Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Barcha turdagi mulkchilik shakllarida bo„lgan xo„jaliklar



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Barcha turdagi mulkchilik shakllarida bo„lgan xo„jaliklar 
bo„yicha qishloq xo„jaligi ekinlari maydonining tarkibi
71

(%da) 
Ushbu yillar davomida paxta xom-ashyosi ishlab chiqarish hajmi 3002,4 
ming tonnadan3350,0ming tonnagacha va donli ekinlar 3929,4 ming 
tonnadan7500,6 ming tonnagacha oshdi. Bu ekin turlari bo‗yicha ishlab 
chiqarish hajmining oshishi nafaqat respublika ehtiyojini qondirishni, balki 
eksport salohiyatini oshirish imkonini berdi. Meva-sabzavot ekinlari ishlab 
chiqarish hajmi ham oshdi: kartoshka 2,8 martaga, poliz – 2,5 martaga, meva va 
rezavorlar – 2,9 martaga va uzum mahsulotlari – 2,4 martaga. Agrar sohada 
qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning o‗sishi nafaqat ekin 
maydonlarining ko‗payishiga, balki ularning o‗rtacha hosildorlik darajasining 
oshishiga ham bog‗liqdir (16.2.2 - jadval). 
 
71
Manba: O‗zbekiston Respublikasi qishloq xo‗jaligi rivojlanishining asosiy tendensiyalari (2005-2015 
yillar)ma‘lumotlari asosida tuzilgan. 
43,5
48,3
1,8
6,3
2005 у.
Don
mahsulotlar
i
Texnika
ekinlari
Kartoshka,s
abzavot va
poliz
ekinlari
Em-xashak


365 
16.2.2-jadval 
Asosiy turdagi qishloq xo„jaligi ekinlarining hosildorligi, (ts/ga)
 
2000 y.
2005 y.
2010 y.
2015 y.
2016 y.
Don va dukkakli don ekinlari, jami 
28,2 
40,7 
44,2 
45,3 
45,0 
Paxta 
21,8 
25,3 
25,4 
25,9 
23,4 
Kartoshka 
129,3 
170,3 
194,9 
219,1 
225,1 
Sabzavotlar, jami 
183,8 
215,8 
252,5 
271,0 
271,1 
Oziqbop poliz 
132,4 
169,1 
192,6 
203,6 
209,4 
Meva va rezavorlar 
56,9 
62,3 
92,6 
128,1 
134,1 
Uzum 
63,1 
64,7 
90,8 
133,1 
141,9 
Bunday natijalarga navlarning biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, har 
bir mintaqaning tabiy-iqlim sharoitiga mos navlarni to‗g‗ri tanlash va 
joylashtirish gektaridan 60-70 sentnerdan hosil yetishtirish bo‗yicha aniq 
agrotexnik tavsiyalar va ilmiy asoslangan intensiv texnologiyalarning ishlab 
chiqilganligi va keng joriy etilayotganligi hisobiga erishilmoqda. 
Qishloq xo‗jaligi rivojlangan mamlakatlardan biri Gollandiya hududida 
o‗simlikchilikdan yuqori hosil olinadi. Gollandiya mamlakatining 60% yerlari 
dengiz sathidan 5-6 metr balandlikda, 40% i esa 4-5 metr pastda 
joylashganligiga qaramasdan, g‗alladan o‗rtacha hosil 100-110 sentnerni, 
kartoshkadan 600-800 sentnerni, qand lavlagidan 600-700 sentnerni, 
makkajo‗xoridan 100-120 sentnerni tashkil etadi. Dengizdan o‗zlashtirilgan 
yerlardan esa 800-900 sentner kartoshka olinmoqda. 
Bundan tashqari, Gollandiya gullar mamlakati hisoblanadi. Ushbu 
mamlakatda 3000 xildagi gullar yetishtiriladi, shundan 200 xil sadbarg gullar, 80 
xildagi gvozdika gullari va boshqalar. Fermerlar ushbu gullarni haftaning shanba 
va yakshanba kunlaridan tashqari, har kuni gullar auksionida sotishadi va butun 
dunyoni gullar bilan ta‘minlab turishadi. 
Seleksiya va urug‗chilik ishlarini to‗g‗ri yo‗lga qo‗yish maqsadida xorijiy 
ilmiy muassasalardan 100 dan ortiq yangi bug‗doy navlari keltirilib, ular 
mahalliy sharoitimizda har tomonlama sinovdan o‗tkazilib, serhosil, yuqori 
sifatli, kasallik va zararkunandalarga chidamli bo‗lgan 23 ta yangi navlari ishlab 
chiqarishga joriy etildi. 
Bu navlar ichida Krasnodarskaya-99, Turkiston, Yaksart, Tanya, Hazrati 
Bashir, Hisorak kabi intensiv navlar ishlab chiqarish sharoitida har gektaridan 
60-70 sentnerdan oshirib hosil bermoqda. 
Mamlakatimiz olimlari tomonidan qurg‗oqchilikka va sho‗rga chidamli 
hosildorligi yuqori Chillaki, Bobur, Andijon-1, Andijon-2, Andijon-4, Elomon, 
O‗zbekiston-1, Hosildor, Zamin-1, Do‗stlik, Omad, Makonat, Asr kabi mahalliy 
bug‗doy navlari yaratilib, Davlat nav sinoviga berildi. Kelgusida har bir mintaqa 
sharoiti uchun mos yangi navlar yaratish bo‗yicha ilmiy ishlar jadal olib 


366 
borilmoqda. Buning uchun Rossiyaning ―Saratov‖, ―Yugo-Vostok‖, Serbiyaning 
―Noviy sad‖ ilmiy tadqiqot institutlari, IKARDA, SIMMIT Xalqaro ilmiy 
markazlar bilan hamkorlikda shu mintaqaga xos bo‗lgan yangi navlar yaratish 
ustida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. 
Biroq ayrim viloyat, tuman hamda fermer xo‗jaliklarida boshoqli don 
ekinlarini o‗stirishda agrotexnik tadbirlarni bajarishning texnologik talablariga 
rioya qilinmaganligi natijasida dondan yuqori va sifatli hosil olinmayapti.
Buning asosiy sababi boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi 
agrotexnika tadbirlarini o‗z vaqtida sifatli qilib o‗tkazmasligidir. 
Ayniqsa tuproq unumdorligiga ahamiyat bermaslik, yerni ekishga sifatli 
tayyorlanmasligi, organik va ma‘dan o‗g‗itlar yetarli miqdorda va to‗g‗ri 
nisbatlarda qo‗llanilmasligi, g‗allani sug‗orishni o‗z vaqtida va sifatli 
o‗tkazmaslik, kasallik va zararkunandalarga hamda begona o‗tlarga qarshi o‗z 
vaqtida choralar ko‗rmaslik, g‗alla navlarining hosildorlik imkoniyatidan to‗la 
foydalana olmaslik don sifatining pasayishiga olib kelmoqda.
Boshoqli don ekinlarini parvarishlashda qo‗llaniladigan agrotexnik 
tadbirlarning bajarilishining texnologik talablariga to‗la rioya qilingandagina 
yanada yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi. 
Umuman olganda, g‗alla hosildorligi tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan 
nav xususiyati, qo‗llanilayotgan agrotexnik tadbirlarga bog‗liq. Boshoqli don 
o‗sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifatiga ta‘sir etuvchi agrotexnik 
tadbirlardan har bir mintaqaning tuproq va iqlim sharoitiga mos nav tanlash, 
yerni ekishga sifatli tayyorlash, navdor va ekish sifati yuqori urug‗lik bilan 
mintaqa uchun maqbul muddat va meyorda ekish, ekilgan urug‗likni bir tekisda 
undirib olish, bug‗doy maysalari to‗la to‗plangan holda tinim davriga kirishi 
uchun barcha agrotexnik tadbirlarni o‗tkazish, sug‗orish, ma‘dan va organik 
o‗g‗itlar bilan oziqlantirish, o‗suv davrida ildizdan tashqari azotli o‗g‗itlar bilan 
oziqlantirish, suspenziya sepish, begona o‗tlar, kasallik va zararkunandalarga 
qarshi kurash, yetishtirilgan hosilni nobutgarchiliksiz yig‗ib olishga bog‗liq. 
Yuqorida keltirilgan boshoqli don ekinlarini yetishtirish texnologiyasidagi 
agrotexnik tadbirlarni maqbullashtirilgan holda o‗z vaqtida sifatli qilib 
o‗tkazilishi hosildorlik va don sifatini oshiradi. Bularni bajarilishidagi 
texnologik talablar: 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə