Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

qishloq xo„jaligi mahsulotlari sifatini yaxshilash. 
Qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarining sifati qancha yuqori bo‗lsa, uning realizatsiya bahosi ham 
shunchalik yuqori, shuningdek, ishlab chiqarish rentabelligi ham baland bo‗ladi. 
Masalan, 23% dan ortiq shiradorlikka ega (kleykovina) bug‗doy oziq-ovqat 
maqsadlarida foydalaniladi. Bunday bug‗doyning narxi yem-xashakliga nisbatan 
1,5-1,7 marta yuqori. 
Qishloq xo‗jalik mahsulotlarining sifati ko‗pgina omillarga bog‗liq. Bular: 
o‗simliklar navlari va chorva mollari zoti, ishlab chiqarish texnologiyasi va 
tashkil etish, tarmoqning moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, ishchilar 
malakasi, iqlim sharoiti, tuproq unumdorligi, saqlash va tashish shartlari va 
hokazolar. 
Qishloq xo‗jaligini rentabelli yuritishning muhim sharti – uning to‗lovi 
darajasi bilan belgilanuvchi 
yuqori unumli mehnat motivatsiyasidir. 
Sezilarli 
darajadagi bozor iqtisodiyotida mehnatga haq to‗lash, ishchi kuchining ishchi va 
uning oilasini moddiy va ma‘naviy jihatdan zarur talablarini qondirish va 
mehnat resurlarini kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish uchun imkon beruvchi 
bahosi asosida shakllanishi kerak. 
Bozor infratuzilmasi yetarlicha rivojlanmaganligidan mahsulot sotishda 
to‗lamaslik va boshqa qiyinchiliklar yuz beradi va bunda xom-ashyoni emas, 
qayta ishlangan holdagi mahsulotni realizatsiya qilish maqsadga muvofiq. 
Qishloq xo‗jaligi mahsulotlariga joyida ishlov berish iqtisodiy jihatdan foydali, 
chunki hamma ishlab chiqilgan mahsulotlardan, shu jumladan, nostandartlarini 
ham tovar aylanishiga jalb etib, foydalanish imkonini beradi. Natijada qishloq 
xo‗jaligi korxonalari sharoitida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari ulushi 
ko‗payadi. Shu bilan birga, mos keluvchi ishlab chiqarish quvvatiga ega, 


355 
to‗liqroq va oqilona qayta ishlash imkonini beruvchi, shuningdek, yuqori sifatli 
va keng assortimentda mahsulot ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari ulardan 
20-35% foydalanadilar. 
Yirik korxonalar va uncha katta bo‗lmagan qayta ishlash bo‗linmalari 
quvvatidan to‗liq foydalanish, shuningdek, qayta ishlash sohasidagi lokal 
monopolizmni zabt etish uchun koopreatsiyani va qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarini, hamda xom-ashyo ishlab chiqaruvchilar integratsiyasini 
integrallashgan tizim tuzish bilan rivojlantirish zarur. Ular: agrofirmalar, 
assotsiatsiyalar, agrosanoat birlashmalari, holding kompaniyalar, moliyaviy-
sanoat guruhlaridir. 
Ishlab 
chiqarish 
samaradorligi 
salmoqli 
darajada 
mahsulotni
muvaffaqiyatli realizatsiya qilishga, ya‘ni qishloq xo‗jaligi tovar ishlab 
chiqaruvchilarining marketing faoliyatiga bog‗liq. Shu bois keng assortimentda 
mahsulot 
ishlab 
chiqaruvchi 
yirik korxonalarda, shuningdek, o‗z 
mahsulotlarining sezilarli qismini o‗z ma‘muriy tuman va viloyatlaridan 
tashqarida sotuvchi xo‗jaliklarda marketing xizmati zarur. Uncha ko‗p 
bo‗lmagan miqdorda mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bunday 
xizmatni tuman yoki viloyat miqyosida tashkil etish maqsadga muvofiq. 
Marketingni alohida korxona tuman va viloyat darajasida tashkil etish 
xo‗jalik rahbariyati va mutaxassislarini mahsulotga talab va taklifning 
mavjudligi, ularni qayerda va qanday narxlarda sotish foydaliroqligi haqidagi 
axborotlar bilan ta‘minlash, marketing tadqiqotini amalga oshirish va ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirish hamda realizatsiyaga yordam beruvchi u yoki 
bu marketing strategiyasini amalga oshirishda ko‗maklashadi. 
Aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‗lgan talablarini to‗liqroq qondirish 
uchun qishloq xo‗jalik mahsulotlarining zamon talablari asosidagi bozorlari 
bo‗lishi kerak. Rivojlangan mamlakatlar tajribalarining ko‗rsatishicha, oziq-
ovqat bozori o‗zini-o‗zi tartibga soluvchi tizim emas. U iqtisodiy metodlar 
yordamida, davlat tomonidan doimiy maqsadga yo‗naltirilgan ta‘sirini talab 
qiladi. Narxlar dispariteti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchilarga mineral 
o‗g‗itlar, texnikalar, yoqilg‗i va moylash materiallari sotib olish uchun, 
shuningdek, lizing operatsiyalari, bahorgi dala va yig‗im-terim ishlari uchun 
imtiyozli kreditlar (yillik 10% gacha) kompensatsiyalar berish maqsadga 
muvofiq bo‗ladi. 
Agrosanoat ishlab chiqarishni davlat tomonidan tartibga solinishi asosida 
korxonaning normal funksiyalanishi uchun minimal daromadliligini ta‘minlash 
prinsipi yotadi. 
Yuzaga kelgan sharoitda bunga narx, soliq va kredit, agrar siyosatini 
optimallashtirish yo‗li bilangina erishish mumkin. 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə