Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

1-bo„g„in 
– agrosanoat majmuasi tarkibidagi korxonalar uchun ishlab 
chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari. 
2-bo„g„in 
–agrosanoat majmuasining asosiy tarmog‗i hisoblangan qishloq 
xo‗jaligidan tashkil topadi. 
3-bo„g„in – 
u qishloq xo‗jaligini tashkil etish hamda rivojlantirishga 
xizmat ko‗rsatadigan sohalarni o‗z ichiga oladi. 
4-bo„g„in –
unga qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi, 
saqlovchi va iste‘molchilarga yetkazib beruvchi tarmoqlar, bozor talabini 
e‘tiborga olgan holda tayyor mahsulotlarni ulgurji va chakana holda yetkazib 
beradigan savdo tarmoqlari kiradi. 
Oziq-ovqat majmui o‗z ichiga yana sakkizta tarmoqni oladi: don 
mahsulotlari, kartoshka mahsulotlari, qand-lavlagi, meva-sabzavot-konserva, 
uzum-sharbat, go‗sht, sut, yog‗-moy. Sanab o‗tilgan 8 ta tarmoq yagona 
tashkiliy-huquqiy shaklga ega emas. Chunki qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini 
ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish bir necha o‗zaro bog‗liq sohalarning 
mustaqil korxonalari tomonidan amalga oshiriladi.
O‗zbekiston oziq-ovqat tarmog‗ida don, go‗sht va sut, meva-sabzavot, 
uzum-sharbat ishlab chiqarish tarmoqlariga yetakchilik qiladi. Ushbu 
tarmoqlarga jami ishlab chiqarilgan mahsulotning 50 % i, asosiy ishlab chiqarish 
fondlari 20 % i, ishchi-xizmatchilarning 40 % i to‗g‗ri keladi. 
O‗zbekiston ASM xududiy agrosanoat majmui (respublika va viloyat) va 
mikromajmualarga (assosatsiatsiyalar, agrofirmalar, agrosanoat korxonalari
xolding kompaniyalar, birlashmalar, konsernlar) bo‗linadi.
ASM integratsiyasining dastlabki va eng sodda shakli-uncha katta 
bo‗lmagan qayta ishlash sexlariga ega 
xo„jaliklardir.
Bu xo‗jaliklardagi sanoat 
tarmoqlari-yordamchi xo‗jalikdir. U agrosanoat korxonalarini tuzish uchun asos 
bo‗lib xizmat qiladi.
Agrosanoat korxonalari 
- ixtisoslashgan tashkilot bo‗lib, ishlab chiqarish 
sanoati, qayta ishlash va qishloq xo‗jalik mahsulotlarini saqlashga 
ixtisoslashgan. Agrosanoat qayta tashkil etilishga qadar bunday shakllanishlar 
agrozavodlar deb atalgan. Ammo tarkibida mahsulotlarni qayta ishlash va 
saqlash bo‗linmalari bo‗lgan hamma xo‗jaliklar ham o‗zida bunday korxonani 
ifodalayvermaydi. Agrosanoat korxonalariga shtatida qishloq xo‗jaligi 


58 
mahsulotlarini qayta ishlash, joylashtirish, qadoqlash va saqlash bilan 
shug‗ullanuvchi va ixtisoslashgan tarmoqlardan birining kamida 25% 
mahsulotini qayta ishlab berish bilan band bo‗lgan ishchilari bo‗lgan xo‗jalik 
(ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari, xo‗jalik jamiyatlari va 
boshqalar)lar kiradi. 
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini qayta ishlash quyidagi tarzda tashkil 
etilishi mumkin:

xususiy yoki kredit mablag‗lari evaziga qayta ishlash sexlarini qurish;

qishloq xo‗jaligi korxonalarini qayta ishlash korxonalariga qo‗shib yuborish 
yoki aralashtirish yo‗li bilan birlashtirish; 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə