Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


 Ekish meyorlarini belgilash



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə287/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

3. Ekish meyorlarini belgilash 
- Ekish meyori urug‗ unuvchanligi hamda 1000 dona don vaznini hisobga 
olgan xolda belgilanadi. 
- Ekish muddatiga qarab: 
- Erta muddatlarda 
gektariga 4,0 mln unuvchan urug‗ ya‘ni 200 kg. 
hisobida belgilanadi. 
- O„rta muddatlarda
gektariga 4,5 mln unuvchan urug‗ ya‘ni 220 kg. 
hisobida belgilanadi.
- Kechki muddatlarda 
gektariga 5,0 mln unuvchan urug‗ ya‘ni 240 kg. 
hisobida belgilanadi. 
- G‗o‗za qator orasiga ekishda urug‗ sarfi 10-15 foizga oshiriladi. 
Dunyoda paxtachilik bilan shug‗ullanuvchi mamlakatlar anchani tashkil 
etadi. O‗zbekiston esa ularning orasida eng shimoliy mintaqada joylashgan. 
Shunday bo‗lsa-da, mamlakatimiz ―oq oltin‖ yetishtirish bo‗yicha jahonda 
oltinchi, uni eksport qilish bo‗yicha esa ikkinchi o‗rinda turadi. 
Ochig‗i, bu maqomga erishish va uni barqaror saqlab turish bugungi 
raqobat tobora keskinlashib borayotgan bir sharoitda oson emas. Mazkur 
jarayonda, tabiiyki, respublikamizda paxtachilik tarmog‗ini yanada rivojlantirish 
maqsadida tizimli islohotlar izchil amalga oshirilayotgani, xususan, dehqon va 
fermerlar mehnati munosib qadrlanayotgani muvaffaqiyatlar omili bo‗layotir. 
Shu bilan birga, yurtimizda paxtachilik bo‗yicha boy tajriba to‗plangani, 
fermerlar hukumatimiz tomonidan qo‗llab-quvvatlanayotgani, ularning samarali 
mehnat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgani tufayli, tabiat 
injiqliklariga qaramay, har yili mo‗l va sifatli hosil olishga erishilayotganini 
alohida ta‘kidlab o‗tish kerak. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz iqlim va tuproq sharoitiga mos 
tezpishar hamda serhosil, qishloq xo‗jaligi ekinlari zararkunandalari va 
kasalliklarga chidamli o‗nlab yangi g‗o‗za navlari yaratildi. Xususan, bugungi 
kunda asosiy maydonlarda S-6524, ―Buxoro-6‖, ―Buxoro-8‖, ―Buxoro-102‖, 
―Besh qahramon‖, ―Sulton‖, ―Porloq-2‖, ―Namangan-77‖, ―An-Boyovut-2‖ 
singari shunday xususiyatlarga ega paxta yetishtirilmoqda. Ularning tolasi 
sanoatbopligi esa o‗zbek paxtasining mavqei yanada yuksalishini 
ta‘minlamoqda. Gap shundaki, tolamizning oppoq rangi, pishiqligi, mikroneyr 
ko‗rsatkichlari ustunligiga xalqaro ekspertlar tomonidan yuqori baho berilgan. 
Jahon to‗qimachilarining O‗zbekistonga intilishi, tolamizni sotib olishga katta 
umid bog‗lashining sababi shunda. Qolaversa, an‘anaviy o‗tkazib kelinayotgan 
Xalqaro O‗zbekiston paxta yarmarkasi ana shu masalalarning ro‗yobga chiqishi 
yo‗lida jahon paxta bozorining muhim voqeasiga aylanib bormoqda. Buni 
yarmarkaning ochilish marosimida so‗zga chiqqan paxta bo‗yicha xalqaro 
maslahat qo‗mitasining ijrochi direktori T.Taunsend, «Cotton Outlook» xalqaro 
agentligi bosh muharriri R.Batler, Xitoy paxta uyushmasining vitse-prezidenti 
Sh.Jianvey, «Cotton Vangladesh» xalqaro agentligining bosh muharriri 
K.Axsan, «Dubai Multi Commodites Center» ijrochi direktori D.Rutlej va 


369 
boshqalar alohida e‘tirof etishdi. Quvonarlisi, ular tomonidan mamlakatimiz 
nafaqat sifatli paxta yetishtiruvchi, balki xom-ashyoni kafolatli ravishda 
yetkazib beruvchi ishonchli hamkor sifatida tan olindi. 
Paxtachilik sohasidagi agrotexnik tadbirlarni (bu tadbirlar asosan, ishlab 
chiqarish va bozor infratuzilma subyektlari tomonidan amalga oshiriladi) o‗z 
muddatida bajarilmasligi yoki ayrim resurslarni belgilangan meyorlarda 
berilmasligi natijasida mumkin bo‗ladigan nobudgarchiliklar miqdori hisob-
kitoblarini keltirish mumkin, ya‘ni: 

chigit ekishni o‗z muddatida o‗tkazilmasligi, g‗o‗zaning kech unib chiqishi
hosildorlikni o‗rtacha 3,4 s/ga gacha; 

sho‗rlangan maydonlarning sho‗rini yuvmaslik yoki sifatsiz sho‗r yuvish 9,0 
s/ga gacha; 

nam saqlash uchun boronalashni o‗tkazilmasligi o‗rtacha 3,4 s/ga gacha; 

chigit ekishdan oldin tuproqning yumshatilmasligi o‗rtacha 2,8 s/ga gacha; 

chigit ekishdan oldin mola bilan tekislamaslik esa 1,6 s/ga gacha; 

umumiy chigit ekishdan oldin maydondagi kesaklarni maydalab tuproqni 
ekishga tayyorlamaslik o‗rtacha 8,8 s/ga gacha; 

chigit ekishdan oldin mineral o‗g‗itlarni bermaslik 2,5 s/ga gacha; 

chigitni agrotexnik talablar asosida sifatli tayyorlamaslik 1,3 s/ga gacha; 

barcha turdagi mineral o‗g‗itlar berishni 1 iyulgacha tugatmaslik 10,3 s/ga 
gacha; 

yagonani kechikib o‗tkazish yoki chigitni qayta ekish hosildorlikni 2,2 s/ga 
gacha kamayishiga sabab bo‗ladi; 

begona o‗tlar to‗liq tozalansa, hosildorlik 3,6 s/ga gacha; 

paxta maydonlarini har 3 yilda joriy tekislash o‗rtacha 6,6 s/ga gacha; 

har gektar maydonga 12 tonna organik o‗g‗itlarni berish hosildorlikni 
o‗rtacha 2,1 s/ga gacha oshiradi. 
Hisob-kitoblardan ko‗rinib turibdiki, paxtachilik umuman qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlari hosildorligini oshirish, eng avvalo, fermer xo‗jaliklariga 
infratuzilma subyektlarining samarali xizmat ko‗rsatishi va ta‘minot korxonalari 
tomonidan moddiy resurslarni o‗z vaqtida yetkazib berilishiga bog‗liq.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   283   284   285   286   287   288   289   290   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə