbatan 8 
marta yuqoridir. 
Agrar munosabatlar jamiyat iqtisodiy munosabatlar tizimining ajralmas va 
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur munosabatlar qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol qilish 
borasida huquqiy va jismoniy shaxslar o‗rtasidagi munosabatlarni ifoda etadi. 
Qishloq xo‗jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida yerga bo‗lgan 
mulkchilik munosabatlari agrar munosabatlarning yadrosi hisoblanadi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə