Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Agrosanoat majmuasi tarmoqlari tarkibi o„rtasidagi



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

3.2. Agrosanoat majmuasi tarmoqlari tarkibi o„rtasidagi 
munosabatlar 
 
ASMning samarali faoliyatini ma‘lum darajada iqtisodiy munosabatlar 
tizimi belgilab beradi. 
Iqtisodiy munosabatlar 
– bu ishlab chiqarish jarayonida 
korxonalarning iqtisodiy manfaatlarini ro‗yobga chiqaruvchi munosabatlar 
shaklidir. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Meva-sabzavot, kartoshka va 
poliz 
mahsulotlarini 
xarid 
qilish 
va 
ulardan 
foydalanish 
tizimini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 2016 yil 12 apreldagi qaroriga 
muvofiq, 2016 yilgi hosildan boshlab ho‗l meva-sabzavot, kartoshka, poliz 
mahsulotlari va uzum xarid qilish bo‗yicha davlat buyurtmasi joriy etildi. Ushbu 
qarorga asosan ―O‗zbekoziq-ovqatxolding‖ kompaniyasi tarkibiga kiradigan 
xususiy mulk shaklidagi qayta ishlash korxonalarini xom-ashyo bilan barqaror 
ta‘minlash, ichki iste‘mol bozorini qish-bahor mavsumida barqaror ta‘minlash 
maqsadida zahiraga g‗amlash, tashqi bozorlarda xaridorgir bo‗lgan ho‗l meva-
sabzavot mahsulotlarini eksport qilish vazifalari yuklatildi. Ushbu vazifalar 
bilan ―O‗zbekoziq-ovqatxolding‖, ―O‗zbekoziq-ovqatzahira‖ uyushmasi va 
―O‗zagroeksport‖ ixtisoslashtirilgan savdo kompaniyasi shug‗ullanadi. 
ASM da mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, saqlash va 
sotish bilan shug‗ullanadigan korxonalar o‗rtasidagi iqtisodiy munosabatlarning 
asosiy shakli bo‗lib xo‗jalik shartnomasi hisoblanadi (3.2.1-rasm).
3.2.1-rasm.
 ASMda mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta ishlash, 
saqlash va sotish korxonalar o„rtasidagi shartnoma turlari 


62 
Xo„jalik shartnomasi 
– ishlab chiqarish jarayonida ikkala tomonning 
majburiyatlarini belgilab beruvchi hujjat hisoblanadi. Ushbu hujjat orqali 
korxona va tashkilotlar ishlab chiqarilgan mahsulot va ko‗rsatilgan xizmatlar 
hajmi bahosi va ta‘riflarini tartibga soladi, mahsulot ishlab chiqarish va xizmat 
ko‗rsatish hajmi, sifati buzilganda, tovarlarni sotish muddati o‗tib ketganda 
tegishli choralar ko‗riladi.
Shartnomada tomonlarning huquq, majburiyatlari, aniq natijalar bo‗yicha 
javobgarligi aks etadi. Shartnomaning bo‗limlari quyidagicha:
1. Shartnoma sharti.
2. Tomonlarning majburiyatlari. 
3. Hisob-kitob tartibi. 
4. Shartnoma shartlari bajarilmaganda tomonlarning javobgarligi. 
5. Tomonlarning manzili va bank rekvizitlari. 
ASM da turli xil shartnomalardan foydalaniladi, jumladan, kontraktatsiya, 
oldi-sotdi, yetkazib berish, ijara, kredit, mulk sug‗urtasi shartnomasi va 
boshqalar.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə