365
16.2.2-jadval
Asosiy turdagi qishloq xo„jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)
2000 y.
2005 y.
2010 y.
2015 y.
2016 y.
Don va dukkakli don ekinlari, jami
28,2
40,7
44,2
45,3
45,0
Paxta
21,8
25,3
25,4
25,9
23,4
Kartoshka
129,3
170,3
194,9
219,1
225,1
Sabzavotlar, jami
183,8
215,8
252,5
271,0
271,1
Oziqbop poliz
132,4
169,1
192,6
203,6
209,4
Meva va rezavorlar
56,9
62,3
92,6
128,1
134,1
Uzum
63,1
64,7
90,8
133,1
141,9
Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har
bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni to‗g‗ri tanlash va
joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo‗yicha aniq
agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab
chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda.
Qishloq xo‗jaligi rivojlangan mamlakatlardan biri Gollandiya hududida
o‗simlikchilikdan yuqori hosil olinadi. Gollandiya mamlakatining 60% yerlari
dengiz sathidan 5-6 metr balandlikda, 40% i esa 4-5
metr pastda
joylashganligiga qaramasdan, g‗alladan o‗rtacha hosil 100-110 sentnerni,
kartoshkadan 600-800 sentnerni, qand lavlagidan 600-700 sentnerni,
makkajo‗xoridan 100-120 sentnerni tashkil etadi. Dengizdan o‗zlashtirilgan
yerlardan esa 800-900 sentner kartoshka olinmoqda.
Bundan tashqari, Gollandiya gullar mamlakati hisoblanadi.
Ushbu
mamlakatda 3000 xildagi gullar yetishtiriladi, shundan 200 xil sadbarg gullar, 80
xildagi gvozdika gullari va boshqalar. Fermerlar ushbu gullarni haftaning shanba
va yakshanba kunlaridan tashqari, har kuni gullar auksionida sotishadi va butun
dunyoni gullar bilan ta‘minlab turishadi.
Seleksiya va urug‗chilik ishlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish maqsadida xorijiy
ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‗doy navlari keltirilib, ular
mahalliy sharoitimizda har tomonlama sinovdan o‗tkazilib, serhosil, yuqori
sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‗lgan 23 ta yangi navlari ishlab
chiqarishga joriy etildi.
Bu navlar ichida Krasnodarskaya-99, Turkiston, Yaksart, Tanya, Hazrati
Bashir, Hisorak kabi intensiv navlar ishlab chiqarish
sharoitida har gektaridan
60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda.
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‗oqchilikka va sho‗rga chidamli
hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4, Elomon,
O‗zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do‗stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy
bug‗doy navlari yaratilib, Davlat nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa
sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo‗yicha ilmiy ishlar jadal olib
366
borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning ―Saratov‖, ―Yugo-Vostok‖, Serbiyaning
―Noviy sad‖ ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy
markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo‗lgan
yangi navlar yaratish
ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo‗jaliklarida boshoqli don
ekinlarini o‗stirishda agrotexnik tadbirlarni bajarishning texnologik talablariga
rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapti.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi
agrotexnika tadbirlarini o‗z vaqtida sifatli qilib o‗tkazmasligidir.
Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik,
yerni ekishga sifatli
tayyorlanmasligi, organik va ma‘dan o‗g‗itlar yetarli miqdorda va to‗g‗ri
nisbatlarda qo‗llanilmasligi, g‗allani sug‗orishni o‗z vaqtida va sifatli
o‗tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona o‗tlarga qarshi o‗z
vaqtida choralar ko‗rmaslik, g‗alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to‗la
foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo‗llaniladigan agrotexnik
tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to‗la rioya qilingandagina
yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi.
Umuman olganda, g‗alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan
nav
xususiyati, qo‗llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‗liq. Boshoqli don
o‗sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta‘sir etuvchi agrotexnik
tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash,
yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug‗lik
bilan
mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda ekish, ekilgan urug‗likni bir tekisda
undirib olish, bug‗doy maysalari to‗la to‗plangan holda tinim davriga kirishi
uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‗tkazish, sug‗orish, ma‘dan va organik
o‗g‗itlar bilan oziqlantirish, o‗suv davrida ildizdan tashqari azotli o‗g‗itlar bilan
oziqlantirish, suspenziya sepish, begona o‗tlar, kasallik va zararkunandalarga
qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‗ib olishga bog‗liq.
Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi
agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda o‗z vaqtida sifatli qilib
o‗tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi.
Bularni bajarilishidagi
texnologik talablar:
Dostları ilə paylaş: