Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Agrofirma 
- qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini xo‗jalik ichida (xo‗jaliklararo) 
integratsiyalash asosida ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va realizatsiya 
qilish asosida ishlab chiqarish-xo‗jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonadir. 
Agrofirmalarning tashkiliy-ishlab chiqarish strukturasi o‗zida qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va savdo korxonalarining yagona 
texnologik, 
iqtisodiy 
va tashkiliy 
majmuasini 
ifodalaydi. 
ASM 
va 
birlashmalardan 
farqli 
ravishda 
agrofirmalar 
hududdagi 
korxona 
va 
tashkilotlarning kamroq sonini birlashtiradi.
Qishloq xo‗jaligi va sanoat ishlab chiqarish integratsiyalashning eng 
murakkab shakli- 
agrosanoat kombinati
. Bu mahsulot ishlab chiqarish, sanoat 
ishlab chiqarishi, saqlash, qadoqlash va realizatsiya qilish bo‗yicha ishlab 
chiqarish xo‗jaligi majmuidir. U kombinat tarmoqlari va ishlab chiqarishni 
kooperatsiyalash, integratsiyalash va qo‗shish asosida shakllanadi.
Agrosanoat kombinatiga, qoidaga ko‗ra quyidagilar qo‗shiladi: qishloq 
xo‗jaligi korxonalari, qishloq xo‗jaligi xom-ashyolarini qayta ishlash firmalari, 
qurilish va transport tashkilotlari, ixtisoslashgan savdo tarmog‗i. 
Qayta 
ishlash 
sanoatining 
muvaffaqiyatli 
rivojlanishi 
agrosanoat 
kombinatining atrofida xom-ashyo zonalarini tashkil etish bilan ta‘minlanadi. 
Xom-ashyo bazasini shakllantirish transport taqqoslama xarajatlari va 
yo‗qotishlarni maksimal darajada qisqartirish imkoniyatlari, tayyorlash, saqlash 
va tashishda mahsulot sifatini saqlab qolish bilan erishiladi.
Vertikal integratsiya shakllaridan biri - 
agrosanoat birlashmalaridir. 

qoidaga ko‗ra, bitta ma‘muriy tumandagi qishloq xo‗jaligi va sanoat korxonalari 
asosida tashkil etiladi. Agrosanoat birlashmasi darajasidagi integratsiya qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishi, transportirovka doirasi, mahsulotlarni qayta ishlash
saqlash va realizatsiyasida birlik va balanslashganlikni ko‗zda tutadi.
Alohida tumanlarda yuridik shaxs sifatida ro‗yxatdan o‗tgan agrosanoat 
birlashmalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritadi.
Hozirgi davrda O‗zbekistonda agrosanoat kombinatlari va birlashmalari 
turida yaratilgan integratsiyalashgan tuzilmalar xolding kompaniyalari shaklida 
mavjud. Bu holda mulkiy integratsiya bosh korxona aksiyalari nazorat paketlari 
vositasida qishloq xo‗jaligi, qayta ishlash, xizmat ko‗rsatuvchi va boshqa 
tashkilotlarni tashkiliy-moliyaviy birlashtirish asosida yagona tizim yaratiladi. 


59 
Xolding birlashmalari kapital bozorni tezroq tovarlar bilan to‗ldirish 
maqsadidagi yuqori tezlikda harakatlanishini ta‘minlaydi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə