Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Yakuniy mahsulot –
yalpi mahsulot (tovarlar va xizmatlar) qiymatidan 
ishlab chiqarish sarfi chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismidir. Yakuniy 
mahsulot deganda iste‘molga chiqib ketadigan mahsulotni tushunish mumkin. 
Korxona darajasida uning tovar mahsulotdan farqi yo‗q. 
ASM da yakuniy 
mahsulot 
deganda majmuaning barcha sohalarida yaratilgan va yakuniy 
iste‘mol hamda eksportga chiqib ketadigan mahsulot tushuniladi.
ASMni jadal sur‘atlar bilan rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri, bu 
to‗rtta sohaning tenglik va mutanosiblikda faoliyat yuritishidir. Sohalar 
o‗rtasidagi nomutanosibliklar haqida har bir sohaning yakuniy mahsulot 
qiymatidagi ulushidan bilib olish mumkin. Rivojlangan mamlakatlarda yakuniy 
mahsulotning asosiy qiymati III-sohada yaratiladi. Bu sohada qishloq xo‗jaligi 
xom-ashyosini chiqimsiz qayta ishlash, tayyor mahsulotni saqlash, qadoqlash va 
o‗rash ta‘minlanadi.
Ushbu soha ASM korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirib, katta miqdorda 
yakuniy mahsulot olishga yordam beradi. Infratuzilma tarmoqlari o‗zi mustaqil 
mahsulot ishlab chiqarmasa-da, lekin ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga 
ma‘lum darajada ta‘sir qiladi.
Infratuzilma 4 guruhga bo‗linadi: ishlab chiqarish, ijtimoiy, bozor va 
institutsional infratuzilmasi. 
Ishlab chiqarish infratuzilmasiga 
agrosanoat ishlab 
chiqarishga xizmat qiladigan quyidagi tarmoqlar kiradi: transport, aloqa, 
moddiy-texnika ta‘minoti tashkilotlari, o‗simliklarni himoya qilish, hisoblash 
markazlari va boshqalar. 
Ijtimoiy infratuzilmaga 
ishchilarning me‘yordagi 
mehnat faoliyatini ta‘minlaydigan va ishchi kuchini takror hosil qilishga xizmat 
qiluvchi quyidagi tarmoqlar kiradi: uy-joy kommunal xo‗jaligi, tibbiyot va 
bolalar muassasalari, umumiy ovqatlanish tashkilotlari, sport sog‗lomlashtirish, 
mehnatni muhofaza qilish, dam olish maskanlari va boshqalar. Ishlab chiqarish 
infratuzilmasi tarmoqlari ishlab chiqarishga xizmat qilsa, ijtimoiy infratuzilma 
aholining turmush sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. 
Bozor infratuzilmaga 
ASM tarmoqlarining mahsulotlarini ishlab chiqish uchun bank-moliya 
muassasalari, tijorat banklari, mini banklar xizmatlari, birjalar va brokerlik 
idoralari xizmatlari, axborot-maslahat markazlari, reklama agentliklari, 
auditorlik, konsalting markazlar, tijorat, ulgurji, savdo yarmarka markazlari va 
sug‗urta tashkilotlari xizmati kiradi. 
Institutsional infratuzilmaga 
ASM 


57 
tarmoqlarini tartibga solib turuvchi davlat organlari, har-xil uyushmalar, davlat 
tomonidan qo‗llab-quvvatlash, biznes fond, ish bilan ta‘minlashga 
ko‗maklashish, kredit uyushmalari, ilmiy-tadqiqot muassasalari kiradi. Yakuniy 
mahsulotning to‗liq nooziq-ovqat turlari farqlanadi. 
Yakuniy mahsulotning katta qismi oziq-ovqat kompleksida yaratiladi. 
Bunga oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste‘molchiga yetkazib 
berish bilan shug‗ullanadigan ASM sohalarining barcha tarmoq va tashkilotlari 
kiradi.
Agrosanoat majmuasi tarkibi maqsad hamda vazifalaridan kelib chiqqan 
holda quyidagi 4 ta bo‗g‗indan tashkil topishi mumkin: 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə