Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Rentabellik – bu korxona, tarmoqning foyda olishi, daromadliligini aks  ettiruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.  Yalpi foyda



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə278/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Rentabellik
bu korxona, tarmoqning foyda olishi, daromadliligini aks 
ettiruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. 
Yalpi foyda 
– bu yalpi mahsulot qiymati va moddiy xarajatlar orasidagi 
farq va u so‗mda ifodalanadi. 
Sof daromad 
– bu yalpi mahsulot qiymati va uni ishlab chiqarishga ketgan 
jami xarajatlar o‗rtasidagi farq va u so‗mda ifodalanadi. 
Sof foyda 
mahsulotni realizatsiya qilingandan tushgan tushum va uni ishlab 
chiqarish, saqlash va sotishga ketgan xarajatlar orasidagi farqqa teng. 
Resurslar salohiyati 
– har bir resursning soni, sifati, ichki tuzilishi bilan 
belgilanadigan mehnat, tabiiy va moddiy resurslar jamlanmasi. 
Ishlab chiqarish salohiyati 
korxonaning moddiy, mehnat va natural 
resurslar soni, sifati va taqqoslanishga bog‗liq holda, shuningdek xo‗jalik 
vazifasining obyektiv shartlari bilan belgilanadigan, ularning foydalilik 
darajasiga bog‗liq bo‗lgan mahsulot ishlab chiqarishdagi obyektiv xususiyati. 
Asosiy 
agrotexnik 
tadbirlar 
– 
ekin 
maydonlari 
tuzilishini 
optimallashtirish, tarkibiy o‗zgartirish, almashlab ekishni o‗zlashtirish, jadal va 
resurslarni tejaydigan innovatsion texnologiyalardan foydalanish, o‗g‗itlar va 


358 
o‗simliklarni himoya qiladigan vositalardan foydalanish, qishloq xo‗jaligi 
ekinlarining yangi navlarini ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat. 
Asosiy zootexnika tadbirlari 
– chorva mollarini oziqlantirishni 
optimallashtirish, ularni saqlash va podani qayta ishlab chiqishdan iborat. 
Ekologik-iqtisodiy ta‟sir etish 
– bu ishlab chiqarish ta‘siri ostida yuz 
beruvchi ekologik parametrlar o‗zgarishining pulda baholanishi. 
Ekologik-iqtisodiy samara 
– tabiatni qo‗riqlash tadbirlarini amalga 
oshirish natijasida foydaning qiymatli o‗sishidir. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə