Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 O„simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə283/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
16.2. O„simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyotining hozirgi holati 
Mamlakatni oziq-ovqat bilan ta‘minlashning muhim rezervi qishloq 
xo‗jaligi mahsulotlari, xom-ashyo va oziq-ovqatning mintaqaviy fondlarini 
yaratishdir. O‗simlikchilik mahsulotlarini xarid va yetkazib berish hajmi hamda 
ro‗yxati xukumat tomonidan, mintaqaviy fondlar - O‗zbekiston Respublikasi 
subyektlari ijroiya hokimiyati subyektlari tomonidan belgilanadi. Xarid va 
yetkazib berish hajmi yillik aniqlashtirish bilan besh yilga belgilanadi va davlat 
tomonidan kafolatlanadi. 
Mamlakatimiz qishloq xo‗jaligida o‗tkazilayotgan tub iqtisodiy islohotlar 
va tarkibiy o‗zgarishlar natijasida paxta,g‗alla, sabzavot va mevalardan yuqori 
hamda sifatli hosil olinmoqda.
Respublikamizda 2015 yilgi paxtachilik va g‗allachilik sohasida olib 
borilgan ishlarning yakunini tahlil qiladigan bo‗lsak, murakkab ob-havo 
sharoitida ham hosildorlik har yilgidan yuqori bo‗lganligi dehqonlarimizning 
samarali mehnatlari natijasi hisoblanadi. Respublikamizda 2015 yilda g‗alla 
hosildorligi gektaridan o‗rtacha 45,4 sentnerni, suvli yerlarda 51,2 sentnerni, 
paxta hosildorligi esa 25,8 sentnerni tashkil etdi. Yalpi yetishtirilgan don hosili 7 
mln 500 ming va paxta hosili 3 mln 350 ming tonnani tashkil etdi. O‗zbekiston 


363 
Respublikasi Birinchi prezidenti I.A.Karimovni mamlakatimiz mustaqilligining 
dastlabki yillaridayoq aholimizni don va don maxsulotlari bilan ta‘minlash, o‗z 
donimiz va o‗z nonimizga ega bo‗lishimiz, buning uchun g‗alla mustaqilligiga 
erishishimiz kerakligi to‗g‗risidagi oqilona yo‗l-yo‗riqlari va ko‗rsatmalari 
naqadar to‗g‗ri ekanligining isbotidir.
Bugungi kunda Respublikamiz g‗alla yetishtirish va hosildorligi bo‗yicha 
rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy oldi. 
G‗alla dunyodagi barcha insonlarning asosiy oziq-ovqati hisoblanishini 
hammamiz yaxshi bilamiz. Dunyoda 220 mln gektardan ortiqroq maydonda 
g‗alla ekiladi. Yalpi don hosili esa 650 mln tonnani tashkil etadi(16.2.1-jadval).
16.2.1-jadval 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə