Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Kontraktatsiya shartnomasi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Kontraktatsiya shartnomasi. 
Bunda qishloq xo‗jaligi mahsulotini ishlab 
chiqaruvchi 
yetishtirilgan 
mahsulotni 
tayyorlovchiga 
yetkazib 
beradi, 
tayyorlovchi mahsulotni qayta ishlash yoki sotish uchun ushbu tovarni olishi va 
belgilangan tartibda to‗lovni amalga oshirishi zarur.
Demak, tomonlar – qishloq xo‗jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchisi va 
tayyorlovchisidir. Ishlab chiqaruvchi qishloq xo‗jaligi mahsulotini ishlab 
chiqaruvchi yuridik shaxs, tadbirkor, jumladan, dehqon yoki fermer xo‗jaligi 
rahbari bo‗lishi mumkin. Tayyorlovchi – qishloq xo‗jaligi mahsulotini sotish 
yoki qayta ishlash uchun sotib oladigan tadbirkor (tijorat tashkiloti yoki yakka 
tartibdagi).
Kontraktatsiya shartnomasi kelgusidagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlari 
uchun tuziladi (don va paxta). Shuning uchun ham shartnomani tuzish va amalga 
oshirish muddatlari to‗g‗ri kelmasligi mumkin. Kontraktatsiya shartnomasi 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga davlat xaridini amalga oshirishda keng 
qo‗llaniladi. Bugungi kunga kelib ham bu o‗z kuchini yo‗qotgani yo‗q. Biroq, 
yangi iqtisodiy tizim sharoitida qishloq xo‗jaligi korxonalari o‗z mahsulotini 
sotishda 
ko‗proq 
oldi-sotdi 
va 
yetkazib 
berish 
shartnomalaridan 
foydalanmoqdalar.
Oldi-sotdi shartnomasi. 
Shartnomada bir tomon (sotuvchi) ikkinchi 
tomonga (sotib oluvchi) tovarni sotishi kerak. Sotib oluvchi esa ushbu tovarni 
ma‘lum narxga sotib olishi kerak. Sotuvchi tovar ishlab chiqaruvchi ham 
bo‗lishi mumkin yoki ulgurji va chakana tashkilotlar bo‗lishi ham mumkin. 
Istalgan narsa tovar bo‗la oladi, faqat oborotdan chiqarilgan yoki 
chegaralanganlardan tashqari (masalan, qishloq xo‗jaligi yerlari). Oldi-sotdi 
shartnomasi ayni vaqtda sotuvchida mavjud bo‗lgan tovarga yoki kelgusida 
ishlab chiqariladigan tovarga tuzilishi mumkin. Sotuvchi tovarni shartnomaga 


63 
muvofiq nomi, miqdori, sifati, o‗rami, qadoqlanishiga qarab ko‗rsatilgan 
muddatda va belgilangan joyga yetkazib berishi shart.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə