Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 O„simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə280/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
16.1. O„simlikchilik tarmoqlarining ahamiyati 
O„simlikchilik
– qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy 
tarmoqlaridan 
biri 
bo‗lib, 
o‗z 
ichiga 
dalachilikda 
ekinlarni 
yetishtirish,paxtachilik, 
g‗allachilik, 
kartoshkachilik, 
sabzavotchilik, 
bog‗dorchilik, mevachilik, bog‗dorchilik va shu kabilarni oladi. Odam undan 
oziq-ovqat mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom-
ashyo, chorvachilik esa ozuqa oladi. 
Tarmoq tuzilmasining ko‗rsatkichi bo‗lib, umumiy hajmda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning har bir tarmog‗idan sotilgan mahsulotningulushi
xizmat qiladi. Hozirgi paytda o‗simlikchilik qishloq xo‗jaligining hamma 
mahsulotlari orasida eng ko‗p ulushni egallaydi. 
O‗simlikchilik yoki dehqonchilikda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab 
chiqarishga ustuvorlik berilishi hamda tarmoqda tarkibiy o‗zgarishlar va 
diversifikatsiyalash natijasida ularga ajratilayotgan ekin maydonlarining 
kengaytirilishi, hosildorligini oshirishga oid agrotexnologik tadbirlarni amalga 
oshirish evaziga dehqonchilik ulushi 2005 yildagi 55,6% dan 2015 yilda 59,6% 
ga oshishiga erishildi. 
O‗simlikchilik yem-xashak, dag‗al, yashil, shirali ozuqa bo‗lib, 
chorvachilikning rivojlanishi uchun baza hisoblanadi. O‗z navbatida 
chorvachilik ham somon, poya, shuningdek, oziq-ovqat sanoati chiqindilari 
(kunjara, sheluxa, kepak, barda va b.) kabi qo‗shimcha mahsulotlarni chiqaradi. 
O‗simlikchilikda foydalaniladigan asosiy resurs – bu yerhisoblanadi 
(pichanzor, yaylov, bog‗lar). Haydaladigan yer maydonini ekinlar bo‗yicha 
taqsimlash uzoq vaqtlargacha qabul qilingan dehqonchilik tizimiga bog‗liq 
bo‗ldi. Xo‗jaliklar daromadliroq ekinlarni tanlay boshladilar va ekin ekiladigan 
yer maydoni strukturasi narx ta‘siri ostida o‗zgara boshladi. 
Shu tarzda, qishloq xo‗jaligi mahsulotlarining hamma turini, chorvachilikni 
va qayta ishlashni ham qo‗shib ishlab chiqish, bevosita o‗simlikchilikni shartli 
ravishda quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin: paxta ishlab chiqarish,g‗alla 


360 
ishlab chiqarish, yog‗li ekinlar ishlab chiqarish, kartoshka va sabzavot ishlab 
chiqarish, meva, uzum va polizlar o‗stirish. Bu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarni realizatsiya qilish texnologiyasi har biri o‗ziga xosligi bilan 
farqlanadi. 
Qishloq xo‗jaligi mahsulot turlari bo‗yicha tuzilishi tarkibiy o‗zgarishlar 
natijasida qiymat tuzilishi 2005-2015 yillar mobaynida quyidagicha o‗zgardi 
(16.1.1-rasm). 
16.1.1-rasm. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   276   277   278   279   280   281   282   283   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə