Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

 
Asosiy tushunchalar 
O„simlikchilik
– qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosiy 
tarmoqlaridan biri bo‗lib, o‗z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish, 
paxtachilik, 
g‗allachilik, kartoshkachilik, sabzavotchilik, bog‗dorchilik, 
mevachilik, bog‗dorchilik va shu kabilarni oladi. Odam undan oziq-ovqat 
mahsulotlari, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xom-ashyo, 
chorvachilik esa ozuqa oladi. 
Dehqonchilik tizimi 
– bu tuproq unumdorligini oshirishga, o‗simlikchilik 
mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga 
mablag‗ va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni 
ko‗paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga 
yo‗naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar majmuidir. 
Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari 
–almashlab ekish tizimlari, 
mashinalar tizimi, o‗g‗itlar tizimi, urug‗chilik tizimi, o‗simliklarni himoya qilish 
tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug‗orish, quritish, kimyoviy melioratsiya 
va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo‗yicha tadbirlar tizimi, 
dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish. 
G„alla yetishtirish 
– qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishining asosini tashkil 
etadi va g‗alla aholining non, makaron mahsulotlariga, non mahsulotlariga 
bo‗lgan talablarini qondiribgina qolmasdan, shuningdek, sut, go‗sht, tuxum va 
boshqa mahsulotlarning ishlab chiqarilishini ham belgilaydi. Chunki u 
hayvonlar va parrandalarni ham muhim ozuqa bilan ta‘minlaydi. 
O„simlikchilikdagi ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT) 
– bu tarmoqlarni eng 
kam sarf bilan yuqori sifatli mahsulotlarni maksimal miqdorda olishga 
yo‗naltirilgan fan, texnika va texnologiyaning uzluksiz va o‗zaro aloqadorlikda 
rivojlanishiga asoslangan doimiy sifat jihatdan takomillashuvini reja asosida 
amalga oshiruvchi jarayondir. 


379 

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə