18
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining 50% dan ko‗prog‗i xom-ashyo sifatida
ishlatiladi. Bu soha sanoatning yengil, oziq-ovqat, omixta yem va boshqa
tarmoqlari uchun xom-ashyo yetkazib beradi.
O‗z navbatida qishloq xo‗jaligi sanoat tovarlarining yirik iste‘molchisi
hamdir. Sanoat qishloqni traktorlar,
avtomobillar, mashinalar, asbob-uskunalar,
yoqilg‗i, yoqilg‗i-moylash
materiallari, mineral o‗g‗itlar, omixta yem va
boshqalar bilan ta‘minlaydi. Sanoatda qilinadigan xarajatlarnig qariyb 40 foizi
qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga sarflanadi.
Shunday ekan,
sanoatning ayrim tarmoqlari rivoji qishloq xo‗jaligi bilan chambarchas bog‗liq
va ayni vaqtda qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining maqsadga
muvofiq faoliyati sanoatning qay darajada rivojlanganligi bilan bog‗liq.
Iqtisodiyotning har bir tarmog‗ida ishlab chiqarish vositalaridan
foydalaniladi, turli xil
mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishchi-xizmatchilardan
yetarlicha malaka talab qilinadi. Xuddi shunday qishloq xo‗jaligining ham
o‗ziga xos xususiyatlari borki, bu tarmoqda tadbirkorlik faoliyatini olib borishda
ushbu xususiyatlarni hisobga olish zarur (1.2.1-rasm).
1.2.1-rasm.
Dostları ilə paylaş: