Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 


356 
Asosiy tushunchalar 
Takror ishlab chiqarish jarayoni 
– bu doimiy aloqadorligi ko‗rib 
chiqiladigan va muntazam yangidan boshlanib turadigan ishlab chiqarish 
jarayonidir.
Jamiyat mahsulotlari yig„indisini takror ishlab chiqarish 
– o‗ziga ishlab 
chiqarishning muntazam jarayonini, taqsimlash, almashish va iste‘mol qismini 
qamrab oladi.
Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish 
hozirgi zamon ishchisi-ijodiy
ilmiy-texnika taraqqiyotini o‗zlashtirishga qodir xo‗jalik ishlab chiqarish 
tashkilotchisi, ishlab chiqarish samaradorligi oshishidan iqtisodiy manfaatdor 
bo‗la oladigan ishchilarni tayyorlashda ifodalanadi. 
Ishlab chiqarish munosabatlarini takror ishlab chiqarish 
– ko‗p 
ukladlilik, demokratiya, bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish, 
iqtisodiy mexanizmlarni yangilash asosida mulk egaligi munosabatlarini takror 
ishlab chiqarishni bildiradi.
Iste‟mol predmetlari 
– бу yalpi mahsulotning qayta ishlanmasdan 
bevosita iste‘molga tushadigan qismi (sabzavotlar, mevalar, sut, tuxum va 
hokazo). 
Iste‟mol fondi 
– yalpi daromadning bir qismi, ya‘ni mehnatga xaq to‗lash 
va jamoaning shaxsiy va umumiy ehtiyoj (talab)larini qondirishga ketadigan 
yangidan yaratilgan qiymat. 
To„plangan fond 
– sof daromadning kengaytirilgan takror ishlab chiqarish 
uchun ajratilgan bir qismi.
Iqtisodiy o„sish 
– bu ijtimoiy takror ishlab chiqarishning ijtimoiy 
mahsulotlari va ularni ishlab chiqarish omillarining miqdorini ko‗paytirish va 
sifat jihatdan mukammallashtirish ko‗rinishida ifodalangan maqsadli vazifasidir. 
Iqtisodiy o„sish omillari 
deganda, mahsulot ishlab chiqarish hajmini 
oshirish, o‗sish samaradorligi va sifatini orttirish imkoniyatlarini belgilaydigan 
holat va jarayonlar tushuniladi.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə