Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə282/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Dehqonchilik 
tizimi 
deganda 
tuproq 
unumdorligini 
oshirishga, 
o‗simlikchilik mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va 
mahsulot birligiga mablag‗ va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab 
chiqarishni ko‗paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan 
himoyalashga yo‗naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksi 
tushuniladi. 
Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari: almashlab ekish tizimlari, 
mashinalar tizimi, o‗g‗itlar tizimi, urug‗chilik tizimi, o‗simliklarni himoya qilish 
tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug‗orish, quritish, kimyoviy melioratsiya 
va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo‗yicha tadbirlar tizimi, 
dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish. 
Mamlakatning hamma mintaqalarida dehqonchilikning yagona tizimidan 
foydalanishning imkoni yo‗q, chunki turlicha tuproq-iqlim sharoitlarida 
tizimdagi alohida elementlarning ahamiyati har xil bo‗ladi. 
Quruq iqlimli tumanlarda – sug‗orish, shamol eroziyasiga qarshi kurashish, 
namlik ko‗p tumanlarda – yerning melioratsiya holatini yaxshilash, 
sug‗oriladigan dehqonchilik tumanlarida – o‗g‗itlardan oqilona foydalanish
sho‗rlangan va kislotasi yuqori tuproqlarda – kimyoviy melioratsiya katta 
ahamiyatga ega. 
Dehqonchilik tizimining asosini 
almashlab ekish tizimi 
– dala, o‗tloq- beda, 
makkajo‗xori, sabzavot, tuproqni himoya qiluvchi va boshqa ekinlarni 
almashlab ekish tashkil etadi. Ilmiy asoslangan almashlab ekishlar – tuproqqa 
ishlov berishning tavsiya etilgan tizimini joriy etish uchun sharoit yaratadi, 
uning suv-havo tizimini yaxshilaydi, yuqori samarali texnikadan, organik va 
mineral o‗g‗itlardan foydalanishga imkon beradi. 
Unumdor tuproqqa mexanizatsiyalash (mashinalar tizimi) ulkan ta‘sir etadi. 
Mashinalardan oqilona foydalanish tuproqda namlik yig‗ilishiga, havo va 
issiqlik tartibi to‗g‗rilanishiga, dalaning ifloslanishiga qarshi kurashga, qishloq 
xo‗jaligi ishlarini optimal muddatlarda o‗tkazishga yordam beradi. Qishloq 
xo‗jaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash o‗simlikchilikda 
mehnat unumdorligini oshiradi. 
Qishloq xo‗jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga texnik xizmat ko‗rsatish, 
hamma turdagi qishloq xo‗jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini 


362 
oshirish uchun ma‘lum maqsadlarni ko‗zda tutadigan mintaqaviy dasturlar 
ishlab chiqiladi. 
Dehqonchilik tizimi mineral va organik o‗g‗itlarni qo‗llashni ko‗zda tutadi. 
Kiritiladigan o‗g‗itlar dozasi ko‗paytirilgan sug‗oriladigan yerlarda o‗g‗itni 
yuqori darajada qoplash kuzatiladi. Qisqa muddatlarda qishloq xo‗jaligi ekinlari 
hosildorligini oshirish imkoni bo‗lgan intensiv texnologiyalarda ishlab chiqarish 
xarajatlari strukturasida o‗g‗it va o‗simliklarni himoya qilish vositalarining 
ulushi ortishi (masalan, paxta va g‗alla ekinlari bo‗yicha 1,5 dan 3,5 
martagacha) ko‗zda tutiladi. 
Hozirgi paytda o‗g‗itlar qiymati yuqoriligi bilan bog‗liq holda ularning 
qoplanishi normativdan 60% ni tashkil etadi, shu bois muhim masala optimal 
usullar va ularni kiritish muddatlari, ozuqa elementlari nisbatining to‗g‗riligi 
muhim masala hisoblanadi. 
O‗g‗itlashning pasayishi tuproqdan ozuqa moddalar to‗liq chiqmasligiga 
sabab bo‗ladi. Tuproqda chirindi va ozuqa moddalarining defitsitsiz balansini 
yaratish uchun 1 ga shudgorlanadigan ekin maydoniga har yili 7-8 t organik 
modda zarur. Dehqonchilik tizimida urug‗chilik tizimi katta rol o‗ynaydi, chunki 
urug‗ning sifati past bo‗lsa, qishloq xo‗jaligi mahsulotlari sezilarli darajada 
to‗liq bo‗lmaydi. Mamlakatimizda u yoki bu tuproq iqlimiga moslashtirilgan 
minglab nav va gibridlar yaratilgan va ishlab chiqarishga joriy etilgan. Biroq, 
urug‗chilikning yaxshi tashkil etilmaganligi, urug‗chilik xo‗jaliklari birinchi va 
ikkinchi reproduksiyadagi yaxshi urug‗lar bilan ta‘minlanmaganligi tufayli 
rayonlashtirilgan sifatli urug‗larga talab to‗liq qondirilmayapti. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   278   279   280   281   282   283   284   285   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə