Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

agrosanoat 
uyushmalari 
tuziladi. U sheriklarining xo‗jalik faoliyati muvofiqlashuviga 
(qishloq xo‗jaligi va qayta ishlovchi korxonalar, savdo tashkilotlari) va ularning 
ishtirokini mahsulot realizatsiyasidan tushgan foydani taqsimlashda teng foyda 
ko‗rilishining ta‘minlanishiga asoslangan notijorat tashkilotidir. Uyushmalar 
ikki tur bo‗yicha tuziladi: tarmoq ichida va oziq-ovqat bo‗yicha. Birinchi 
holatda tarmoq bo‗yicha boshqarishni tiklash, ikkinchi holatda uyushmaning 
tashkilotlari va a‘zolari mos keluvchi soha bo‗yicha qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqaruvchilari va qayta ishlash korxonalari bo‗ladi.
Amalda esa kam hollarda notijorat sheriklikning tashkiliy-huquqiy shakli 
ham qo‗llaniladi.
ASM sohasidagi yana bitta integratsiyalanish - konserndir.
Konsern-
qatnashuv tizimi, moliyaviy aloqalar, manfaatlar umumiyligi 
haqidagi shartnomalar vositasida amalga oshiriladigan birlashuv shaklidir. 
Integratsiyalashgan tuzilmalarga kiruvchi tashkilotlar nominal ravishda 
mustaqilligicha qoladi, aslida esa yagona xo‗jalik yurituvchi rahbarga 


60 
bo‗ysunadi. Parrandachilik fabrikasiga (2 ta broyler, 1 ta tuxumchilik), omixta 
yem zavodi, bir qancha non (don) bazasi, shuningdek, xususiy savdo tarmog‗i 
kiradi. Korxonalarni birlashtirish konsernga ishni yagona birlashtirilgan sikl-
g‗alla yetishtirishdan parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishgacha 
tuzish imkonini beradi. 
Agroklaster
– qishloq xo‗jaligining davlat – ilmiy-tadqiqot – qayta ishlash 
– biznes kabisubyektlarning o‗zaro bozor tamoyillariga mos munosabatlarini 
mujassamlashtirgan subyekt hisoblanadi. 
Agroklasterlar uch xususiyatga asoslanadi: 

qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish bo‗yicha hududiy 
ixtisoslashuv va mahalliylashtirish; 

tarmoqning xo‗jalik yurituvchi subyektlari o‗rtasidagi o‗zaro aloqalar; 

turli tarmoqlar o‗rtasida qishloq xo‗jaligi mahsulotlaridan tayyor mahsulot 
ishlab chiqaruvchi texnologik o‗zaro aloqalarning shakllanganligi. 
Agroklasterning mahalliy davlat hokimiyati tashkilotlari (tuman hokimligi), 
qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari (tuman fermerlar kengashi va 
dehqonlar), qayta ishlovchi korxonalarning o‗zaro hamkorlikdagi yoki alohida 
tashabbusi bo‗yicha tashkil etiladi. Uni tashkil etishning muhim jihatlaridan biri 
ishtirokchilarining birgalikdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish 
– qayta ishlash – sotish – ilmiy-tadqiqot jarayonlarini o‗zida mujassamlashtirgan 
hamkorlikdagi 
loyihalarni 
amaliyotda 
qo‗llash 
orqali 
bir-birlariga 
ishonchlarining yuqoriligi hisoblanadi. 
Koreyada agroklasterlarni rivojlantirish zaruriyati asosan quyidagi omillar 
bilan belgilanganligini ta‘kidlagan holda O‗zbekiston sharoitida ham ularni 
inobatga olish mumkin. Jumladan: 

qishloq xo‗jaligiga davlatning amaliy yordami va qo‗llab-quvvatlashi 
hamda islohotlarni amalga oshirishda yetakchiligi; 

tarixiy va milliy an‘analardan foydalanib, ularni saqlab qolish, 
zamonaviylashtirish asosida yangi yo‗nalishlar, masalan agroturizm, 
mehmonxona xizmati kabilarni shakllantirish; 

hududiy 
ixtisoslashuv, 
qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlarining 
raqobatbardoshligini oshirish va rivojlanish barqarorligini ta‘minlash; 

davlat – universitet – ilmiy-tadqiqot – fermer – qayta ishlash – biznesning 
birgalikda faoliyat yuritishining o‗zaro mutanosibligini ta‘minlash mexanizmi; 

olimlar mavqei va ilmiy-tadqiqot natijalarining samarali ekanligi hamda 
ularni qo‗llab-quvvatlashning davlat siyosati darajasidagi mavqeining yuqoriligi; 

yuqori innovatsiyaga asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etishga 
ustuvorlik berilishi va uni davlat tomonidan qo‗llab-quvvatlashning samarali 
mexanizmining shakllanganligi; 

marketing tizimiga rivojlanganligi, inson kapitaliga munosabatning 
yuqoriligi va uni qishloqda rivojlantirishga ustuvorlik berilishi. 
Kapitalning konsentratsiyalanish miqyosi ishlab chiqarish quvvati, ishlab 
chiqarishni diversifikatsiyalash imkoniyatlariga ko‗ra bunday tuzilmalar bozor 


61 
konyunkturalari tebranishlarida kuchli barqarorlik kasb etadi, u investitsiya 
resurslarini samarali taqsimlashga qodir, ularni eng rentabelli yo‗nalishlarga 
jamlay oladi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə